I-bob. Yer osti suvlarining kelib chiqishi va tasnifi


II-BOB O’zbekiston suvlari, zovur haqida tushuncha va Farg’ona vodiysi zovuri


Download 0.58 Mb.
bet4/7
Sana25.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1687537
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Grunt suvlari va ularning gidrokimyoviy hususiyatlari

II-BOB O’zbekiston suvlari, zovur haqida tushuncha va Farg’ona vodiysi zovuri.
2.1. O’zbekistonning yer osti suvlari.
O’zbekiston hududi yer osti suvlarining yetarli zahirasiga ega. Respublikamizda ularning aniqlangan zahirasi sekundiga 1001 m3 ni yoki 1 yilda 31,5 mlrd m3 ni tashkil etadi. Ularning kimyoviy tarkibi va sho’rlanganlik darajasi har xil. Respublikada chuchuk va bir oz sho’rlangan yer osti suvlarining foydalanish mumkin bo’lgan zahirasi sutkasiga 50,6 mln.m3 bo’lib, uning 80 % i, ya’ni 40 mln. m3 i tog` oldi, tog`li yerlarga to’g`ri keladi. Uning yarmi chuchuk yer osti suvlaridir. (8-jadval).
Gidrogeologlar O’zbekiston hududini tabiiy sharoitidan kelib chiqib, 2 ta- tog` oldi, tog` va tekislik gidrogeologik o’lkaga bo’ladilar. Har bir o’lka o’ziga xos yer osti suvlari va to’yinish manbalariga ega.
Respublikaning tog` oldi, tog`li hududi baland tog` tizmalari, past tog`lar, tog`lar oralig`idagi va tog` oldi botiqlaridan iborat. Bularning har birida yer osti suvlarining rejimi o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Tog`larda yer yoriqlarida paydo bo’lgan yer osti suvi havzalari vujudga kelgan bo’lsa, tog` oralig`i botiqlarida artezian havzalardan iborat.
Tog`li hududlarda quyidagi 9 ta gidrologik rayon ajratilgan. Bular Chotqol-Qurama, Nurota-Turkiston, Hisor-Zarafshon, Markaziy Qizilqum yer yorig`i suvlari havzasi, Hisorning janubi-g`arbiy qismidagi tog` artezian havzasi, Farg`ona artezian havzasi, Toshkent va Zarafshon artezian havzalari, Surxondaryo artezian havzasi. Tog` oldi va tog`li hududlar tabiiy yer osti suvlari zahirasining umumiy miqdori 650 m3 sekundni tashkil etadi.
Tog` mintaqasida yer osti suvlari yog`in-sochin, yomg`ir, qor muz suvlarining shimilishidan hosil bo’ladi. Suvning shimilish tezligi va miqdori tog` jinslarining litologik tarkibiga, yog`in-sochin miqdoriga bog`liq. O’zbekistonda er osti suvlarining vujudga kelishiga eng qulay sharoit mutlaq balandligi 1500 dan 3000-3500 metrgacha bo’lgan tog`larga to’g`ri keladi, chunki bu balandlikdagi yerlarga yog`in-sochin eng ko’p tushadi. Shuning uchun bu hududlarda yer osti suvining eng ko’p oqim moduli kuzatiladi. Oqim moduli karbonatli jinslarda 1 km2 maydonda 12 l/sek.ni, cho’kindi-magmatik jinslar kompleksida 8-9 l/sek.ni, metamorfiklashgan qumtosh-slanestlarda 3-5 l/sek ni, mezozoy va qaynozoyning terrigen jinslarida 1-3 l/sek. ni tashkil etadi. Mutlaq balandligi 1500 metrgacha bo’lgan joylarda yog`in-sochinning kamayishi va bug`lanishning kuchayishi natijasida oqim moduli keskin kamayib, 0,10 l/sekG`2 dan 1-3 l/sek/km2 gacha miqdorni tashkil etadi. O’zbekistonning tog`laridagi yer osti suvlarining zahirasi 105 m3G`sek bo’lib, uning 31,4 % i Toshkent atrofi rayoniga, 23,8 % i Surxondaryo, 13,5 % i Qashqadaryo, 11,6 % i Zarafshon vodiylariga, 6,7 % i Nurota-Turkiston, 5,25 % i Mirzacho’l, 5,9 % i Farg`ona va 2 % ga yaqini Markaziy Qizilqum gidrogeologik rayonlarga to’g`ri keladi. Yoriq-karst va tog` daryolari o’zanlari ostida shakllangan yer osti suvlaridan xalq xo’jaligida foydalanish mumkin, lekin ulardan ko’p foydalanish tog` oldi, tog` oralig`i hududlarga, tekislikka oqib tushadigan yer usti va yer osti suvlarining miqdoriga salbiy ta’sir etishi mumkin.
Tog` oldi mintaqasida grunt va qatlamlararo suvlar asosan yog`in-sochin va baland tog`lardan sizib kelgan suvlar hisobiga shakllanadi. Bu mintaqa yer osti suvlari yer ostidan sizilib borib, pastda joylashgan artezian havzalariga qo’shilib ketadi. Mintaqadagi yer osti suvlari sho’rlik darajasi chuchukdan to sho’rgacha bo’ladi. Chuchuk suvlar asosan shag`alli jinsnlar tarqalgan erlarda uchraydi. Yer osti suvlari ichimlik suv sifatida va chorva mollarini sug`orishda ishlatiladi. Bu mintaqada yer osti suvlari dinamik zahirasining umumiy miqdori 295 m3/sek ni tashkil etadi.
Tog` oralig`i botiqlarida asosan grunt va qatlamlararo suvlar shakllanadi. Ularning sifati, miqdori har bir botiqda har xil. Bu mintaqaning grunt suvlari yog`inlardan, daryo, kanal, ko’l, suv omborlaridan sizgan suvlardan hamda tog` mintaqasidan oqib kelayotgan suvlardan to’yinadi. Botiqlardagi yer osti suvlarining katta qismi pastki hududlarga sizilishga, bug`lanishga sarf bo’ladi. Bu mintaqada yer osti oqimi bo’lgan hududlarda grunt suvlari toza va chuchuk, oqim sust bo’lgan, iqlimi quruq, issiq hududlarda (Markaziy Farg`onada, Mirzacho’lda, Qarshi cho’lida, Quyi Zarafshonda) esa sho’rlangan. Botiqlardagi yer osti suvlari zahirasi unga bo’lgan ehtiyojni bemalol, ancha oshirib qondiradi.
Bu mintaqada yer osti suvlariga eng boy hudud Farg`ona botig`idir. Bu erda to’yinish manbaiga ega va foydalanish mumkin bo’lgan yer osti suvlari miqdori sekundiga 289 m3 ga teng.
Tekislik mintaqasidagi grunt suvlari asosan tog` va tog` oldi mintaqasidan sizib kelayotgan suvlardan, bosim ostida pastki qatlamlardan sizib chiqayotgan yer osti suvlaridan, qisman yer usti suvlarining sizilishidan va yog`in suvlaridan to’yinadi. Tekislikda yog`in kam, bug`lanish katta bo’lganidan ularning grunt suvini to’yintirishdagi salmog`i katta emas. Tekislikda grunt suvining oqimi yetarli darajada bo’lmaganligi hamda bug`lanishning kattaligi yer osti suvlari sifatining yomonlashishiga olib kelgan. Grunt suvlari ichishga deyarli yaroqsiz, tarkibida natriy va xlorid tuzlari ko’p uchraydi.
O’zbekistonning tekislik mintaqasi Amudaryo, Sirdaryo va Ustyurt artezian havzalaridan iborat, ularning tabiiy yer osti suvi resurslarining umumiy miqdori 120 m3G`sekundni tashkil etadi va buning asosiy qismi sug`oriladigan delta tekisliklariga to’g`ri keladi. Chuchuk suvlar yer osti suvi jami miqdorining taxminan 10 % ini tashkil etadi. Ular asosan sug`oriladigan yer, kanal va ariqlardan sizib vujudga keladi, yirik magistral kanallar yoqasida uchraydi.
Artezian suvlar O’zbekistonda ancha chuqurdan-100-400 m va undan ham chuqurdan chiqqanligi sababli suvining sifati hamma erda bir xil emas. Yer yuzasiga yaqin qatlamlar orasidagi suvlar chuchuk, harorati pastroq, chuqurda joylashganlarida issiq, biroz minerallashgan bo’ladi.
O’zbekistonning cho’l mintaqasida joylashgan artezian havzalarida qatlamlararo suvlar qumli yotqiziqlarda uchraydi. Ular ancha sifatli bo’lib, yaylovlarni suv bilan ta’minlashda, kichik vohalarda sug`orma dehqnchilikda ishlatilmoqda. Bu suvlarni (sho’rligi1,5-5,0g/l )maxsus qurilmalar yordamida chuchuklashtirib xo’jalikda va aholini ichimlik suv bilan ta’minlashda foydalanish ham mumkin. Hozirgi kunda Janubiy Orolbo’yida 100 dan ortiq maxsus qurilmalar yordamida yuqori bo’r yotqiziqlari orasidagi suvlar chuchuklashtirilib, aholi manzillari ichimlik suv bilan ta’minlanmoqda.
O’zbekistonda aniqlangan, tasdiqlangan chuchuk va bir oz sho’r (foydalanishga yaroqli) yer osti suv resurslari miqdori 1993 yil 1 yanvar ma’lumotiga ko’ra sutkasiga 19 mln m3 ni tashkil etgan. Buning deyarli yarmi (sutkasiga 8,9 mln m3) chuchuk suvlardir. Chuchuk suvlarning 95 % i tog`li mintaqaga to’g`ri keladi.
Amudaryo, Zarafshon havzalarida sug`orma dehqonchilik maqsadlarida suv rejimining o’zgartirilishi oqibatida Qoraqalpog`istonda, Xorazm va Buxoro viloyatlaridagi vohalarda chuchuk yer osti suvlari sho’rlanib qoldi.
O’zbekistonda 1994 yil 1 yanvar hisobi bo’yicha sutkasiga 9,6 mln m3 atrofida yer osti suvlaridan sug`orishda, sanoat karxonalarini suv bilan ta’minlashda foydalanilgan. Hozirgi kunda O’zbekistonda o’rganilgan va zahirasi aniqlangan yer osti chuchuk suvlari respublika aholisining ichimlik suvga bo’lgan ehtiyojining 50 % ni qondirmoqda. Shuning uchun gidrogeologlar oldiga chuchuk yer osti suvlarini qidirib topish, miqdorini aniqlash kabi muhim vazifalar qo’yilgan.
O’zbekiston mineral suvlarga boy. Uning hududida tabiatda uchraydigan mineral suvlarning deyarli hamma guruhlari va turlari aniqlangan. Ular asosan yura, bo’r va uchlamchi davr qatlamlarida turli chuqurlikda joylashgan, turli darajada minerallashgan va har xil haroratga ega. Mineral suvlar tarkibida karbonat angidrit, radon, sulfat gazlari, yod, brom, litiy, bariy, temir va boshqa kimyoviy elementlar bor. Noyob mineral suvlar Toshkent atrofida, Qizilqumda, Zarafshon vodiysida, shuningdek Ustyurt, Buxoro-Qarshi, Surxondaryo va Farg`ona artezian havzalarida aniqlangan. So’nggi yillarda O’zbekistonda 100 dan ortiq mineral manbalar o’rganib chiqildi. Ular asosida o’nlab sanatoriy-kurort, davolash muassasalari, mineral suvlarni qadoqlash, yod ajratib olish zavodlari ishlab turibdi.
Harorati 200S dan yuqori bo’lgan yer osti suvlari termal suvlar hisoblanadi, ularning zahiralari O’zbekistonda anchagina. Ulardan aholini davolashda, issiqlik manbai sifatida foydalaniladi.
O’zbekistonda sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan yer osti suvlari ham mavjud. Buxoro-Qarshi, Surxondaryo, Ustyurt va Farg`ona artezian havzalaridagi yer osti suvlari tarkibida sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan miqdordagi rubidiy, steziy, bo’r, germaniy, yod va brom borligi aniqlangan.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling