1- mavzu Xalqaro turizm yagona tizim sifatida: asosiy tushunchalar
Reja:
1.
Turizm to’g’risidagi tushuncha.
2.
Turizm turkumlari.
3.
Xalqaro turizm tasnifi.
1.1 Turizm to’g’risidagi tushuncha
Hozirgi zamon xorijiy ilmiy adabiyotlarida «Turizm» tushunchasini
aniqlashga turlicha yondoshuvlar mavjud. Bu yondoshuvlarni turlicha belgilarga
qarab bir necha guruhlarga birlashtirish mumkin:
• turizm odamlarni yo‘nalish bo‘yicha aniq ob’ektga tashrif buyurishi yoki
maxsus qiziqishini qondirish va doimiy yashash joyiga qaytib kelishi
harakatlarining alohida shaklidir;
• turizm odamlarning harakatlanishi (joyini o‘zgartirishi), ularni doimiy yashash
joyida bo‘lmasligi va qiziqqan ob’ektida (safarda) vaqtincha bo‘lishi;
• turizm shaxsni uni ijtimoiy-gumanitar funksiyasi orqali (tarbiyaviy, ta’limiy,
sog‘lomlashtirish va sport) amalga oshiriladigan rivojlanishining alohida
shaklidir;
• turizm dam olishni, bo‘sh vaqtni o‘tkazishning ommaviy shaklidir;
• turizm odamlarga vaqtincha doimiy yashash joyida bo‘lmagan paytida xizmat
ko‘rsatish bo‘yicha xo‘jalik sohasidir;
• turizm bozor segmenti sifatida iste’molchilarga o‘z mahsulotlari va
xizmatlarini (marketing nazariyasi nuqtai nazaridan) taklif etish maqsadida
an’anaviy xo‘jalik tarmoqlari (transport, umumiy ovkatlanish, mehmonxona
xo‘jaligi, madaniyat, savdo va boshqa.) bilan bozorga chiqadi;
• turizm hodisa sifatida mutlaqo dam olish deb ongimizga singib ketgan
an’anaviy tasavvurlarga sig‘maydi. 1991y Ottava, (Kanada)da bo’lib o‘tgan
BTT - Butunjahon turistik tashkiloti sayohat va turizm statistikasi bo‘yicha
konferensiyada konsepsiya sifatida talablar yo‘nalishi tanlandi va turizm
shunday belgilanish oldi: «Turizm - odatdagi muhitdan tashqarida dam
olish, ishga aloqador va boshqa maqsadlarda bir yildan ko‘p bo‘lmagan
Do'stlaringiz bilan baham: |