Iroq urushidan keying aqsh-suriya munosabatlari
Download 24 Kb.
|
aqsh suriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi.
Iroq urushidan keying AQSH-Suriya munosabatlari. Zamonaviy AQSH-Suriya munosabatlari va uning Yaqin Sharq muammolarini bartaraf etishdagi roli. Muammoning dolzarbligi. Hozirda Yaqin Sharq mintaqasidagi murakkab vaziyat taboro kuchayib bormoqda .Bu esa jahon hamjamiyatini jiddiy tashvishga solibgina qolmasdan boshqa mintaqalarga bo’lgan tahdidlarni ham kuchaytirmoqda.Shu jumladan Markazisy Osiyo mintaqasiga ham.AQSHning bu mintaqadagi faol harakatlari va erishilayotgan natijalardan ko’rishimiz mumkinki,bu mintaqa bir necha kuchlarning o’yin maydoniga aylanib qolmoqda.Suriya davlatining o’rni ham juda yuqori deb baholanmoqda,chunki bu davlatning qulay geografik joylashuvi,bundan tashqari, sobiq Iroq tuzumi bilan,hozirgi Eron bilan bo’lgan ittifoqchilik siyosati va yana Isroil-Falastin muammolarini hal etishdagi vositachiligi AQSH uchun bu davlat bilan munosabatlarini yaxshilash juda muhimligi ko’zga tashlanmoqda.Suriya esa AQSHning keyingi nishoni bo’lib qolishdan xavfsiramoqda. Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi. Bu tadqiqotda asosan bevosita Suriya bilan shugullanuvchi garb olimlari va rus olimlari ishlaridan foydalanish ko’zda tutilmoqda.Masalan ,garb tadqiqotchilaridan Alfred B.Prados,Jeremy M.Sharp,Alasdair Drysdale,Nicolas Van Dam va Volker Perthes kabi tadqiqotchilatning analitik tadqiqotlaridan va rassiyalik olimlaridan Axmedov V.M, Shennikov V.F,Kosach G.G larning tadqiqotlaridan va hulosalaridan foydalanish ko’zda tutilmoqda. Grab olimlari asosan AQSH ning bu mintaqadagi imkoniyatlari kuchliligi va bu o’rinda Suriyaning bu mamlakat bilan nizoga bormasligini e’tirof etishib kelayotgan bo’lsa, rus olimlari esa o’zlarining tadqiqotlarida AQSH ning ehtiyotkor siyosat olib borishi va bu mintaqadagi Suriya-Eron sherikchiligini e’tiborga olish kerakligini takidlashmoqda. Bu mavzu doirasida olib borilgan tadqiqotlarning hech birida deyarli aniq bir konsepsiyalar olga surilmaganligi ham bu mavzuning dolzarbligi yuqoriligi va ahamiyatining o’zgaruvchanligi bilan harakterlanadi.Tadqiqotlardagi umumiy tahlillardan kelib chiqqan holda bu tadqiqorda ham olimlarning hulosalaridan ,fikrlaridan foydalaniladi. Bundan tashqari mahalliy tadqiqotchilar ishlaridan ham foydalanish rejalashtirilgan.Masalan,Gafurov S.M,Munavvarov Z.I,Umarov X.F va Yuldasheva G.I va boshdqalarning ishlaridan foydalanish nazarda tutilmoqda. Tadqiqotning yana bir ahamiyatli tomoni shuki, Yaqin Sharq dagi siyosiy inqirozlarning kuchayishi va yangi tahdidlarning paydo bo’lishi Markaziy Osiyo mintaqasi uchun jiddiy havf tugdiradi. Bu tadqiqotda ham masalaning bu jihatlariga jiddiy yondashish maqsad qilinishi maqsadga muvofiq deb topildi. Download 24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling