I bob. Valyuta siyosatining nazariy asoslari


chizma. Xorijiy valyuta bozori


Download 368.5 Kb.
bet2/5
Sana28.03.2023
Hajmi368.5 Kb.
#1303782
1   2   3   4   5
Bog'liq
valyuta 2

chizma. Xorijiy valyuta bozori


Dollarning taklifi (S) kamaysa, so’mda belgilangan dollarning qiymati oshadi (ya’ni, dollarda belgilangan so’mning qiymati pasayadi). Bunday vaziyatlarda amerikaliklar ko’proq o’zbek tovarlarini sotib olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Chunki, so’mning dollarga nisbatan qiymati pasaysa, u o’z navbatida o’zbek tovarlarining narxi ham pasayganini bildiradi va oqibatda ko’proq o’zbek tovarlarini sotib olish imkoni paydo bo’ladi.
O’zbek tovarlarini sotib olish jarayonida ular AQSh dollarini valyuta bozoriga olib chiqadi, chunki, o’zbek tovarlarini sotib olish uchun dollarni so’mga almashtirishadi. Dollarga bo’lgan talab va taklifning kesishgan nuqtasi dollarning so’mdagi qiymatini bildiradi.
Agarda, dollarning so’mdagi qiymati oshsa, so’m qiymatining pasayganligini yoki qadrsizlanganligini ko’rsatadi. Aksincha, agarda dollarning so’mdagi qiymati pasaysa, so’m qiymatining oshganligini yoki so’mning qimmatlashganligini ko’rsatadi. Bir birlik xorijiy valyutani sotib olish uchun kam miqdorda milliy valyuta sarf qilish milliy valyutaning qimmatlashuvini bildiradi. Agarda, dollarga nisbatan so’m qadrsizlansa, dollar so’mga nisbatan qimmatlashadi.
Qayd etilgan valyuta kursi - bu, xorijiy valyutada ifodalangan, davlat tomonidan rasmiy o’rnatilgan milliy pul birligining bahosi bo’lib, unga valyuta bozorida talab va taklifning o’zgarishi ta’sir qilmaydi.
Kayd qilingan valyuta kursi tizimi tarafdorlari ta’kidlaydilarki, undan foydalanish xalqaro savdo va moliya bilan borliq bo’lgan taxlika va noaniqlikni kamaytiradi. Qayd qilingan valyuta kurslarini qo’llash o’zaro foydali savdo va moliyaviy operatsiyalar hajmini kengaytirishga olib keladi. Ammo, qayd qilingan valyuta kurslari tizimining hayotga layoqatliligi o’zaro aloqalar jarayondagi ikki sharoitga bog’liq:
-zaxiralarning mavjudligi;
-o’z hajmi bo’yicha sezilarsiz kamyoblik yoki to’lov balansi aktivlarining tasodifiy vujudga kelishi. Katta va doimiy kamyobliklar mamlakat zaxiralarini yo’qqa chiqarishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, valyuta kurslarining talab va taklif ta’siri ostida shakllanish darajasi, o’z-o’zicha kurslar o’rtasidagi nisbatlarga ta’sir etuvchi real jarayonlarni aniqlab bera olmaydi. Chet el valyutalariga talab va taklifga, demak, valyuta kurslariga mamlakatdagi ham ichki va xam tashqi iqtisodiy munosabatlar majmui bevosita yoki bilvosita ta’sir ko’rsatadi.
Valyuta kurslarining o’zgarishiga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Ularni qisqacha qarab chiqamiz:

  1. Iste’molchi dididagi o’zgarishlar. Iste’molchilar didining boshqa mamlakat buyumlariga nisbatan o’zgarishi bu mamlakat valyutasiga talab yoki taklifni hamda uning valyuta kursini o’zgartiradi.

  2. Daromadlardagi nisbiy o’zgarishlar. Agar bir mamlakatda milliy daromadning o’sishi, boshqa mamlakatdagi bu ko’rsatkichning o’sishidan ustun bo’lsa, bunda uning valyuta kursi pasayadi. Mamlakatning importi uning daromadi darajasiga to’g’ri bog’liqlikka ega.

  3. Narxdagi nisbiy o’zgarishlar. Agar bir mamlakat, masalan, AQSh ichki narx darajasi tez o’ssa, boshqa mamlakat, masalan, Buyuk Britaniyada bu daraja o’zgarishsiz qolsa, bunda amerikalik iste’molchi nisbatan arzon Britaniya tovarini izlaydi va shu bilan funtga talabni oshiradi. Aksincha, britaniyaliklar Amerika tovarlarini sotib olishga kam moyil bo’ladi va bu funt taklifini pasaytiradi. Funtga talab o’sishi va taklif pasayishining bu uyg’unlashuvi dollarlarning qadirsizlanishini keltirib chiqaradi.

  4. Nisbiy real foiz stavkalari. Faraz qilamiz, AQSh inflyatsiyani quvib o’tish maqsadida «qimmat pul» siyosatini amalga oshira boshlaydi. Natijada, real foiz stavkalari (inflyatsiya sur’atini hisobga olib o’zgartirilgan (korrektirovka qilingan) foiz stavkalari AQShda boshqa mamlakatlar, masalan, Buyuk Britaniyaga qaraganda ko’tariladi. Britaniyalik jismoniy shaxs va firmalar ishonch hosil qiladiki, AQSh moliyaviy vositalarni qo’yish uchun juda jozibador va qulay joyga aylanadi. Amerika moliyaviy aktivlariga talabning bu ko’payishi Angliya funti taklifining kengayganligi va shu sababli dollar qiymati o’sganligini bildiradi.

  5. Spekulyatsiya. Faraz qilamiz, AQSh iktisodiyotida quyidagilar kutiladi:

  1. Britaniyanikiga qaraganda tez o’sa boshlaydi;

  2. Britaniyanikiga qaraganda ancha kuchli inflyatsiyaga duch keladi;

v) Britaniyaga qaraganda ancha past real foiz stavkalariga ega bo’ladi.
Bu tahmin (prognoz)lar kelajakda dollar kursi pasayishi, funt kursi esa, aksincha ko’tarilishidan darak beradi. Demak, dollarni ushlab turuvchilar ularni funtga aylantirishga harakat qiladi va shu bilan funtga bo’lgan talabni oshiradi. Bu almashish, dollar kursining pasayishini va funt kursining oshishini keltirib chiqaradi.

Download 368.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling