I bob. Yozuvning paydo bo‘lishi va tarixiy ahamiyati
Download 154.5 Kb.
|
o\'zbek yozuvi tarixi 12
1.2 Turkiy yozuvlar
Turkiy xalqlarning ota-bobolari 22 harfli oromey Yozuvidan foydalanib, o‘zlarining 26 harfli turk-run (sak tili va Yozuvi)ni kashf etganlar. Biz turk-run Yozuvining oromey Yozuvi asosida shakllanganligini inkor etmagan holda, sak tili va Yozuvi asosida Urxun-Enasoy Yozuvi shakllangan, degan fikrdan yiroqmiz. CHunki 1970 yilgacha turkiy Yozuv eramizning VI-VII asrlarida paydo bo‘lgan, degan fikr etakchi edi. Unga nisbatan Urxun-Enasoy atamasini ishlatganlar. Qadimgi turkiy Yozuv uchun Urxun-Enasoy Yozuvi atamasi qo‘llanilgan bo‘lib, undan voz kechish vaqti etdi. Turkiy Yozuv Urxun-Enasoy tomondan G’arbga emas (chunki bunda 38 harfiy belgi bor), Markaziy Osiyodan (bunda 26 harfiy belgi bor) SHarq tomon tarqalgandir. Urxun-Enasoy atamasi Yozuv yodgorliklarining mahalliy guruhinigina anglatadi. 1970 yili Olmoti yaqinidagi Issiq qo‘rg’onini tekshirganda undan miloddan oldingi ko‘plab buyumlar qatori kumush kosa topildi. Uning sirtida qadimgi sak (turkiy) Yozuvi bor edi. Issiq Yozuvi nomi bilan mashhur bo‘lgan bu Yozuv (26 harfli)ni A.S.Omonjo‘lov o‘qib talqin etgan. Olim bu qadimgi turkiy Yozuvning ildizlarini ikki yarim ming yillik o‘tmishdan izlamoq kerakligini ta`kidlaydi. Xuddi Issiq Yozuviga o‘xshash Yozuv Farg’ona vodiysining Isfara, Quva, Qal`ai bolo, Lo‘mbitepa, Surxondaryoning Xolchayon, Dalvarzintepa, Fayoztepa, Afg’onistonning Dashti Novur kabi joylaridan ham topildi. Bu Yozuvlarni A.N.Bernshtam, YU.A.Zadneprovskiy, S.G.Klyashtorniy lar o‘qigan va ma`lumot bergan. Yozuv shakllargunga qadar epik asarlar (epos-grekcha so`z bo`lib, doston, rivoyat, afsona asarlari ma`nosini anglatadi) tarixni o`rganish uchun yagona manba edi. Ta`bir joiz bo`lsa, «Alpomish» dostonini ham xuddi shunday epik asarlar sirasiga mengzash mumkin. Buning rad etib bo`lmas bir dalili shuki «Alpomish» ko`plab variantlardan iboratdir. Bu asarning bir qator variantlari alpomishshunosligimiz zahmatkashlari Hodi Zarif, Mansur Afzalov, To`ra Mirzaev va yana bir qator olimlar tarafidan yozib olingan, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Lekin zamonaning zayliga ko`ra, ular izchillik topmadi. Shukrki, O`zbekiston mustaqilligi «Alpomish»ning yo`lini ravon qildi. Qolaversa, doston yaratilganligining 1000 yilligini keng nishonlash to`g`risida hukumat qarori bu boradagi katta ishlarning debochasi bo`ldi. Ayni paytda shuni ham aytmoq kerakki, «Alpomish» dostonining ko`p variantlari mavjud bo`lib, har bir variant o`ziga xos sifatlarga, afzalliklarga ega. «Go`ro`g`li» turkumiga kiruvchi dostonlar kabi «Alpomish» dostoni ham o`ziga xos barkamol turkumni tashkil etadi1. Yozuvlar ixtiro qilinganidan so`ng esa mixxatlar, perogliflar, tosh bitiklar va yilnomalar – eng qadimiy yozma tarix manbalari hisoblanadi. O`sha davrlardagi voqealarning guvohlari yoki zamondoshlari yozib qoldirgan manbalar keyinchalik xattotlar, shoirlar, oqinlar, baxshilar tomonidan qayta-qayta ko`chirilgan yoki og`izdan-og`izga ko`chib, bizgacha etib, o`tib kelgan manbalar-manbalar hisoblanadi. Yozuvi bo`lgan barcha xalqlarda bitiklar va yilnomalar uchraydi. Yaqinda manbashunos olim I.V.P’yankov «O`rta osiyoda eng qadimgi davlatlarni paydo bo`lishi» degan maqola e`lon qilib, unda Baqtriya ilk davlatlar («tsarstvo drevnego kavi») miloddan avvalgi X-IX asrlarda paydo bo`lib miloddan avvalgi VII asrda (Kavi Vishtaspi va Zaratushtra davri) markazlashgan Baqtriya davlatiga asos solinganligi aytiladi2. Faqat ikkita belgi shahar, yozuv va ularga aloqador bo`lgan belgilar tsivilizatsiyaning paydo bo`lishi bilan bog`liq bo`lib qadimgi Sharqda milodda avvalgi IV mingginchi yillarning birinchi yarmiga to`g`ri keladi. Jarqo`tonda haqiqiy yozuv paydo bo`lmagan bo`lsa ham, Sh.Shaydullaev eslatib o`tgan3 52 ta belgi O`zbekistonda dastlabki piktografik yozuvni paydo bo`lishidagi bir ko`rinish deb qaralsa bo`ladi. Bunday o`xshash jarayon O`zbekistonning shimoliy hududlarida ham kuzatiladi. Jumladan, Farg`ona vodiysida miloddan avvalgi II mingginchi yillarning o`rtalaridan boshlab dehqonchilik qilingan. Boshlang`ich davlatchalar yoki davlat tipidagi siyosiy uuyshmalar vujudga kelgan bo`lsa kerak4. Bu kichik-kichik davlatchalar asosida miloddan avvalgi X-VIII asrlarda So`g`d hududida ham ilk davlat uuyshmasi paydo bo`lgan, degan fikrni M.X.Isomiddinov o`rtaga tashlaydi5. Uning poytaxt shahri Ko`ktepa yoki Afrosiyob o`rnida bo`lganligiga shubha yo`q. Hozirgi kunlarda Afrosiyob o`rnidagi qadimgi shahar qachon paydo bo`lgan? – degan savol hammani qiziqtirmoqda. 1970 yillarning oxirlarida olib borilgan tadqiqotlar natijasida Afrosiyobning janubi-g`arbiy qismida shaharning muhofaza devori tagida va keyingi yillarda qo`lga kiritilgan ba`zi bir arxeologik materiallar Samarqand – hozirgi Afrosiyob yodgorligi o`rnida mil.avv. IX-VIII asrlardayoq ilk shaharmonand qarorgoh ko`rinishida paydo bo`lgan bo`lsa kerak-da degan fikrni aytishga imkon bermoqda. Lekin, bu fikrni asoslash uchun 10-13 metr qalinlikdagi antik va o`rta asr madaniy qatlamlari tagidagi joylashgan eng qadimgi madaniy qatlamlarni bir necha joyda arxeologik-paleogeografiy nuqtai nazardano`rganish zarur6. Bunga o`xshash tarixiy jarayon Orolbo`yi o`lkalarida, ya`ni Sirdaryo va Amudaryoning quyi havzalarida (Tegisken, Qo`zaliqir) ham uyz bergan. Barcha joylarda ilk davlatchilik yozuvning paydo bo`lishi va uning tarixiy bilimlarni to`planishi bilan bir qatorda rivojlanib borgan.
Download 154.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling