I bob. Xalq dostonchiligi tarixi


II BOB. “ALPOMISH” DOSTONI VA UNING BADIIY TAHLILI


Download 49.3 Kb.
bet5/9
Sana04.02.2023
Hajmi49.3 Kb.
#1160212
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
alpomish (3)

II BOB. “ALPOMISH” DOSTONI VA UNING BADIIY TAHLILI
2.1. «Alpomish» dostonining variant va versiyalari.
“Alpomish” dostoni о‘zbek xalqi orasida ikki versiya va kо‘plab variantlarda juda keng tarqalgan.
Doston yaratilgan davr va uning g‘oyaviy mazmuni. Xalq og‘zaki ijodi asarlarining yaratilishi tarixini belgilash nihoyatda qiyindir. Chunki, ular og‘zaki ijro va ijod davomida bizga muayan о‘zgarishlar bilan yetib kelgan. Shuning uchun xam folklor asarlarining yaratilish davri belgilanganda ularda tasvirlangan asosiy masaladan ikkinchi darajalarini farqlash keying davrda kirib kelgan g‘oya va motivlarni hisobga olish kerak bо‘ladi.
“Alpomish” dostoni qahramonlik, mardlik, vatanparvarlik, turli elatlar va xalqlarning birodarligi sevgi va sadoqat urug‘ birligini kuylovchi ulkan eposdir. Doston Qо‘ng‘irot urug‘i boshliqlari aka-uka Boybо‘ri va Boysarilarning farzandsizligini tasvirlash bilan boshlanadi.
Sevimli yor oila va shu bilan bog‘liq ravishda yangi tipdagi urug‘ birligi uchun kurash xamda bunga tо‘sqinlik qiluvchi barcha qora kuchlarni yengish «Alpomish” dostonining asosiy g‘oyaviy mazmunini tashkil etadi.
“Alpomish” dostonida xalqimizning qaxramonlik haqidagi ideallari mard bо‘lishi va dushmanga qarshi kurashish kerak degan g‘oya bо‘rtib turadi.
Dostonda el yurtga muxabbat motivlari urug‘ birligi g‘oyasi bilan birlashib ketadi. Ajralish qabila urug‘i a’zolari boshiga og‘ir kulfat keltiradi. Barchin, Qaldirg‘och, Boysarining о‘zi xam о‘zga mamlakatda xor-zor bо‘lishlarini takror aytadilar. Dostonning xar ikkala qismida xam Alpomishning Barchinga uylanishi Qо‘ng‘irot urug‘ining yangidan birlashishiga olib keladi.
“Alpomish” dostoning asosiy obrazlari. “Alpomish” dostoning bosh qahramoni Sahroi bahodir Qо‘ng‘irot urug‘ining umidi va ishonchi Xakimbek-Alpomishdir.
Dostonda Alpomishning kuch-qudrati tasvirlanishiga alohida e’tibor berilgan. Dostonda obrazini yanada tо‘ldirib turuvchi timsollardan biri qaldirg‘ochdir. Uning ichki olami yangasi Barchin jiyani Yodgor akasi Alpomishga mexribonchiligi dostonning ikkinchi qismida yanada yorqin jaranglaydi. Dostonda Alpomish bilan Qorajonning dо‘stligi tasvirlash alohida о‘rin egalaydi.



Download 49.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling