I-bob. Yer osti suvlarining kelib chiqishi va tasnifi


Farg’ona shahar uchun yer osti sizot suvlarining harakat yo’nalishi (2-rasm)


Download 0.58 Mb.
bet7/7
Sana25.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1687537
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Grunt suvlari va ularning gidrokimyoviy hususiyatlari

Farg’ona shahar uchun yer osti sizot suvlarining harakat yo’nalishi (2-rasm)

Drenaj tizimini hisoblash uchun oldindan sxemasi ishalab chiqilgan aniq bir hudud uchun amalga oshiriladi. Tuzilgan sxemada drenaj tizimlari ularni joylashtirish va tuproqni namini yo’qotish me’yorlarini hisobga olib grunt suvlarini sathini pasaytirish hisob sxemasi tuziladi. Drenaj tizimini tuzilishi va vazifasiga bog’liq holda quyidagilar hisoblash tizimiga kiritiladi: Gidrogeologik hisob, bunda drenaj tizimi va kollektorni debit (hisobiy suv yig’ilishi), ko’rilayotgan hududhni depressiya egri chizig’i quriladi. Gidravlik hosob, bunda suv uzatuvchi quvurning o’tkazuvchanlik qobilyati, quvurning diametri, suv tezligi hamda quvurning yotqizilish nishabligi aniqlanadi. Drenaj qilinayotgan hududning gidrogeologik holatini turlicha bo’lganligi uchun drenaj tizimini hisoblash murakkab masala hisoblanadi. Tartibga keltirilgan drenaj tizimida quydagilar aniqlanadi: drenaj quvurining suv yig’ish miqdori va drenaj quvurning diametri. Bunda atmosfera suvining yerga singishi ham hisobga olinadi. Tartibga solingan mukammal drenaj uchun depressiya chizig’ini qurish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. yer osti sizot suvini pasaytirish orqali hududning gidrogeologik sharoiti yaxshilanadi, yer osti sizot suvlarining bino va inshoatlarga salbiy ta’siri kamaytiriladi. Farg‘ona shahrida gorizantal drenajlar orqali yig‘ilgan suv “Marg‘ilon soy” suv inshoatiga tashlanganda qishloq xo‘jaligida sug‘orish uchun zarur bo‘lgan suv resurslarini ortirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu suvlar “Marg‘ilon soy” orqali “Janubiy Farg‘ona” kanaliga to‘kiladi hamda viloyatning Oltiariq va Qo‘shtepa tumanlarida sug‘orish uchun foydalaniladi. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki bunday gorizantal drenajlarni qo‘llash orqali Farg‘ona shahri markaziy qismi, “Bahor”, “Yormazor” hamda, “Jo‘ydam” hududlarini yer osti sizot suvlarini pasaytirish imkonini beradi. Drenajlardan oqib chiqayotgan suvning sekundlik sarfi ni tashkil etadi, bu qo‘shimcha suv resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Yuqorida ko‘rsatilgan takliflar murakkab va qimmatga tushadi, ammo yer osti sizot suvlarining ko‘tarilishi hisobiga bino va inshoatlar hamda yer osti kommunikatsiyalar mustahkamligiga ko‘rsatadigan zarari bir necha barobar pasayadi.


Xulosa:
Tuproq suvlari: sizot, yer osti suvlar(bosimli va bosimsiz) artezian suvlari. Sizot suvlar rejimi va unga ta’sir etuvchi sharoitlar. Sizot suvlarining tuproqning suv va tuz rejimiga va ekinlar hosildorligiga ta’siri. Sug’oriladigan yerlarning meliorativ rejimlari(avtomorf, avtomorf-gidromorf, gidromorf). Sizot suvlarining maqbul chuqurliklari va ularni belgilovchi omillar. Sizot suvlarning kritik chuqurliklarini belgilovchi omillar. Sizot suvlar muvozanati(balansi) va uni hisoblash formulasi. Tuproqning tuz muvozanati(balansi) va uni hisoblash formulasi. Sizot suvlari va tuz muvozanati, ularni hisoblash formulasi, uning natijalarining(ijobiy, salbiy, tenglik) ahamiyati.
Yer sho’rlanishi va botqoqlanishini oldini olish va qarshi kurashda qo’llaniladigan meliorativ, agromeliorativ va suv xo’jalik tadbirlar
Tuproq sho’rlanishi va botqoqlanishining oldini olish va unga qarshi kurashda qo’llaniladigan meliorativ tadbirlar. Sug’oriladigan yerlarni meliorativ jihatdan tadqiqot qilish va baholash(meliorativ mintaqalar, kichik mintaqalar va gidromodul rayonlar buyicha) hamda oldini olish tadbirlarining asosiy vazifalari. Sug’oriladigan yerlarni meliorativ nazorati va yerdan foydalanish koeffisenti.
Yerlarni tekislash, uning agrotexnik va meliorativ ahamiyati, turlari (kapital, joriy, qisman). O’rmon ihota daraxtlari ekish va ularni meliorativ ahamiyati(mikroiqlimga, eroziyaga, sizot suvlar rejimiga ta’siri). G’o’za-beda almashlab ekishni tashkil etish va uning meliorativ ahamiyati va uning sizot suvlar rejimiga ta’siri. Yerlarni qulay meliorativ holatini ta’minlash uchun qo’laniladigan suv xo’jalik tadbirlari. Suvdan rejali foydalanish, suv oborotini qo’llash, sug’orish tarmoqlaridan suvni filtrasiyaga sarflanishini kamaytirish, sizot suvlaridan ekinlarni sug’orishdan foydalanish, tejamli sug’orish usullarni qo’llash.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling