I bob. Yapon tilida fonetik tovushlarning shakllanishi
Sirg‘aluvchi va portlovchi sirg‘aluvchi undoshlar
Download 438.5 Kb. Pdf ko'rish
|
yapon tilida fonetik tovushlarning shakllanishi
Sirg‘aluvchi va portlovchi sirg‘aluvchi undoshlar
Yapon tilida sirg‘aluvchi undoshlar hamda jarangli portlovchi sirg‘aluvchi undoshlar mavjud:
[s], [»] [dz], [z], [d] O‘zbek tili trankripsiyasi S DZ
[s] – til oldi qattiq jarangsiz sirg‘aluvchi undosh. Ushbu tovushni talaffuz qilganda til cho‘zilgan bo‘lib, uning ikki taraflari bir oz yon tishlarga qisilib, uchi pastki tishlar tegishi orqali hosil buladi. Buning natijasida yuqoridagi tishlar va til orasida yoriq paydo bulib, havo ushbu tirqish orqali chiqadi. Tovush paychalari zo‘riqqan bo‘ladi. YUmshoq tanglay kutarilgan va burun yo‘lini yopgan bo‘ladi. Akustikada o‘zbek tilidagi s s ga to‘g‘ri keladi. [ssh] – til oldi sirg‘aluvchi jarangli undosh. Artikulyasiyada sirg‘aluvchi qattiq [s] tovushini eslatib, til cho‘zilgan, yoo‘rtasi qattiq tanglayga tegizilgan holda talaffuz qilinadi. Ushbu tovush yuqori tish va til orqali emas balki tilning oldi qismi bilan alveolalar orqali hosil qilinadi va natijada vishillagan tovush hosil bo‘ladi. Akustik holatda o‘zbek tilidagi s tovushidan tubdan farq qiladi. Va yumshoq vishillagan o‘zbek tilidagi [s’] (s) i [sh’sh’] ( щ), tovushlariga o‘xshashi mumkin dekin birontasini o‘rniga ishlatish mumkin emas.
38 [dz] – til oldi jarangli qattiq affrikat. Tovush paychalari xuddi sirg‘aluvchi [s] tovushiga o‘xshash. Lekin yoriq sekinlik bilan emas balkim qattiq bir zarba orqali va tilning oldi orqa tomoni yuqoridagi tishlar bilan ifdalanadi. Tovush paychalari zo‘riqqan va tovush ovoz orqali chiqariladi. SHuni inobatga olish kerakki, bu yagona tovush hisoblanadi. SHuning uchun bu tovushni artikulyasiyasini oldin portlovchi [d], keyin esa sirg‘aluvchi [z] tovushlari bilan ifodalash mumkin emas. [dz] tovushi faqat so‘z boshida va so‘z o‘rtasida [n] tovushidan keyin kelishi mumkin. So‘z o‘rtasida ikkita unli orasida bu tovush sirg‘aluvchi [z] tovushini beradi, Bu esa o‘zbek tilidagi qattiq z tovushiga mosdir, biroq, o‘zbek tili transkripsiyasida bu kabi tovush ifodalanmaydi. [d’] – til oldi yumshoq jarangli affrikat. Bu tovushning artikulyasiyasi yumshoq (ssh) tovushiga mos keladi lekin til oldi va alveolalar bilan qattiq portlash orqali ifodalanadi. Tovush paychalari zo‘riqqan va tovush jarangli ifodalanadi. O‘zbek tilida mos keladigan tovush yo‘q.
Download 438.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling