I bob. Yosh valeybolchilar sakrovchanliklarini maxsus mashqlar va harakatli o'yinlar
Download 62.96 Kb.
|
Erkinov Fazliddin Burxon o‘g‘li
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining vazifasi
Kurs ishining maqsadi:Jismoniy tayyorgarlik sport trenirovkasining asosiy vazifalaridan biri voleybolchilarining va uni tula qonli jismoniy о‘sishini ta’minlashga qaratilgan.
Bu jarayon asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish hamda hayotni zarur malakalarni takomillashtirishni о‘z oldiga maqsad qilib qо‘yiyadi. Kurs ishining vazifasi: Umumiy jismoniy tayyorgarlik voleybolchining maxsus tayyorgarligini ta’minlashda poydevor bо‘lib hisoblanadi. I.BOB. Yosh valeybolchilar sakrovchanliklarini maxsus mashqlar va harakatli o'yinlar 1.1. Voleybolchilarda sakrovchanlik sifatini rivojlantirishVoleybolchilar uchun asosiy jismoniy sifatlardan biri sakrovchanlikdir. Sakrovchanlik tezlik-kuchlilik qobiliyatlariga mansub bo’lib oyoq mushaklarining qisqa muddat ichida kuchli qisqarishi bilan ifodalanadi. Aynan shu sifatni yuksak darajada bo’lishi nisbatan past bo’yli o’yinchilarni baland bo’yli o’yinchilar bilan raqobatini va asosiy o’yin malakalarini (zarba berish va to’siq qo’yish) samarali ijro etilishini ta`minlaydi. Sakrovchanlikni rivojlantirish uchun eng qulay davr bu 10-12 yoshdir. Bu davrda yosh voleybolchilarda joydan turib balandga sakrash 12,5 sm gacha ortishi kuzatiladi. Sakrovchanlik sifatining turlari ko’p. Masalan, ikki oyoq bilan depsinib, yugurib kelib, joydan turib vertikal sakrash, bir oyoq bilan depsinib vertikal yoki uzunlikka sakrash, ikki oyoq bilan depsinib uzunlikka sakrash va hokazo. Har bir sakrash turining o’ziga hos maqsadi va maqsadga mos ijro etish tartibi (texnikasi) bo’ladi. Voleybol, basketbol, futbol va boshqa sport o’yinlari bilan shug’ullanuvchi sportchilarning tezkor sakrovchanligi bir-biridan farq qiladi. Ta`kidlash lozimki, hatto bir sport o’yinida, masalan voleybolda – zarba yoki to’siq ko’yish, to’p kiritish yoki uzatish uchun ijro etiladigan tezkor sakrashlar mohiyati haqiqatdan bir-biriga sira o’xshamaydi. Boz ustiga yana shuni eslatish o’rinliki, faqat bir o’yin malakasi – zarba berish turiga qarab (qisqa yoki baland to’pdan zarba berish) tezkor sakrash xususiyati umuman boshqacha bo’ladi. Binobarin, sakrovchanlik va tezkor sakrash degan tushuncha ko’p qamrovli mazmun, mohiyat, xususiyat va ma`noni anglatadi. Demak, bu sifatlarni rivojlantirish" haqida gap borganda muayyan tezkor sakrash turi va uni o’ziga munosib mashqlariga alohida e`tibor berilishi o’ta muhim masaladir . So’nggi o’yinlarda voleybol musobaqasi qoidalarining tubdan o’zgarishi o’yin faoliyati va o’yin malakalarining ijro etilishiga batamom yangicha tus berib yuborgan. Hozirgi kunda deyarli barcha o’yin malakalari aksariyat vaziyatlarda «havoda», ya`ni sakrab ijro etiladi (zarba, to’siq ko’yish, to’p kiritish, uzatish, to’pni qabul qilish, yiqilib qabul qilish. Ushbu holatni yuzaga kelishi voleybol amaliyotida sakrovchanlik sifatiga e`tabor qaratishni nafaqat kuchaytirayapti, balki bu, sifatlarni jadal rivojlantirishga qaratilgan yanga ilmiy texnologiyalar yaratishni taqozo etmokda. Shuning uchun ko’p yillik sport tayyorgarligi jarayonida malakali voleybolchilarni tayyorlash samarasi sakrovchanlik sifatini har tomonlama mukammal tarbiyalash ustivorligiga bevosita bog’liq bo’lib boryapti. Voleybolchilar tezkorligi va tezkor sakrashini rivojlantirish muammolarini yorituvchi ilmiy tadqiqot hamda ilmiy adabiyotlar doirasi juda keng. Hozirgi jahon sportidaga ko’rsatkichlarning jadal ravishda yangilanib borayotganligi, yosh sportchilarni tayyorlashning yangi, yanada samarali vositalarini, uslublarini va shakllarini izlashni taqozo etadi . Ko’pgina tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, voleybolchilarning sport mahoratini yuksalishi aksariyat hollarda tezlik-kuchlilik sifatlari bo’yicha belgilanadi. Ushbu sifatlarni rivojlantirish malakali voleybolchilar tayyorlashning muhim vazifalaridan biridir . Ma`lumotlar shuni ko’rsatadiki, yosh voleybolchilarni maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish, ularning texnik malakalarini shakllantirish muhim ahamiyat kashf etadi. Binobarin, dastlabki tayyorgarlik bosqichidan boshlab jismoniy sifatlarni sport turi xususiyatiga moslab rivojlantirish texnik malakalarga o’rgatish jarayonini ancha engillashtiradi. Yuqorida qayd etilgan ilmiy ma`lumotlar tahlili shuni isbotlamoqdaki, yuqori malakali sport zahiralarini tayyorlashda umumiy va maxsus jismoniy sifatlarni dastlabki o’rgatish bosqichidan boshlab shakllantira borish muhim ahamiyat kasb etar ekan. Ko’p yillik tayyorgarlik jarayonida jismoniy sifatlarni rivojlantira borish borgan sari tanlangan sport turi uslubiyatiga moslashtirilishi (ixtisoslashtirishi) va uning spetsifik talablariga javob berishi zarur. Ana shundagina muayyan sport turida texnik-taktik mahoratni shakllantirishi va yuqori sport natijasiga erishish imkoniyagi ortib boradi. Yuqorida qayd etilgan adabiyotlar tahlilidan shu narsa ko’rinib turibdiki, zamonaviy voleybol bo’yicha o’tkazilayotgan musobaqa o’yinlarida ijro etiladigan aksariyat malakalarni (to’p kiritish, zarba berish, to’siq qo’yish, qabul qilish, uzatish) samarali bajarish uchun sakrovchanlik va sakrash chidamkorligi alohida ahamiyat kashf etadi. Ayniqsa, 4 va 5 partiya davom etadigan o’yinlarda mazkur sifatlarning ahamiyati yanada ortadi. Ko’pgina adabiyotlarda bu sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar majmuasi aniq taqdim etilgan. Ammo bu sifatlarni turli yoshdagi voleybolchilarda rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar majmuasi adabiyotlarda aniq tavsiya sifatida taqdim etilmagan. Turli maqsad sari ijro etiladigan sakrash sifatini rivojlantirish an`anaviy mashqlar yordamida amalga oshirilishi ma`lum bo’ldi. Biroq sakrashga oid mashqlarni murakkablashtirilgan sharoitlarda qo’llash masalasiga yetarli darajada ahamiyat berilmas ekan . Sakrash mashqlarini aylanma tezlanishlar ta`sirida ijro etishga zid ma`lumotlar esa adabiyotlarda deyarli mavjud emas. Binobarin, tanlab olingan mavzu dolzarb bo’lib, tadqiqot asosida amalga oshirilishini taqazo etadi. Ta`kidlash joizki, sakrovchanlik va sakrab to’p uzatish qobiliyatini shakllantirishni dastlabki o’rgatish bosqichidan boshlash, ya`ni 11-12 yoshli bolalarda shu qobliyatlarni maqsadga muvofiq shakllantirish yaxshi natija berishi, shu bolalarda sport mahoratini samarali oshirishga ham katta ta`sir ko’rsatadi. Chunki, shu yoshda sakrab ijro etiladigan malakalarni sakramagan holatda mashq qilish mo’ljallangan natijani bermaydi. Boshqacha qilib aytganda, bir malakaga o’rgatib, shu malakani boshqacha usulda bajarishga qaytadan o’rgatish juda mushkul jarayon. Shuning uchun sakrab to’p kiritish, uzatish, qabul qilish, zarba berish, tusiq qo’yish malakalarini dastlabki o’rgatish bosqichidan boshlash darkor. Shunday ekan, sakrovchanlikni rivojlantirish dastlabki tayyorgarlik bosqichidan boshlab amalga oshirilishi shu sifatlarni bir maromda progressiv rivojlantirish imkoniyatini yaratadi . Ma`lumki, sakrovchanlik sifatining darajasini portlovchan kuch (yoki tezlik- kuch) darajasiga bog’liq bo’ladi. Demak yosh voleybolchilarda portlovchan kuchni muhim deb bilsak, shu sifatni qachondan boshlab rivojlantirish kerak va qanday mashqlar yoki bu boradagi qanday tajribalardan foydalanish lozim degan savollarga javob topish zarur bo’ladi. Download 62.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling