I bob. Yozuvning paydo bo‘lishi va tarixiy ahamiyati
O‘zbek yozuvining taraqqiyot bosqichlari
Download 154.5 Kb.
|
o\'zbek yozuvi tarixi 12
2.2 O‘zbek yozuvining taraqqiyot bosqichlari
Yozuv o‘zining taraqqiyotida turli bosqichni bosib o‘tgan. Dastlab buyumlardan mnemonika yoki «eslatuvchi» vositalar sifatida foydalanish zamonaviy Yozuvga olib keluvchi mashaqqatli uzoq yo‘ldagi birinchi qadam bo‘ldi. Ammo bu vositalar fikrni uzatmas, balki uni faqat eslatardi. Masalan, arqon, chilvir, ip, kanoplarni xilma-xil rangga bo‘yash, ularga turli tugunchalar qilish bilan ayrim voqeani, fikr-istaklarni o‘zlaridan uzoqda turuvchilarga nutqsiz etkazganlar. Biror narsani eslab qolish odati shundan qolgan. So‘ngra buyumlarga aniq ma`no berila boshlagan. Buyumga ma`no birkitib qo‘yishning bu usuli «buyumli Yozuv» deb atalgan. O‘tmishda, hozirgi zamon Yozuvlari bo‘lmagan davrlarda, odamlar ba`zi hodisalar va voqealarni uzoq masofaga etkazish niyatini yoki zamonda (vaqtda) abadiylashtirish maqsadlarini jonli va jonsiz narsalarning rasmini chizish orqali amalga oshirganlar. Bunday Yozuv piktografik Yozuv deb nom olgan. Turli voqea, narsa-predmetlarning rasmlarini chizib, o‘zlarining fikr va istaklarini bildirishgan. Ana shunday turli narsa-predmet va voqealarni bildiradigan rasmlar piktografik (pictus – chizilgan, grafo – yozaman) Yozuv deb ataladi. Piktografik Yozuvda har bir rasm bir tushunchani ifodalaydi. Masalan, besh qayiq, baliqchi qush, otliq kishi, toshbaqa, quyosh rasmi berilgan. Uning mazmuni quyidagicha: Qabila boshlig’i otda yo‘l boshlamoqda. Qayiqda 50 kishi va qabila boshlig’ining Baliqchi ismli safdoshi bor. Ko‘lda uch kun suzib, quruqlikka chiqqanlar. Piktografik Yozuv asta-sekin takomillashib, ideografik (idea – tushuncha, grafo - yozaman) Yozuv paydo bo‘ldi. Uni logografik (logos – so‘z) Yozuv deb ham yuritadilar. Bunda tildagi har bir so‘z o‘z simvoliga ega bo‘ladi. Masalan, qadimgi arablar «yuz ming» sonini itbaliqning shakli orqali izohlashgan. Logografik Yozuvning bir ko‘rinishi mixxatdir. Bu Yozuv qadimgi Mesopotamiyada qo‘llanilgan. Logogrammaning piktogrammadan farqi shundaki, piktogramma bevosita predmetni aks ettiradi, logogramma so‘zning ma`nosini izohlaydi. Demak, logogramma bevosita predmet shakli bo‘lmay, u so‘z ma`nosini aks ettiruvchi shartli belgidir. Logografik (so‘z yozaman) Yozuvning biroz mukammallashgan formasi ieroglifik Yozuvdir (muqaddas Yozuv). Bu Yozuv qadimgi Arabistonga, hozirgi Xitoyga xosdir. Xitoy tilining to‘liq lug’atlarida qirq mingga yaqin ierogliflar qayd qilingan. Hozirgi zamon matnlarida esa 2-5 ming atrofida ierogliflar qo‘llanadi. Xitoy Yozuvi dunyodagi noyob Yozuvlardan biri bo‘lib, hozirgi zamon kishisi foydalanadigan Yozuvlar orasida eng qadimiysidir (miloddan avvalgi XII asr). Qadimgi Misr ierogliflariga va SHumer mixxatiga tengdosh bo‘lgan bu Yozuv o‘ziga xos taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lganligi uchun ham shu paytga qadar saqlanib kelmoqda. Har bir ieroglif alohida bir so‘zni bildiradi. So‘zlar qanday ohangda talaffuz etilishiga qarab, mutlaqo boshqa-boshqa ma`noni bildiradi. So‘zlar past, balandlashib boruvchi, baland ohangga qarab uch xil ma`noni ifodalaydi. Yozuvning ommaviylashuvi uchun uni, albatta, osonlashtirish, soddalashtirish va qulaylashtirish kerak edi. Uning soddalashish jarayoni bir necha yo‘llar bilan amalga osha boshladi: -yangi tushunchalarni mavjud logogrammalar yoki ierogliflar kombinatsiyasi orqali ifodalash. Mas., xitoy Yozuvida: ko‘z yoshi tushunchasi- ko‘z va suv ramzi ifodasi. Unumsiz rivojlandi; -logogrammalarni o‘zak sifatida qoldirib, grammatik ma`nolar uchun yangi logogrammalar o‘ylab topish; -fonografik Yozuvga o‘tish. Yozuvni soddalashtirishning eng unumli va progressiv usuli fonografik Yozuvga o‘tish bo‘ldi. Fonogrfik Yozuv. Ayrim Yozuvlar,masalan, piktogramma, sillabogramma (bo‘g’in Yozuv) va ideogrammalar (shartli belgi, simvol) evolyutsiyasi natijasida harflar paydo bo‘ldi Yozuv taraqqiyotida harf-Yozuv davri boshlandi. Hozirgi vaqtda jahon aholisining taxminan to‘rtdan uch qismi mana shu Yozuvdan foydalanadi. Harf tovush Yozuvi hozirgi vaqtda, asosan, yirik to‘rt xil Yozuv sistemasidan iborat. Lotin Yozuvi asosidagi Yozuvdan jahon aholisining 30%, slaviyan-krillitsa Yozuvidan 10%, arab Yozuvidan 10%, hind Yozuvidan 20% aholi foydalanadi. Fonografik Yozuv ko‘p ko‘rinishlarga ega. Ular quyidagilardan iborat: 1. Sillabik yoki bo‘g’in Yozuvi. Bu Yozuv qo‘shma so‘zlarni mayda qismlarga bo‘lish usuli bilan paydo bo‘ldi. Mayda qismlar bo‘g’inlarga to‘g’ri keladi. U yoki bu so‘zni yozish lozim bo‘lsa, ana shu bo‘g’inlarni bir-biriga qo‘shish usuli bilan tuzishar edi. Bu Yozuvga qadimgi hind Yozuvi devanagari yaxshi misol bo‘la oladi. Bo‘g’inlarning soni turli tillarda turlicha bo‘lgan. Masalan, Kipr orolidagi qadimgi grek tilida 65ta bo‘g’in birligi, Gvineya orolidagi vaylar tilida 226ta bo‘g’in birligi bo‘lgan. 2. So‘z shakllarini fonetik birliklar – tovushlar orqali ifodalash. Dastlabki alifbeli Yozuv Nil daryosi vodiysiga bostirib kelgan giksoslar tarafidan yaratilgan. Giksoslar misrliklarning atoqli ismlarini yozishdagi tajribasidan foydalanganlar: ular Misr ieroglifik Yozuvlaridan yigirmatasini olib, shular orqali o‘z tilining unli va undosh tovushlarini ifodalaydigan alifbeni yaratganlar. Alifbe so‘zi giksoscha alif – ho‘kiz, be < bet – uy demakdir. Eramizdan bir yarim ming yil ilgari giksoslar alifbesini finikilar o‘zgartirib, o‘z tilining tovushlariga moslashtirib olganlar. Dunyodagi ko‘p tillarning fonetik Yozuvlari finikilarning Yozuvi asosida vujudga kelgan. Keyinchalik finikilarning bu alifbosi uch tarmoqqa bo‘linib rivojlandi: 1. Oromey – suriya tarmog’i, u SHarqqa qarab tarqalgan. 2. Janubiy Arabiston tarmog’i, u Janubga tomon tarqalgan. 3. YUnon-evropa tarmog’i, u G’arbga qarab tarqalgan. Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga nazar tashlar ekanmiz, ularning bevosita qadim oromey Yozuvi ta`sirida shakllanib, rivoj topganligining guvohi bo‘lamiz. Miloddan avvalgi V-IV yuz yilliklar va milodning boshlarida oromey xati takomillashib, uning negizida birin-ketin arab, parfeniy, boxtariy, avesto, turk-run, xorazmiy, sug’d, uyg’ur alifbelari shakllangan. Dunyo mamlakatlari ichida Misr qadimgi tarixga ega. Misr Yozuvi miloddan avvalgi IV ming yillikning ikkinchi yarmida yaratilgandir. Keyinchalik u batamom unutildi. Jahon madaniyati uchun eng muhim ahamiyatga molik bo‘lgan hodisa 1799 yil 2 avgustda sodir bo‘lgan. SHu kuni frantsuzlar inglizlarning dengiz tomondan bo‘layotgan hujumini daf etib, sohilni qo‘lda saqlab turganlar. Rozettadan etti kilometr naridagi qadimiy Rashid qal`asini himoya qilayotgan askarlar xandaq qazayotib Yozuvlar bitilgan qop-qora tosh topib oladilar (uni Rozetta toshi deb atashadi). Kattaligi stol taxtasicha keladigan bu toshdagi Yozuvlar uch (misr, suriya, yunon) tilda o‘n to‘rt satrlik Yozuv qolgan. Bu Yozuv ko‘p asrlar mobaynida jumboq bo‘lib keldi. Rozetta toshi topilgandan so‘ng ierogliflar jumbog’ini echishga bo‘lgan ishtiyoq yanada kuchayib ketdi. Ana shu toshlarni o‘rganishga A.Kirxer, S.de Sasi, D.Okerblad, T.YUng kabilar kirishganlar. Ierogliflarning ieratik va demotik turlari haqida dastlabki ma`lumot berganlar, lekin oxiriga etkazmaganlar. Ushbu jumboqni echishda (16 yoshida) frantsuz Grenobl’ akademiyasining akademigi bo‘lgan J.SHampol’onning hissasi kattadir. U o‘z hayotini Misr sirlarini ochishga bag’ishlagan. J.SHampal’onning Misr bo‘yicha to‘plagan materiallari 20 jilddan iborat. Qadimgi madaniyat o‘choqlaridan yana biri Mesopotamiya (ikki daryo – Dajla va Frot oralig’idagi er) sanaladi. Bu yurtda ossuriy-bobil Yozuvining xilma-xil mixxat lavhalari yaratilgan. e.de Sarzek, L.Vulli, K.Nibur, G.Grotefend, F.Myunter, D.Smit, O.Sulaymonovlar shumerlarning bu mixxat lavhalarini o‘rganib o‘z nazariy fikrlarini bayon etganlar. Semit akkadlari milodgacha uch ming yilliklarda Mesopotamiyaga kelib, ular madaniy xalq shumerlarga duch keladi. SHumerlar tomonidan kashf etilgan mixxatni keyinchalik akkadlar, xetlar, qadimgi forslar, elamiylar qabul qildilar. SHumer mixxatlari Ur, SHuruppak xarobalaridan topildi. 1840 yilda ingliz olimi Leyard Osuriya poytaxti Nineviya xarobalarini o‘rganish jarayonida 20 ming sopol kitobga ega bo‘lgan shumerlar kutubxonasini qo‘lga kiritdi. Ana shu sopol kitoblarda «Bilgamish» dostoni yozilgan. Akkadlar o‘zlariga notanish, shumer tilining birinchi lug’atini yaratganlar. Yozuv madaniyati tarixiga nazar tashlansa, Markaziy Osiyoda yashagan xalqlar orasida yagona alifbe bilan cheklanib qolgan ulusning o‘zi yo‘q. CHunonchi, sug’d tili o‘z tarixi mobaynida oromey, milliy sug’d, moniy, suryoniy Yozuvlaridan foydalanganlar. Qadimgi xorazmiy adabiy tili uchun xorazmiy, arab alifbelari amalda bo‘lgan. Bular ba`zi ishlarda «Avesto» tili va Yozuvi, xorazm tili va Yozuvi, baqtriya tili va Yozuvi, sug’d tili va Yozuvi, sak tili va Yozuvi degan nomlar bilan ataladi. Yozuv-muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o‘rtasidagi muloqotga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Yozuv tildan ancha keyin paydo bo‘lgan (tovush tili 400-500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan, yozuvning paydo bo‘lganiga esa IV-V ming yillar bo‘lgan). Yozuv og‘zaki tilga nisbatan ikkilamchi, qo‘shimcha aloqa vositasi bo‘lsa-da, unga qaraganda ko‘p afzalliklarga ega. Tilning vazifasi yozuvsiz amalga oshishi mumkin emas. Ayniqsa, tilning insoniyat qo‘lga kiritgan tajriba-bilimlarni saqlash va avlodlarga yetkazishdan iborat vazifasi bevosita yozuv orqali bajariladi. Kishilik jamiyati yaratgan bilim va tajribalar, kashfiyotlar, so‘z san’ati durdonalari va boshqa qimmatli axborotlarning barcha-barchasi avlodlardan avlodlarga yozuv orqali yetib boradi. Rasmli yozuv ya’ni piktografiya yozuv yaratish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lgan. Piktografik yozuvni ibtidoiy tasviriy san’at ichida yuzaga kelgan deyish mumkin. Toshlarga, suyaklarga, g‘or devorlariga o‘yib ishlangan xilma-xil hayvonlarning rasmlari, umumiy mazmunga birlashuvchi tasviriy lavhalar – bularning bari piktografik yozuvning asoslaridir. Rasmlar yordamida muayyan fikr-axborotni ifodalash, yuborish mumkin ekanligini odamlar juda qadimgi davrlarda anglab yetganlar. Shuning uchun ham rasmli yozuv (piktografiya) dunyodagi mavjud barcha yozuvlarning kelib chiqishi uchun asos bo‘lgan deyish mumkin. Rasmlarning soddalashuvi, ularning o‘zlari ifoda etgan buyumlarning nomiga, ramziga aylanishi va asta-sekin bu ramzlarning og‘zaki til bilan doimiy bog‘lanishi yozuvning takomillashib borishini belgilab beradi. Eng qadimgi yozuv tizimlari (Misr iyeroglifi, Shumer mixxatlari, Xitoy iyeroglifi) mil.av. IV ming yillikning oxiridan II ming yilliklarning boshlarigacha bo‘lgan davrda shakllangan. Yozuv tizimlari dastlab qadimgi Sharqda vujudga kelgan. Yozuvning keyingi taraqqiyot bosqichi bo‘g‘in yozuvi bo‘lib, u mil.av. II ming yilliklarning o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Tildagi so‘zlar soniga qaraganda bo‘g‘inlar soni ancha kam, shuning uchun ham bo‘g‘in yozuvi sezilarli darajada oz belgilar tizimi bilan ish ko‘radi. Harf-tovush yozuvining shakllanishi, yozuv taraqqiyoti tarixida inqilob bo‘lgan. Bu yo‘nalishdagi ilk yozuv finikiya yozuvidir. Finikiya alifbosining paydo bo‘lishi insoniyat uchun yozuvni takomillashtirish borasida olg‘a qo‘yilgan qadam bo‘lgan. Birinchi marta sof tovush yozuvi, sanoqli harflardan iborat mukammal alifboning yuzaga kelishi jamiyatdagi yozuvni biladigan kishilar doirasini kengaytirib yuborgan. Shuning uchun ham finikiy yozuvi juda tezlik bilan boshqa xalqlar orasida ham tarqalgan. Bu jarayon mil.av. IX asrdan boshlangan. Finikiyaliklar bilan iqtisodiy va madaniy aloqada bo‘lgan qo‘shni xalqlar mazkur yozuv bilan tanishib, tez orada uni o‘z tillariga moslashtirib olganlar. Hozirgi kunda bizga ma’lum bo‘lgan harf-tovush tizimidagi yozuvlarning 4/5 qismidan ko‘prog‘i finikiya yozuvidan kelib chiqqan. Shumerda (Mesopotamiya) mil.av. IV ming yillikda mixsimon iyeroglif yozuvi kashf qilingan. Shumer yozuvlari suratli yozuvlar bo‘lib, aytmoqchi bo‘lgan fikr sur’at shaklida aks ettirilgan. Lekin sur’atli so‘zlar bilan ko‘p narsani ifoda etib bo‘lmagan va u soddalashtirilib ponasimon mixxat yozuvi kashf etilgan. Mixxat belgili yozuvlar 600 dan ortiq bo‘lgan. Mixxat yozuvi Old Osiyoga keyinchalik Yevropa davlatlariga keng tarqalgan. Misrda bundan 6-7 ming yil avval 750 belgidan iborat rasmli iyeroglif kashf etilgan. Misr yozuvida narsa va hodisalar turli xil rasm va belgilar bilan ifoda etilgan bo‘lib zamonlar o‘tishi bilan bu belgilar alifbo belgilariga aylangan. Qadimgi podsholik (mil.av. 2800-2250-yillar) davrida 24 ta tovushni bildiradigan alifbo paydo bo‘lgan. Misrliklar yozuvi o‘ngdan chapga qarab yozilgan, shumerliklar yozuvi esa chapdan o‘ngga qarab yozilgan. Hind yozuvi mil.av. III-II ming yillikda 700 ga yaqin belgi rasmdan iborat yozuv bo‘lgan. Hind yozuvi taxminan 400 yoki 250-300 belgi rasmdan iborat bo‘lgan, Shumer va Xett yozuviga o‘xshatiladi. Mil.av. V asrdan boshlab hindlar braxmi, kxaroshtxi, aramey, gupta yozuvidan foydalanganlar. Xitoy iyeroglifi mil.av. II ming yillikda kashf etilgan, 2 mingga yaqin iyeroglif bo‘lgan. Xan davrida iyerogliflar soni 18 mingtaga yetgan. Hozirgacha qisman o‘zgarishsiz saqlangan. Dastlab xitoyliklar suyak, yog‘och, cho‘p, teri va bambuk daraxtidan tayyorlangan taxtachalarga yozishgan, V asrdan boshlab ipak shoyi parchasiga yozganlar. Krit-Mikenda mil.av. III-II ming yilliklarda A va B chiziqli yozuv mavjud bo‘lgan. 1953-yilda ingliz olimlari Ventris va Chadvik B chiziqli Krit yozuvlarini o‘qishga muvaffaq bo‘lgan. Etrusk, osk, lotin yozuvlari mil.av. VIII-VII asrlarda yaratilgan. Dunyo alifbolari asosan Finikiya alifbosidan kelib chiqqan. Finikiya alifbosi asosida oromiy yozuvi, Eron ahamoniylari yozuvi va Parfiya yozuvi kelib chiqqan. Oromiy yozuvi asosida mil.av. III-II asrlarda sug‘d yozuvi shakllandi, bu yozuv qoldiqlari Panjikent yaqinidagi Qal’ai Mug‘dan, Sharqiy Turkistonning Turfon shahri yaqinidan, Afrosiyob yodgorligidan topilgan. Oromiy yozuvi asosida yana Xorazm yozuvi kelib chiqqan. Bu yozuvning mil.av. V-IV asrlarga oidlari Oybo’yirqal’adan topilgan. Mil.av. IV-III asrlarga oidlari Qo‘yqirilganqal’adan topilgan. So‘g‘d yozuvi va Xorazm yozuvlari asosida 25 harfdan iborat Toxariston yozuvi shakllangan, bu yozuv ko‘ndalangiga chapdan o‘ngga qarab yozilgan. Sug‘d yozuvi asosida turk yozuvi shakllangan, bu yozuv fanda ko‘k turk yoki runik bitiklari deyiladi. Oromiy yozuvi asosida Kushon-Baqtriya yozuvi (bu yozuv burchakli, to‘trburchakli va aylana shaklda bo‘lgan) shakllangan, bu yozuv qoldiqlari qadimgi Termiz shahridan topilgan. Xulosa O`zbek tili tarixi mustaqil fan sohasi sifatida o`zbek tilining mohiyati, uning tashkil topishi va rivojlanish bosqichlari to`g`risidagi fandir. Fanning asosiy maqsadi va vazifasi o`zbek tilining tarixiy taraqqiyot yo`lini tahlil va tadqiq etishdan iborat. Qadimgi turkiy til mustaqil fan sohasi sifatida o`zbek tilining mohiyati, uning tashkil topishi va rivojlanish bosqichlari to`g`risidagi fandir. Fanning asosiy maqsadi va vazifasi o`zbek tilining tarixiy taraqqiyot yo`lini tahlil va tadqiq etishdan iborat. O`zbek tili tarixi fani to`rt bo`limni o`z ichiga oladi: Qadimgi turkiy til, eski o`zbek tili va yozuvi, o`zbek tilining tarixiy grammatikasi, o`zbek adabiy tili tarixi. Qadimgi turkiy til kursida 6-10 asrlarda yaratilgan va bizgacha yetib kelgan turli yozma manbalarning lisoniy xususiyatlari, ularning o`rganilish tarixi, grafikasi kabi masalalar o`rganiladi. Qadimgi turkiy yozuv manbalari asosan Turk xoqonligi, Uyg`ur xoqonligi va qirg`iz xoqonligi davrlariga oiddir. Ularning orasida Turk xoqonligi davri manbalari eng salmoqli va hajm jihatidan yiriklari sanaladi. Qadimgi Xitoy manbalarida Turk xoqonligi Tukyu nomi qayd etilgan. Ma`lumki, V —VI asrlarga kelib, O`rta Osiyoda quldorlik tuzumi yemirilib, uning o`rnini feodalizm munosabatlariga asoslangan jamiyat egalladi. Qadimgi Xunnu, Kushan (I —IV asrlar), eftalit —VI asrlar) davlatlari o`rnida 552 yilda yangi qudratli feodal davlat —Turk imperiyasi (yoki Turk xoqonligi) vujudga keldi. Uning hududida Oltoy, Ettisuv, Sharqiy Turkiston, Mo`g`iliston, Markaziy va O`rta Osiyo kabi juda katta o`lkalar birlashgan edi, Chegaralar Koreya va Qora dengiz, Ural—Selenga va O’rxun daryolari edi. Ajdodlarimiz yaratgan fonologik yozuvga asoslangan alifbolar taraqqiyoti uzoq tarixga ega. So‘nggi yillarda turkiy yozuv va uning tarixiga doir yangi ma’lumotlar va yangicha qarashlar yuzaga kelishi turkiy-run yozuvi haqidagi an’analarga o‘zgarishlar kiritmoqda. Bunga XX asrning 60-70 yillarida turli tadqiqotlar asosida, xususan, arxeologik izlanishlar tufayli yuzaga kelgan yangi ma’lumotlar sabab bo‘lmoqda. Xususan bunday tarixiy ashyo Olmaotadan 50 kilometr sharqda, Issiq daryosi sohilida, 1970 yilda olib borilgan arxeologik izlanishlar natijasida topilgan. Bitik tepalikdagi qabrdan chiqqan kumush ko‘zachada yozilgan. Olimlar ushbu bitikni qadimgi turkiy-run yozuviga o‘xshatib, Markaziy Osiyo turkiy-run yozuvi deb qarashgan. Bu yozuvni miloddan avvalgi V-IV asrlarga xos deb, «Issiq yozuvi» yoki «Issiq qo‘rg‘oni yozuvi» nomi bilan atashgan va ilm-fanda shu nomlar bilan mashhur bo‘ldi. O‘zbek yozuvshunos olimlari Nasimxon Rahmonov, Boqijon Matboboyevlarning «O‘zbekistonning ko‘hna turkiy-run yozuvlari» nomli ilmiy-ommabop risolasida O‘zbekistondan 20 dan ortiq turkiy-run yozuvidagi matn parchalarining topilishi bilan ularning jahon ilm-faniga ma’lum bo‘lishi, mashhur sharqshunos, yozuvshunos olimlarning diqqatini jalb etishi va ilmiy jihatdan talqin qilinishi haqida muhim ma’lumotlar keltirilgan. Bunday bitiklarning O‘rxun-Yenisey yozuviga o‘xshashligi, til xususiyatlarining ilmiy jihatdan asoslab o‘rganilishi natijalariga qarab, turkiy-run yozuvlarining qadimiy vatani bugungi O‘zbekiston ekanligi ta’kidlangan. Download 154.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling