Ilmiy izlanishning usullari:
Oldimizga qo’yilgan vazifalarni hal etishda quyidagi usullardan foydalaniladi:
adabiyotlarning o’rganilganligi.
pedagogik kuzatuvlar: xronometraj o’quv-mashg’ulot jarayonida va o’yin jarayonida .
pedagogik nazoratlarni qo’llash.
pedagogik tadqiqot.
matematik va statistik usullar.
Ilmiy uslubiy adabiyotlarning o’rganilganligi
Ilmiy izlanishga quyiladigan savollarni chet el va yurtimizda yozilgan ilmiy uslubiy adabiyotlardan foydalanilib, o’rganilib tuzildi. Foydalanilgan adabiyotlarda yillik mashg’ulotlarni tuzish, tezkorlik sifatini rivojlantirish, jismoniy sifatlarni oshirish yullari ishlab chiqilgan.
Pedagogik kuzatuv
Bizning pedagogik kuzatuv jarayoni Jizzax shaxridagi 14-umumta’lim maktabida olib borildi. Pedagogik kuzatuv davri 2013 yilning mart oyidan may oyigacha olib borildi.
Pedagogik nazorat sinovlari (testlar, maxsus adabiyotlar tahlili va olingan anketalar natijalaridan kelib chiqib, ushbu testlar orqali futbolchilarda tezkorlik sifatini oshirish mumkin bo’ladi;
15 metrga yugurish
60 metrga yugurish
Uzunlikka sakrash
Balandlikdan sakragandan so’ng uzunlikka sakrash 5.Uch xatlab sakrash
6.Yuqoriga sakrash
Pedagogik tadqiqot tuzishdan maqsad yosh futbolchilarda tezkorlik sifatini tarbiyalash, jismoniy tayyorgarligini baholashdir.
Tadqiqot jarayonida mashqlarning samaradorligini tahlil qilish uchun o’rta arifmetik (X), o’rta arifmetik chetlanish (G), variasiya koefisiyentlari (V%) va Styudent t-kriteriyasining mos kelishligi kabi matematik statistik usullardan foydaliniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |