Vaqtni idrok qilish – bu biz idrok qilib turgan narsa va xodisalar ma’lum bir vaqt davomida paydo bo‘ladi, taraqqiy qiladi va o‘zgarib boradi.
Xarakatni idrok qilish. Biz narsalarni xarakatsiz, sokin xolatinigiga idrok qilib qolmay, balki fazoda joy almashtirib turgan xolatini narsalarning xarakatini ham idroq qilamiz.
Idrokning ta’rifi, xususiyatlari
2. Idrokning fiziologik asoslari
3. Fazoning va vaqtning, harakatni idrok qilish
Odamning ko‘zi – o‘ta sezuvchan, nozik va murakkab «asbob». Ammo, u ham ba’zi-ba’zida adashib turishga moyil. Uning adashishi, ayniqsa ko‘rish illyuziyalarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Idrok illyuziyalari (lotincha «illusio» — xato, yanglishish so‘zlaridan olingan) – narsa yoki hodisalarni noto‘g‘ri, yanglish ko‘rinishda idrok etishdan iboratdir.
Qo‘limizda vazni bir xil, ammo har xil kattalikdagi ikki xil lug‘at kitob bilan katta jurnalni olsak, negadir hajman kattaroq bo‘lgan jism (bizning misolda jurnal) og‘irroq bo‘lib tuyuladi.
Biroq aytildi-ku, vazni bir xil... Hayronmisiz? Hechqisi yo‘q, XIX asrda olimlar ham shunday hayron qolib yoqa ushlagandilar. Buni psixologiyada illyuziya deydilar. Bu Sharpante illyuziyasi. Harakatlanayotgan tramvay vagonining oxiriga o‘tib, ortda qolayotgan temir yo‘lga bir qarangchi. Nimani ko‘rayapsiz? Temir izlar ko‘rinishida sizdan uzoqlashib ketayaptimi? Nega ikki temir izning orasidagi masofa har yerida turlicha? Axir bunday izlardan harakatlanib bo‘lmaydi-ku! Izlar orasidagi masofa esa, aslida tramvaylar deposidan tortib oxirgi shoh bekatgacha bir xil. Yana illyuziya. Bu Ponso illyuziyasi.
Demak, illyuziyalar voqelikni, undagi narsa yoki hodisalarni asliga to‘g‘ri kelmaydigan (noadekvat – J.N.E.) tarzda idrok etishdir. Illyuziyalarning sabablari xilma-xil bo‘lishi mumkin: 1. Odamning tajribasi; 2. Analizatorlarning xususiyatlari;
3. Idrok etish sharoitining o‘zgarishi;
4. Fizikaning muayyan qonunlari;
5. Sezgi a’zolaridagi qandaydir nuqson va hokazo.
Umumiy ravishda idrok illyuziyalar orasida keng tarqalgan ko‘rish illyuziyalarini 2 guruhga bo‘lish mumkin:
1-guruh. Fan xususiyatlari tufayli paydo bo‘ladigan illyuziyalar.
2-guruh. Shaklning o‘zgargan tarzda aks ettirilishi tufayli paydo bo‘ladigan illyuziyalar.
Fon xususiyatlari sababli paydo bo‘luvchi ko‘rish illyuziyalarning paydo bo‘lishiga xos ayrim «sirlar»dan sizni voqif qilsak, degan edik.
1. To‘q rang fonda shakllarning rangi asliga nisbatan biroz ochroq va aksincha, bo‘lib tuyuladi (oppoq ko‘ylakdagi siyoh dog‘ini tasavvur qiling).
2. Fon va undagi shaklni idrok etayotganda, odam eng avval hajman kichikrog‘ini ko‘radi. (katta oppoq devorga osilgan portretni ko‘z oldingizga keltiring).
Idrok etish jarayonida idrok mazmunini o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan xis xayajonlar ham mavjuddir.
Idrokning ushbu turlari mavjud: ko‘rish, eshitish, paypaslab ko‘rish, kinestezlik, xidlash va ta’m bilish yo‘li bilan idrok qilish. Shuningdek fazoni idrok etish, vaqtni idrok etish va xarakatni idrok etish kabi turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Fazoni idrok qilish to‘g‘risida gapirar ekanmiz, biz narsalarning fazodagi formalarini, ularning fazodagi katta-kichikligini va fazodagi o‘zaro munosabatlarini ko‘zda tutamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |