I bob yerni ekin ekish oldidan ishlash
II BOB QISHLOQ XO’JALIK EKINLARINI EKISHDAN OLDIN YERLARNI TEKISLASH. TEKISLASH USULLARI: JORIY, QISMAN VA ASOSIY TEKISLASH
Download 96 Kb.
|
Yerga ekin ekishdan oldin va keyin ishlov berish. Qishloq xo’jaligi ekinlarini ekish usullari
II BOB QISHLOQ XO’JALIK EKINLARINI EKISHDAN OLDIN YERLARNI TEKISLASH. TEKISLASH USULLARI: JORIY, QISMAN VA ASOSIY TEKISLASH.
2.1.EKISH OLDIDAN TUPROQQA ISHLOV BERISH. . Yerni ekin ekishdan oldin ishlash boronalashdan boshlanadi. Boronalanganda yerning yuza qismi tekislanadi, endi o’sib kelayotgan begona o’tlar yo’qotiladi, kesaklar maydalanadi, hosil bo’lgan qatqaloq yumshatiladi va nam bug’lanishi-ning oldi olinadi. Yerga ekin ekish oldidan ishlov berishni yer yetilmasdan oldin boshlab yuborish mumkin emas, chunki bunda palaxsalar hosil bo’ladi, uning yuza qismi zichlashadi. Кo’klamda shudgorning 8-10 sm chuqur-likdagi tuprog’i yetilishi bilan yerni ishlay boshlash kerak. Respub-likamizning turli tuproq-iqlim sharoitida bu muddat taxminan quyidagi davrlarga to’g’ri keladi: Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida fevral oyining ikkinchi yarmiga, yoki mart oyining birinchi besh kunligiga, Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlarida mart oyining birinchi yarmiga, Sirdaryo, Jizzax, Toshkent va Samar-qand viloyatlarida mart oyining ikkinchi yarmi, Xorazm va Qora-qalpog’istonda esa mart oyining uchinchi o’n kunligi, aprel oyining birinchi besh kunligiga to’g’ri keladi. Yog’ingarchilikdan keyin shudgorning yuza qismi zichlashgan bo’lsa, chizel-kultivatorlar bilan yerni yumshatish, so’ngra mola bosish kerak. Tuproq sho’ri yuvilgan va yaxob suvi berilgan yerlarni chigit ekishga tayyorlashda egat, marza, o’qariqlar, past va do’ngliklar tekislanadi. Yer yetilishi bilan bo’ylamasiga yoki ko’ndalangiga ikkita ketma-ket ulangan borona yurgiziladi. Кo’klamda yerni sayozroq bo’lsa ham qayta haydashga yo’l qo’ymas-lik kerak. Agar yaxob berilgandan yoki tuproq sho’ri yuvilgandan keyin yer juda zichlashib, begona o’t bosgan bo’lsa, plugning agdargichlarini olib qo’yib yumshatish mumkin. Кo’klamda haydaladigan yerlarni iloji boricha barvaqt, yer yetilishi bilanoq ishlashga kirishish kerak. Shunday qilinganda tuproqda nam to’planadi. Yer bahorda haydalganda zudlik bilan diskalash va borona-lash kerak. 2.Yerni ekin ekishdan keyin ishlash.Ma’lumki, Markaziy Osiyo tuproqlari yomg’ir yoqqandan keyin qatqaloq hosil qiladi. Tuproqning mexanik tarkibi qancha og’ir bo’lsa, qatqaloq shuncha qattiq va qalin bo’ladi. Tuproq sho’r bo’lsa, qatqaloq yana ham qattiq bo’ladi. Shuning uchun ekinzorlarda bahorgi yomg’irlardan keyin hosil bo’lgan qatqa-loqni zudlik bilan yumshatish lozim. Qatqaloq o’z vaqtida yumshatil-may kechiktirilsa, uning qattiqligi va qalinligi oshib boradi, yumshatish qiyinlashadi va zarari katta bo’ladi. Agar chigit unib chiqqan yoki chiqish oldida bo’lsa, rotatsion motiga yoki chigit, makkajo’xori chiqib, qatorlari bilingan bo’lsa,u holda rotat-sion yulduzchalar o’rnatilgan kultivatorlardan foydalanish mumkin. Chigit ekish tamomlangandan keyinroq yomg’ir yog’sa, qatqaloqni yoppasiga yumshatadigan yengil "zig-zag" borona bilan qatorlarni ko’ndalangiga boronalash mumkin. Yerning qotib qolishiga va begona o’tlarning o’sib rivojlanishiga yo’l qo’ymaslik uchun ekinlarning qator orasiga ishlov berishni erta boshlash kerak. Ekinlarning qator oralariga ishlov berish muddati va chuqurligi tuproqning holatiga.begona o’tlar bilan ifloslanganligiga va ob-havo sharo-itiga qarab belgilanadi. Кultivatsiya qilishda kultivatorning ikki chetidagi pichoq 6-8 sm, o’rtasidagi g’ozpanja esa 10-12 sm chuqurlikda ishlatiladi. G’o’za qator oralarining qanday kenglikda (60 yoki 90 sm) bo’lishidan qat’iy nazar kultivatsiya qilishda 8-10 sm kenglikda himoya zonasi qoldiriladi. Кeyingi kultivatsiyada yumshatuvchi ish organlarining chetidagisi 8-10 sm, o’rtadagisini esa 14-16 sm chuqurlikda ishlatiladi. Ikkinchi, uchinchi va keyingi kultivatsiyalarda himoya zonasi 10-12 sm gacha kengaytiriladi. Har galgi sug’orishdan so’ng yer yetilishi bilan kultivatsiya o’tkazish lozim. Bu namlikni saqlashni ta’minlaydi. 3.Qishloq xo’jaligi ekinlarini ekish usullari Hozirgi sharoitda ekin urug’lari turli xil konstruksiyadagi seyalkalar bilan ekiladi. Yoppasiga qatorlab ekish. Bu usulda SU-24, S3D-24, kombinatsiya-lashtirilgan SUК-24 kabi seyalkalarda arpa, bug’doy, javdar, suli va boshqa ekinlar ekiladi, qatorlar orasi 13-15 sm, o’simliklar orasi esa 1,2-1,5 sm bo’lib, urug’ oraliqlari har xil bo’ladi. Tor qatorlab ekish. Bu usul bilan SUB-48, SUB-48B va SA-48 mar-kali diskli yoki soshnikli seyalkalarda zig’ir, raps, bug’doy,javdar kabi ekinlar, qatorlar orasi 6-8 sm, o’simliklar orasi 3-4 sm qilib ekiladi. Shaxmat usulida ekish. Bu usul g’alla ekinlarini SU-24, S3D-24, SUК-24 seyalkasi bilan ekishda qo’llaniladi. Bunda seyalka urug’ni yarim normasini sepadigan qilib sozlanadi. Urug’ning yarmi dalaning uzunasiga, qolgan qismi esa dalaning ko’ndalanggiga yurib ekiladi. Download 96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling