I bob. Xalq dostonchiligi tarixi
Download 49.3 Kb.
|
alpomish (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
Xalq dostonlari, dostonchilik maktablari, dostonlar tavsifi, qahramonlik dostonlari. “Alpomish” dostonining variant va versiyalari. I BOB. Xalq dostonchiligi tarixi Xalq dostonchiligining ilk tarixiy davrlari Dostonchilik maktablari haqida ma’lumot Dostonlarda an’anaviy uslub va poetik formalar. II BOB. Qahramonlik dostonlari. “Alpomish” dostoni va uning badiiy tahlili «Alpomish» dostonining variant va versiyalari. «Alpomish» dostonining badiiy tahlili. Xulosa va tavsiyalar Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O’zbek xalqi boy merosga ega. Adabiy merosimizning asosiy qismini xalq og’zaki ijodi tashkil qiladi. Og’zaki poetik ijodning badiiy jihatdan mukammali va hajman yirigi o’zbek xalq dostonlaridir. O’zbek xalq dostonlari o’zbek folklorshunosligida ilmiy ko’lamda fanning nazariy yo’nalishi bo’yicha tadqiq qilingan bo’lsa ham ularni ta‘lim tizimida o’rganish, ayniqsa, umumiy o’rta ta‘lim maktablari darsliklarida o’qitish uslubiyati monografik yo’nalishda o’rganilmagan. Shu sababli xalqimiz ma‘naviyati, qadriyati, urf-odatlari, yashash tarzi bilan bog’liq xalq dostonlarini umumiy o’rta ta‘lim maktablarida o’rganish va bu sohada biror ilmiy innovatsion texnologiya joriy qilish bugungi kun adabiyot o’qitish metodikasining dolzarb masalalaridan sanaladi. Xalq og’zaki ijodiyotining gultoji bo’lgan «Alpomish» dostonidan ayrim parchalarning umumiy o’rta ta‘lim maktab darsligiga kiritilishi yosh avlodni ona Vatanga, ajdodlar qadriyatiga sadoqat, milliy urf-odatlarimizga muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. «Alpomish» dostoni bizga insonparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo’y bo’lishga, o’z yurtimizni, oilamiz qo’rg’onini qo’riqlashga, do’st-u yorimizni, or-nomusimizni, ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga o’rgatadi. Oʻzbekiston – etnografik oʻlka. Boshqacha aytganda, baxshilar yurti. Qolaversa, oʻzbek xalq dostonlari ajdodlarimizning uzoq oʻtmishidan hikoya qiladi. Ularda xalqimizning orzu-umidlari, oʻy-niyatlari mujassam. Mardlik, shijoat, vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat kabi insoniy fazilatlar ulugʻlanadi dostonlarimizda. Shu sababli ham u boqiy meros. Baxshichilik sanʼati namunalari tinglovchilarga zavqu shavq bagʻishlabgina qolmaydi, balki dillarga yaxshilik urugʻini qadaydi, maʼrifat nurini sochadi. “Alpomish”, “Goʻroʻgʻli”, “Kuntugʻmish”ni eshitib ne-ne allomayu fuzalolar, shoiru donishlar kamol topmagan deysiz?! Prezidentimiz ana shuning uchun ham ezgu tashabbus bilan chiqdi. Bu oʻlmas merosimizni asrab-avaylaylik, ulardan butun dunyo bahra olsin, dedi. Download 49.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling