I bob Windows operatsion sistemasi haqida ma`lumot
Windows operatsion sistemasining imkoniyatlari va qulayliklari
Download 1.24 Mb.
|
Fizika matematika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Windowsning imkoniyatlari.
2.1 Windows operatsion sistemasining imkoniyatlari va qulayliklari.
Windows muhitida ishlash natijasida foydalanuvchi ko’pgina qulayliklarga ega bo’ladi. Bunda fayl va kataloglarning nusxasini olish, ko’chirish, qayta nomlash, o’chirish va hakozo amallar tezda va yakkol bajariladi. Shu bilan birga bir paytning uzida bir necha kataloglar bilan ishlash ikoniyatiga ega. Bu dastur bir paytning o’zida bir necha masalalarni yechish, ixtiyoriy printer va displey (adapter) bilan ishlash, MS DOS dasturlari bilan ishlash qobiliyatiga ega. Yagona interfeysga, ya’ni Windows turli versiyalari dastur ilovalari bilan ishlashning standart qoidalariga egaligi muhimdir. Hozirgi kunda Windows millionlab foydalanuvchilar e’tiborini o’ziga jalb etmoqda. Microsoft firmasi Windowsni takomillashtirish borasida doimo ishlamoqda. Shu bilan birga turli dastur ilovalarining yaratilishi Windowsning imkoniyatlarini yanada oshirmoqda. Bu Microsoft Word, Page Maker, Excel, CorelDraw va hakozolardir. Windowsning imkoniyatlari. Windows operatsion muhiti quyidagi imkoniyatlarga ega: Universal grafika - Windows dasturlarining qurilmalarga va dastur ta’minotga bog’liqsizligini ta’minlaydi. Yagona interfeys - Windowsda foylalanuvchining muloqoti yagona, ya’ni turli dasturlar bilan ishlash qoidalari umumiy. Shuning uchun yangi dastur bilan ishlaganingizda bu qoidalardan foydalanishingiz mumkin. Mavjud dastur ta’minoti bilan muvofiqligi - Windows MS DOSning barcha amaliy paketlari, taxrirlagichlari, elektron jadvallari ishini to’la ta’minlaydi. Ko’p masalaligi - Windows bir paytning o’zida bir necha masalani hisoblaydi, bir dasturdan boshqasiga o’tishni ta’minlaydi. Mavjud operativ xotiradan to’liq foydalanish imkoniyati - Windows mavjud operativ xotiradan to’la foydalana oladi. Qurilma resurslaridan ham to’liq foydalanadi. Bu qurilmalar bilan muloqotni o’zi ta’minlaydi. Ma’lumotlar almashuvi - Windows dasturlararo ma’lumotlar almashish imkoniyatlariga ega. Bu maxsus Clipboard (ma’lumotlar buferi), yoki DDE (ma’lumotlarning dinamik almashuvi, ya’ni boshqa dastur natijalaridan foydalanish), yoki OLE (ma’lumotlardan ularni taxrirlagan holda foydalanish) yordamida amalga oshiriladi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling