I bob xalqaro turizm: nazariya va amaliyot faniga
Download 347.19 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza XALQARO TURIZM NAZARIYA VA AMALIYOT FANIGA KIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- , destinatsiya – bu ma’lum xizmatlar taklif qiladigan
«Destinatsiya» lotincha so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, turar joy (o‘rin,
manzil, makon) ma’nosini anglatadi. Bu atama XX asrning 90-yillarida turizm sohasida keng qo‘llanila boshladi. Xorijiy adabiyotlarda «destinatsiya» tushunchasini aniqlashtirish uchun ikki xil yondoshuv mavjud. Birinchi yondoshuvda destinatsiya ma’lum (prof. Leyper tabricha) geografik chegaraga ega territoriya sifatida talqin etiladi. Boshqa nuqtai nazardan «destinatsiya» - bu turistlar uchun jalb etuvchi geografik territoriya bo‘lib hisoblanadi. Ya’ni jalb etuvchi kategoriya birinchi o‘ringa chiqadi. U turli turistik guruhlar uchun bir xil bo‘lmasligi mumkin. SHunday qilib, destinatsiya (boriladigan manzil) sayohatchilarni vaqtincha bo‘lishga jalb qiladi. CHunki u ular yashaydigan mamlakatda bo‘lmagan xarakterli xususiyatlarga egadir. Bu joylar turizm industriyasi turistlarni joylashtirish, ovqatlanishini tashkil qilish, sayr – tamosho va dam olish, sayohlik ehtiyoj tovarlari va suvenirlarning chakana savdosini tashkil qilishga mo‘ljallangan. Shunga qaramasdan, har qanday joyni destinatsiyaga kiritib bo‘lmaydi. Joy (hudud) destinatsiya deb atalishi uchun quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak. Birinchidan turistlarni qabul qilish uchun zarur ma’lum xizmatlar to‘plami mavjudligi, bu shunday xizmatlar to‘plami bo‘lishi kerakki, turistga mahsulot taklif qilinganda aytilganidan ziyoda xuddi turist kutayotganiday bo‘lsin. Bunday to‘plamga birinchi navbatda quyidagilar kiradi: • destinatsiya (manzil)ga olib borish va qaytib kelish hozirgi paytda turistlarni tashishda qulay va sifatli transport xizmatiga talab oshmoqda; • yetarli darajada xizmat ko‘rsatiladigan tunash (otellar, kempinglar, dala hovlilar va boshqalar mavjudligi) va ovqatlanish (restoranlar, kafe, barlar va boshq.) jarayonlari. Ikkinchidan, turistlarni qiziqtiruvchi diqqatga sazovar joylarning mavjudligi, xuddi ana shu borada destinatsiyalar o‘rtasida raqobat vujudga keladi. Qancha ko‘p yangi narsalarni tamosho qilish, miriqib sayr qilish, xordiq chiqarish imkoniyati bo‘lsa, shunchalik turistlarning qiziqishi va kelishi ortib boradi. Uchinchidan turistik bozorda mahsulot harakatlanishida zarur vosita hisoblangan axborot tizimining mavjudligidir. Bu eng avvalo rezervlashtirish va bronlashtirish axborot tizimiga kirish imkoniyatidir. Shunday qilib, destinatsiya – bu ma’lum xizmatlar taklif qiladigan, Download 347.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling