I bob. Urushning xalqaro munosabatlar ta’siri


SSSR va AQSH munosabatlari


Download 95.5 Kb.
bet4/6
Sana26.02.2023
Hajmi95.5 Kb.
#1232998
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sovuq urush

1.2 SSSR va AQSH munosabatlari
50 yillarning ikkinchi yarmida SSSR turli tuzumdagi davlatlarning tinch-totuv yashashi g’oyasini ilgari surdi bu g’oyaning puch emasligi isbotlash maqsadida o’z armiyasi sonini 2 mln kishiga qisqartirdi va SSSR-AQSH raxbarlarining oliy darajadagi uchrashuvini o’tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Va, nixoyat, 1960 yilning may oyida SSSR raxbari N.S.Xrushchev va AQSH prezidenti D.Eyzenxauerning uchrashubu o’tkazilishiga kelishildi. Biroq bu uchrashuv amalga oshmay qoldi. Bunga AQSH 1 may kuni SSSR xududiga josus samolyoti uchirishi sabab bo’ldi. Josus samolyot Sverdlovsk osmonida urib tushirildi. Uchuvchi G. Pauers tiriklayin asir olindi. AQSH ig’vogarligi fosh bo’ldi.
1961 yilda SSSR va AQSH munosabatlarini nixoyatda keskinlashtirib yuborgan voqea sodir bo’ldi. Bu Berlin devorining qulashi voqeasi edi. Devor SHarqiy Berlinni G’arbiy Berlindan ajratib tashladi. Tez orada dunyoni yadro urushi xalokati yoqasiga olib kelib qo’ygan voqea xam sodir bo’ldi. Bu voqea tarixga «Karib inqirozi» nomi bilan kirgan. Bu inqiroz qay tariqa yuz berdi? 1959 yilning yanvar oyida Kubada amerikaparast xukumat ag’darildi. Xokimiyat tepasiga F. Kastro boshchiligida vatanparvar kuchlar kelishdi. F. Kastro Kubada sotsializm qshilishipi e’lon qildi. Tabiiyki, AQSH shundaygina biqinida Kubaga o’xshash sotsialistik davlatning vujudga kelishiga toqat qila olmas edi. SSSR raxbariyati esa Kuba inqilobini sotsializmning butun dunyo bo’ylab tarqalishi, deb baxoladi. SHuning uchun xam Kubani qo’llab-quvvatladi.
1961 yilning aprel oyida AQSH Kubaga qarshi emigrantlar isyonini uyushtirdilar. Bu Karib inqirozini keltirib chiqardi. Kuba raxbari F. Kastro yordam suo’rab SSSR ga murojaat qildi. SSSR raxbariyati yashirin ravishda Kuba xududiga o’rtacha olislikka uchadigan va atom bombasi bilan ta’minlangan raketalarni joylashtirdi. Bundan xabar topgan AQSH ma’muriyati Kubaga nisbatan dengiz qamalini uyushtirdi. Dunyo yadro urushi yoqasiga kelib qoldi. N.S.Xrushchev va AQSH prezidenti J.Kennedi 1962 yilning 28 oktabrida oxir-oqibatda o’zaro kelishuvga erishdilar. Unga ko’ra, SSSR Kubadan o’z raketalarini olib chiqdi. AQSH esa Kubaga bostirib kirmaslikka so’z berdi xamda Turkiyadan raketalarini olib chiqib ketdi.
«Karib inqirozi» buyuk davlatlarni yadro qurollari masalasida extiyotko­rona siyosat yuritishga majbur etdi. Buning aks sadosi o’laroq, 1963 yilning 15 avgustida Moskvada SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya o’rtasida «Atmos­ferada, fazoda va suv ostida yadro qurollari sinovini taqiqlash to’g’risida» shartnoma imzolandi. Biroq bu shartnoma ular o’rtasidagi dushmanlik munosabatini zarracha kamaytirgan emas. Aksariyat, mintaqaviy mojarolar SSSR-AQSH munosabatlarini yanada keskinlashtirib yuborgan. Bunday mintaqaviy yirik mojaro 1967 yilda ro’y bergan arab-isroil urushi edi. Atigi olti kun davom etgan bu urushda Isroil armiyasi Misr, Iordaniya va Suriya armiyasini tor-mor keltirdi. Isroil bu davlatlar xududlarining bir qismini bosib oldi.
Yangi urush xavfining kuchayishi tinchlik tarafdorlarini birlashishini taqozo etgan. Mashxur fan va adabiyot arboblari tashabbusi bilan tinchlik tarafdorlarining xalqaro xarakati vujudga keldi. 1948-1949 yillarda ko’pgina mamlakatlarda tinchlik uchun kurashchilarning milliy qo’mitalari tashkil etildi. 1949 yilning aprel oyida Parij shaxrida tinchlik tarafdorlarining birinchi butunjaxon kongressi o’tkazildi. Kongress «Tinchlikni kutib tur­maydilar, tinchlikni kurash bilan qo’lga kiritadilar» shiori ostida o’tdi. Tinchlik uchun kurash turli irq va millatlarga, siyosiy va diniy qarashlarga mansub millionlab kishilarni birlashtirdi. Kongress jaxon Tinchlik Kenga­shini (JTK) tuzdi. Kengash doimiy qo’mitasi raisligiga atoqli frantsuz atomchi olimi, fashizmga qarshi kurash ishtirokchisi F. Jolio-Kyuri saylandi. Doimiy qo’mita 1950 yilda mashxur Stokgolm chaqirig’ini qabul qildi. Bu atom qurolini taqiqlash xaqidagi chaqiriq edi. Bu chaqiriqni 500 mln dan ortiq odam imzoladi. JTK 1951 yilda buyuk davlatlar o’rtasida «Tinchlik pakti» ni imzolash to’g’risida murojaat qabul qildi. Uni 600 mln dan ortiq kishi imzoladi. 1955 yilda esa «Atom urushini» tayyorlashga qarshi jaxon xalqlariga murojaat qabul qildi. Uni 650 mln dan ortiq kishi imzoladi. Bu murojaat barcha mamlakatlarda atom quroli zaxiralarini yo’qotishni va uni ishlab chiqarishni darxol to’xtatishni talab qilgan edi. Keyinchalik yadro quroli xavfi xususida xalqaro shartnomalarning imzolanishida, tinchlik xarakati­da JTK xam muxim rol o’ynagan. 1986 yil oktyabrda Kopengagen shaxrida (Daniya) tinchliksevar kuchlarning xalqaro tinchlik yiliga bag’ishlangan jaxon kongressi o’tkazildi. Kongress «Tinchlikni va insoniyat kelajagini saqlab qolaylik» shiori ostida o’tdi. Kongress ishida jaxonning 136 mamla­katidan 2,5 mingga yaqin delegat qatnashdi. Kongress «Kopengagen chaqirig’i» nomli xujjatni qabul qildi. Unda yadro quroli poygasini to’xtatish, kosmosda yadro quroli bo’lishiga yo’l qo’ymaslik talab etilgan edi.
1961 yil 1-6 sentabr kunlari Belgrad shaxrida Osiyo va Afrikaning 25 davlati konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Bu konferentsiya tufayli «Qo’shilmaslik xarakati» deb atalgan xarakat vujudga keldi. Xo’sh, Bu qanday xarakat edi? Bu-turli tizimdagi davlatlarning tinch-totuv yashashi tarafdori bo’lgan, mustamlakachilikning batamom va abadiy barxam topishi uchun kurashadigan, xarbiy-siyosiy bloklarga qo’shilmaydigan, ularni qoralaydigan, yadro qurolining taqiqlanishi, dunyoda iqtisodiy tenglik uchun kurashadigan xarakat edi.
Qo’shilmaslik xarakatining vujudga kelishida Xindiston, Yugoslaviya, Misr tashabbuskor bo’ldi. Ularni buyuk davlatlar o’z o’rtalaridagi mojarolarga Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlarini xam tortishga zo’r berib intilayotgan­ligi qattiq tashvishlantirgan edi. Qo’shilmaslik xarakati qatnashchilari ku­cho’tgan xalqaro keskinlik va qurollanish poygasi uchun AQSH va SSSRning birday mas’ul ekanligini ta’kidladilar.
60 yillardan boshlab sovet-xitoy munosabatlari keskinlasha bordi. Xitoy raxbariyati SSSRning kichik ukasi bo’lishni istamay qo’ydi. Ular mustaqil siyosat yuritishga intildilar. Dunyo shu davrgacha ikkiga bo’lingan bo’lsa, Xitoy raxbarlari «Uchinchi dunyo naza­riyasi»ga katta e’tibor bilan qaray boshladilar. Uchinchi dunyo deyilganda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining mustaqillikdan so’ng rivojlanayotgan davlatlari tushunilar edi. XXR raxbariyati ana shu dunyoning liderligiga da’vo qilib chiqdi. SSSR-Xitoy munosabatlaridagi keskinlik tobora chuqurlashib bordi. Oxir-oqibatda Bu 1969 yilda sovet-xitoy chegarasida qurolli to’qnashuvga olib keldi.
AQSH esa Vetnamda olib borayotgan urushning istiqbolsizligini anglab yetdi. Bu omillar SSSR va AQSHni o’zaro munosabatlardagi keskinlikni yumshatishga majbur etdi. Bu xalqaro keskinlikning yumshashi uchun asosiy omil bo’ldi. Ikkinchidan, xalqaro keskinlikning yumshashida GFRning o’sha davrdagi raxbari V. Brandtning xalqaro voqealarni ziyraklik bilan baxolay olishi xam katta rol o’ynadi. U xalqaro xayotdagi mavjud reallikni to’g’ri baxolay oldi. CHunonchi, u SSSRni xarbiy kuch bilan mag’lubiyatga uchratishning imkoni yo’qligini, NATO ning bunga qodir yemasligili to’g’ri baxoladi. Bundan tashqari, Yevropa yadro va oddiy qurollarning ulkan omborxonasiga aylangan edi. Bu omborxona istalgan paytda portlashi mumkin edi. SHundan sharoitda U. Brandt xukumati SSSR va uning ittifoqchi­lari bilan yaxshi qo’shnichilik munosabatlarini o’rnatishga qaror qildi. Xalqaro keskinlikning yumshashi nimalarda o’z ifodasini topgan?
1969 yilda SSSR bilan AQSH o’rtasida strategik qurollarni cheklash xaqida muzokaralar boshladi. 1970 yilda yadro qurolini tarqatmaslik to’g’risida shartnoma imzolandi. Unga 100 dan ortiq davlat qo’shildi. 1970 yil 12 avgustda SSSR-GFR, GFR-CHexoslovakiya, Polsha ­GFR o’rtasida imzolangan shartnomalar Yevropada tinchlikni mustax­kamlash ishiga beqiyos katta xissa qo’shdi. SHartnomaga ko’ra, GFR ikkinchi jaxon urushi natijasida Yevropada tarkib topgan chegaralarning buzilmasligini tan oldi. Ayni paytda GFR va GDR o’rtasida o’zaro mu­nosabatlar asosi xaqidagi shartnoma xam imzolandi. Bu bilan xar ikki nemis davlati bir-birini tan oldilar. 1972-1974 yillarda oliy darajada o’tkazilgan sovet-amerika muzokaralari natijasida SSSR va AQSH o’rtasida yadro qurolini tarqatmaslik, yadro quroli sinovlarini to’xtatish to’g’risida shartnoma va strategik qurollarni cheklash to’g’risida muvaqqat bitim (SQCH -1) imzolandi.
Xalqaro munosabatlardagi bunday o’zgarishlar Yevropa qit’asida xavfsizlik va davlatlararo xamkorlik uchul qulay sharoit yaratdi. 1975 yilning 30 iyul-1 avgust kunlari Xelьsinki (Finlandiya) shaxrida 35 davlat (shu jumladal, AQSH va Kanada) raxbarlari Yevropada xavfsizlik va xamkorlik bo’yicha kengash o’tkazdilar. 1 avgust kuni kengashning yakunlovchi akti imzolandi. Uni imzolagan 35 davlat raxbarlari o’z davlatlari tashqi siyosatda quyidagi tamoyillarga amal qilishini tan oldilar:
- davlatlarning suveren tengligi, xuquqlarni va o’zgalar suverenitetini xurmat qilish;
- kuch ishlatmaslik va kuch ishlatish bilan taxdid qilmaslik;
- chegaralar buzilmasligi;
- davlatlarning xududiy birligi;
- nizolarni tinch yo’l bilan xal etish;
- ichki ishlarga aralashmaslik;
- inson xuquqlarini va asosiy erkinliklarini xurmatlash;
- teng xuquqlilik va xalqlarning o’z taqdirini o’zlari xal etishi;
- davlatlararo xamkorlik;
- xalqaro xuquqlar bo’yicha majburiyatlarni vijdonan bajarish.
1979 yilda SQCH-2 shartnomasi imzolandi. Biroq yuqorida qayd etilganlardan xalqaro keskinlikning yumshashi yillarida xalqaro xayot faqat siniq yo’ldan ketgan ekan-da, degan xulosa chiqmasligi zarur. Bu yillar (70 yillar) da xam dunyo mintaqaviy-siyosiy mojarolardan, urushlardan xoli bo’lmagan.
1971 yilda Xindiston-Pokiston davlatlari o’rtasida yana urush boshlandi. Bunga Pokistonda boshlangan bo’linishlar jarayoni baxona bo’ldi. Pokiston G’arbiy va SHarqiy qismlarga bo’linar edi. Ularni Xindiston xududi ajratib turardi. SHarqiy Pokistonda axoli ko’p bo’lsa-da, uni G’arbiy Pokiston vakili boshqarar edi. Bu xodisa keskin norozilik keltirib chiqardi. SHarqiy Pokiston keng muxtoriyat talab eta boshladi. Biroq xukumat bunga rozi bo’lmadi. Natijada SHarqiy Pokistonda separatchilar xarakati kuchaydi. Xindiston separatchilarga yordam uchun o’z armiyasini yubordi. Buning oqibatida SHarqiy Pokiston ajralib chiqdi va bu yerda mustaqil Bangladesh davlati tashkil etildi. Bu urushda SSSR Xindistonni qo’llab-quvvatladi.
1973 yilning oktyabr oyida navbatdagi arab-isroil urushi yuz berdi. Uni Isroilni Yaqin SHarq muammosini tinch yo’l bilan xal etishni istamasligi, arablarning esa 1967 yilgi mag’lubiyat uchun qasos olishga intilishlari keltirib chiqardi. Urush Misr armiyasining Isroilga to’satdan xujum qilishi bilan boshlandi. Birin­chi bor arab quroli Isroilga zarba bera boshladi. Biroq Isroil tez orada o’zini o’nglab oldi. Misr va Suriya armiyasini chekinishga majbur etib, Qoxira va Damashq shaxarlariga bevosita taxdid sola boshladi. BMT Xavfsizlik Kengachining qat’iy talabi bilan urush xarakatlari to’xtatildi. Urush arab davlatlari xarbiy qudratining o’sganligini namoyish etdi. Ayni paytda Yaqin SHarq muammosini kuch bilan xal etish mumkin emasligini xam isbotladi. AQSHning faol aralashuvi bilan Yaqin SHarq muammosini ikki tomollama shartnomalar imzolash orqali xal etishga kirishildi. Xullas, 1975 yilda Sinay yarim orolida Isroil va Misr qo’shinlarini ajratish to’g’ri­sida shartnoma, 1978 yilda esa bu ikki davlat o’rtasida Kemp-Devid shartnomasi imzolandi. Unga ko’ra, Misr va Isroil o’rtasidagi urush xolati barxam topdi. Isroil bosib olgan Misr yerlarini qaytarib berdi. 1979 yilda Misr-Isroil tinchlik shartnomasi xam imzolandi. Biroq Yaqin SHarq muammosining asosiy masalalari-Isroil bosib olgan arab davlatlari xududlarini qaytarib berdi va Falastin arab davlatini tuzish xal etilmadi,
70 yillardan boshlab Amerika-Xitoy yaqinlashuvi munosabatlarda boshlandi. CHunonchi, 1971 yilda AQSH Prezidentligi Milliy xavfsizlik bo’yicha yordamchisi G. Kissinjer maxfiy ravishda Pekinda qabul qilindi. 1972 yilda esa AQSH Prezidenti R. Nikson Xitoyga rasmiy safar bilan bordi. Bu xalqaro siyosiy xayotning eng shov-shuvli voqeasi bo’ldi.
AQSH-Xitoy munosabatlarining yaxshilanish jarayoni boshlandi. 1979­ yilda ikki davlat o’rtasida elchilar darajasida diplomatik aloqalar o’rnatildi. AQSH-Xitoy munosabatlarining yaxshilana borishi SSSRni tashvishga solib qo’ydi. Buning ustiga Janubi-SHarqiy Osiyoda sovet-xitoy munosbatlari keskinlashib bordi. Bunga Vetnam Sotsialistik Respublikasi (VSR) raxbariyatining SSSR tarafida turishi VSR ning 1979 yilning yanvar oyida Kambojadagi xitoyparast «Qizil kxmerlar» xukumatini ag’darib tashlashi sabab bo’ldi. Xitoy VSR ga qarshi xarbiy xarakat boshladi. SSSR, do’stlik to’g’risidagi shartnomaga ko’ra, VSRni qo’llab-quvvatladi. Tez orada Xitoy urush xarakatlarini to’xtatdi va qo’shinlarini Vetnamdan olib chiqib ketdi.
70 yillarning oxiridan boshlab xalqaro munnosabatlarda keskinlik davri boshlandi. Xo’sh buning sababi nimalardan iborat bo’lgan edi? 70 yillarda dunyoning turli nuqtalarida shunday voqealar yuz berdiki, ayrim siyosatchilar ularga to’g’ridan-to’g’ri SSSRning g’alabasi, AQSHning esa mag’lubiyati, deb baxo berdilar. CHunonchi, 1974 yilda Efiopiyada (Afrika qit’asida) monarxiya ag’darildi. Xokimiyat tepasiga marksizm-leninizm ta’limotiga amal qiluvchi siyosiy gurux keldi. Bu gurux Efiopiyada sotsializm qurishni o’zining maqsadi, deb e’lon qildi. 1975 yilda Portugaliya mustamlakachilik imperiyasi quladi. Natijada kechagi mustamlakalar bo’lmish Angola va Mozambikda inqilobiy-demokratik xokimiyat o’rnatildi. Ular, birinchi navbatda, SSSRga tayana boshladilar. 1978 yilda SSSRning ag’darilishi bilan Afg’onistonda davlat to’ntarishi o’tkazildi. Uning tashkilotchilari bu voqeani «inqilob» deb atadilar va maqsadlari SSSR nusxasidagi sotsializm qurish ekaligini mo’ljal qildilar. 1979 yilda Nikagaguada AQSHparast xukumat ag’darildi. Xuddi shu yili Eronda AQSH O’rta SHarqdagi tayanch- shox xokimiyati ag’darildi. AQSH xukmron doira­lari Bu voqealarga AQSHning maglubiyati deb qaradilar. O’ta o’ng kuch­lar esa bu voqealar xukumat podsholigiga va Moskva aralashuvining oqibati, deb jar soldilar.
Tabiiyki, bunday sharoitda xalqaro keskinlikning yumshashi bundan keyin xam davom etishi mumkin emas edi. Ikkinchidan SSSR 70 yillarda o’z tashqi siyosatida katta muaffaqiyatlarga erishdi. Ularning eng asosiysi SSSRning SHarqiy Yevropadagi mavqeyini G’arbga tan oldirish bo’ldi. Bu xol, shubxasiz, SSSRning o’ziga bo’lgan ishonchini yana mustaxkamladi. endi SSSR xalqaro miqiyosida, Xelsinki Yakuniy akti talablari ruxiga zid ravishda xarakat qila boshladi. CHunonchi, 70 yillarning ikkinchi yarmida o’z ittifoqchilari bo’lgan SHarqiy Yevropani ba’zi davlatlari xudu­dida o’rtacha olislikka uchadigan yangi tipdagi (SS-20) raketalarini joylashtirdi. (Bu raketalarning xar biri bir vaqtda yadro bombasini mo’ljalga yetkazish imkoniga ega bo’lgan.) Bundan maqsad-G’arbiy Yevropa davlatlariga tazyiq o’tkazish edi.
SSSRning bu qadamini G’arb davlatlari, birinchi navbatda, AQSH keskin qoraladi. 1979 yilning dekabr oyida NATO bu davlatlardan raketalarini olib chiqib ketishni SSSRdan talab qildi. Ayni paytda, Bu talab bajarilma­sa, 1983 yilda G’arbiy Yevropaning 5 davlati (Buyuk Britaniya, GFR, Belgiya, Gollandiya va Italiya) xududiga AQSHning o’rtacha olislikka uchadigan raketalari joylashtirilishini xam ma’lum qildi. SHu tariqa o’rtacha olislikka uchadigan raketalar xususida keskin kurash boshlandi. Bu oxir oqibatda Yevropada keskinlikning yumshashi jaryonini barbod qildi
1979 yilning dekabr oyida Afg’onistonga SSSR armiyasining kiritilishi xalqaro keskinlikni yanada kuchaytirib yubordi. SSSR armiyasi kiritilgach, Afg’onistonda fuqarolar urushi yangi pallaga kirdi. BMT Bosh Assambleyasi SSSRdan Afg’onistondagi armiyasini olib chiqib ketishini talab qildi. 1980­ yilgi Moskva yozgi Olimpiada o’yinlarini ko’p davlatlar boykot qildilar. AQSH Senati SQCH-2 shartnomasini tasdiqlashni rad etdi. SSSRga g’alla sotishni to’xtatdi. AQSH keskinlikni yumshatish siyosatidan voz kechdi va qayta qurollanishni avj oldirdi.
1983 yilda AQSH prezidenti R. Reygan «Strategik mudofaa tashabbusi» rejasini ma’lum qildi. Bu reja raketaga qarshi qurolni qisman kosmosga joylashtirishni nazarda tutar edi. Bu reja amalga oshsa, raketadan mudofaa­ning mavjud tizimi butunlay yaroqsiz xolatga kelar edi. Bundan tashqari, 1983 yildan boshlab AQSH Yevropa davlatlari xududiga o’z raketalarini joylashtirishni boshladi. Bu xol SSSRning strategik axvolini nixoyatda murakkablashtirdi. CHunki AQSHning bu raketalari SSSR xududini ni­shonga olar edi. SSSRning SHarqiy Yevropa davlatlari xududiga joylashtirgan raketalari esa AQSH xududiga yetib bora olmas edi. SSSRning xalqaro obro’siga katta putur yetdi. 1979 yildan boshlab Yaqin SHarqda tashabbusni AQSH o’z qo’liga oldi. endi Yaqin SHarq muammosini SSSRning ishtirokisiz xal etishga kirishildi.
SHunday qilib, xalqaro munosabatlar keskinlashib ketdi. Sovet davlati raxbariyati 80 yillarning ikkinchi yarmida qurollanish poygasining yangi bosqichiga mamlakat iqtisodiyoti bardosh bera olmasligini anglab etdi. SHuning uchun SSSR raxbariyati tashqi siyosat yo’nalishini o’zgartirishga majbur bo’ldi. 1985 yilda SSSR raxbari M.S.Gorbachyov SSSRning kollektiv xavfsizlik tamoyillariga ta­rafdorligini va xalqlarning taraqqiyot yo’lini tanlashda Suveren xuquqlarini xurmat qilishini e’lon qildi. Tashqi siyosatdagi o’zgarish «yangi siyosiy tafakkur» iborasida o’z ifodasini topdi. SSSR raxbariyati tezda gapdan amaliy ishga o’tdi. 1985-1988 yillar oralig’ida 4 marta oliy darajada sovet-amerika uchrashuvi o’tkazildi. 1987 yilda SSSR va AQSH o’rtasida o’rtacha va qisqa olislikka uchadigan raketalarni tugatish to’g’risida shartnoma imzo­landi. 1989 yilda SSSR Afg’onistondan qo’shinlarini olib chiqib ketdi. SHu yili M. S. Gorbachevning Xitoyga safari uyushtirildi. Buning natijasida sovet-xitoy munosabatlarini yaxshilashga asos solindi. SSSR tashqi siyosatida ro’y berayotgan chuqur o’zgarishlar 1989 yilda SHarqiy Yevropa (SSSR ittifoqchilari) davlatlarida ro’y bergan inqiloblar tufayli jiddiy sinovdan o’tdi. SSSR bu inqiloblarni bostirishga xarakat qilmadi. Kechagi ittifoqchilar SSSR vasiyligidan qutuldilar. SSSR, xatto, 1990 yilning 3 oktabrida ikki nemis davlatining birlashishiga xam to’sqinik qilmadi. Aksincha, Germaniya birlashgandan so’ng 1990 yilning 9-10 yanvarida SSSR va GFR o’rtasida yaxshi qo’shnichlik, sherikchilik va xamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi. SSSR SHarqiy Yevropadan o’z qo’shinini olib chiqib keta boshladi. AQSH va uning ittifoqchilari 1991 yili Iroqning o’zboshimchaligiga qarshi xarbiy kuch ishlatganida SSSR o’z ittifoqchisi Iroqni qo’llab-quvvatlamadi. 1990 yilning 11 noyabrida Parijda Yevropada oddiy qurol-yarog’ va qurolli kuchlar sonini qisqartirish to’g’risidagi shartnoma imzolandi. Yevropada xavfsizlik va xamkorlik kengashi qatnashchilari bo’lgan davlatlar Yevropa uchun Parij Partiyasini qabul qildilar. Ularda davlatlararo munosabatlarning Xelsinki tamoyillari tasdiqlandi. SHu tariqa «sovuq urush» barxam topa bordi. 1991 yilda SSSRning qulashi bilan «sovuq urush » tugadi.
Lekin AQSH-Rossiya ziddiyatlari davom etmoqda.



Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling