I bob. Valyuta
II.BOB XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARIDA
Download 129.4 Kb.
|
VALYUTA KURSI DINAMIKASINI ANIQLASHNING KANSEPSUAL ASOSLARI
II.BOB XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARIDA MAMLAKAT VALYUTA SIYOSATINING KO’RSATKICHLARI
2.1 O’zbekiston Respublikasini valyuta kursi modeli, tahlili va takliflari Davlat mustaqilligiga erishilishi bilan, O’zbekiston Respublikasi oldida inflyatsiya jarayonlari va ishlab chiqarish tushkunligiga barham berish, bozor talablariga javob beradigan moliyaviy tizimni vujudga keltirish, xalqaro valyuta va savdo tizimiga integratsiya qilinishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga oid murakkab masalalar paydo bo’ldi. Ushbu ko’rsatkichlarga erishishni ta'minlashda, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy o’rinlardan birini egallamoqda. Chunki, pul muomalasini tartibga solish, kredit-bank sohasini nazorat qilish, qat’iy pul-kredit va valyuta siyosatini amalga oshirish uning funktsiyalariga kiradi. Valyuta tartibotlari, xalqaro valyuta bozorlari, rivojlanayotgan va sanoati rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan valyuta kurslarini qo’llash uslublari masalalariga bag’ishlangan bir qator tadqiqotlar mavjud. Bu esa, ma'muriy-buyrukbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni kabi o’ziga xos bir hodisani boshidan kechirayotgan O’zbekiston Respublikasi uchun katta kizikish uygotadi. O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan valyuta siyosati, bevosita hukumat tomonidan ishlab chiqilgan islohotlar strategiyasiga muvofiq holda olib borilmoqda. Davlat tomonidan valyutaviy huquqlarni himoyalashga doir mustahkam qonunchilik va institutsional asosni yaratish bo’yicha chora-tadbirlarni kurgan holda - davlat bosh islohotchi sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Bu shuningdek, valyuta bozori infratuzilmasini yaratishga doir aniq maqsadga yo’naltirilgan siyosatning amalga oshirilishida ham namoyon bo’lmoqda. Shu tarzda, davlat islohotlarning murakkab bosqichlarida islohotlarni amalga oshirishga kodir bo’lgan yetakchi kuch ekanligini ko’rsatmoqda. Davlat shuningdek, bir qator maxsus davlat organlarini tashkil etish yo’li bilan islohotlarni tartibga solishni amalga oshirmoqda. Albatta, Markaziy bank davlat banki sifatida bu borada muhim o’rin tutadi. O’zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi qonuniga muvofiq, quyidagilar valyuta nazorati organlari hisoblanadi: jumladan, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (hozirda Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi (TIAA)), Davlat soliq qo’mitasi va Davlat bojxona qo’mitalaridir. Ularning har biri o’z vazifa va funktsiyalariga egadir. Vakolatli banklar esa, valyuta nazorati agentlari hisoblanadi. Foiz stavkasi darajasiga ta'sir etuvchi omillarni bir necha guruhga bo’lish mumkin. Masalan, bozordagi talab va taklifga to’g’ridan-to’g’ri ta'sir etuvchi omil bu - davlat tomonidan talab (davlat byudjetining taqchilligi miqdori bilan aniqlanadi) hamda savdo, ishlab chiqarish kompaniyalari va aholi o’rtasidagi talab va taklif. Ichki omillar ham muhim o’rin tutadi. Bular jumlasiga xorijiy, milliy va xalqaro bozordagi stavkalar darajasi, kapitallar harakatini cheklashlar, to’lov balansini ahvoli kabilarni ko’rsatish mumkin. Va nixoyat, bir qancha omillar borki, ular stavkalarning o’sishiga tezrok ta'sir etadi. Ammo, ular talab va taklifga, kutilayotgan inflyatsiyaning oldini olishga, xavf-xatarlar, soliqlar, valyuta kursi tushishi an'anasiga va shu kabilarga ta'sir etmaydi. Foiz stavkalarining joylashish jarayoni shu qadar murakkablashdiki, ssuda kapitallari bozoridagi holatlarni yoki foiz stavkalarini to’g’ri prognozlashni tushuntirib berish murakkabdir. Shu bilan birgalikda, foiz stavkalarining tarkibi yetarli darajada egiluvchandir. Foiz stavkalari tarkibi asosida ob'ektiv tarzda pul bozori stavkasi yotadi. Ya'ni, juda keng tarqalgan va likvidli qisqa muddatli operatsiyalar stavkalari tijorat banklari o’z kredit faoliyatini qayta moliyalashtirishda qo’llaniladi. Valyuta bozorini yanada liberallashtirish sohasida davlat iqtisodiysiyosatining ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: Download 129.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling