Uslubiy qo’llanma matnining xususiyatlari va unga qo’yiladigan talablar:
Matn uslubiy qo’llanmaning asosiy skletini tashkil qilib, u uslubiy qo’llanmaning mazmunini dasturga mos tarzda ketma – ket va maksimal to’liq bayon qiluvchi hamda asoslab beruvchi asosiy yozma tizimdir, matn o’quvchisi tomonidan o’zlahstirilishi lozim bo’lgan ta’lim mazmuning mohiyati va hajmini belgilab beruvchi asosiy axborot tashivchidir. Agar uslubiy qo’llanma dastur ko’rsatib bergan ta’lim mazmunini amalga oshirish senariysi vazifasini bajarsa, matn shu senariyning kamida rejasi va o’zagini ko’rsatib beradi. O’quv matni odatda, 3 ta xususiy tuzilmaning majmuasidan tarkib topadi:
1)Asosiy matn
2)Qo’shma matn
3)Tushuntirish matni
Bu xususiy matn tuzilmalarining tushunchalari, unsurlari, shuningdek,ularni
tashkil etuvchi tarkibiy unsurlari quyidagichadir:
Uslubiy qo’llanmaning asosiy matni – muallif tomonidan dasturga mos tarzda didaktik va uslubiy ishlab chiqilgan o’quv materiallariga ega bo’lgan xususiy yozma tuzilma. Asosiy matn o’quvchi tomonidan o’rganilishi va o’zlashtirilishi majburiy bo’lgan o’quv axborotining asosiy manbai vazifasini bajaradi. Asosiy matnning mag’zini asosiy tushunchalar, qonunlar nazariyalar va faoliyat usllari haqidagi bilimlar tashkil qiladi.
Asosiy matnning barcha unsurlarini ikki guruhga ajratish mumkin:
a) Nazariy – ilmiy matnlar
b) Tajribaviy – amaliy matnlar
Nazariy – ilmiy matnlar.
a)Fanning asosiy atamalari va tilini;
b)Asosiy faktlarni – hodisalarni, obyektlarni jarayonlarni, ekspremantal tajribalarni;
c)Asosiy qonunlarni va qonuniyatlarni hamda ularning natijalarini;
d)Asosiy nazariyalarni;
e)Yetakchi g’oyalar va dolzarb yo’nalishlarni;
f)Dunyoqarashga oid mafkuraviy umumlashtirish va baholashlarni tavsiflashi lozim.
Bulardan tashqari, yirik bo’limlar, boblar va bandlar qamrab olgan materialdan xulosalar va umumlashtirishlar berilishi lozim.
Tajribaviy – amaliy matnlar muayyan fan materialining o’zlahstirishda va mustaqil tarzda bilimlar olishda o’quvchi bajaradigan amaliy faoliyat usullarini, konkret ma’lumot qoidalarini, asosiy tadqiqot usullarini tavsiflaydi, masalalar, mashqlar, tajriba va eksperiment usullarini bayon qiladi.
Uslubiy qo’llanmalarni yaratishni rejalashtirish va nashrga tayyorlash tartibi:
Uslubiy qo’llanmalar o’quv – tarbiyaviy jarayon maqsadlari va vazifalariga mos tarzda rejalashtiriladi va chop qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |