I bob. Yyevropa ittifoqi mamlakatlari umumgeografik tavsif


Yevropa Iqtisodiy Hamkorligi


Download 298.34 Kb.
bet3/3
Sana02.03.2023
Hajmi298.34 Kb.
#1243179
1   2   3
Bog'liq
YEVROPA ITTIFOQI MAMLAKATLARINING IQTISODIY INTEGRATSIYA ALOQALARI

Yevropa Iqtisodiy Hamkorligi yoki “Umumiy bozor” siyosiy-iqtisodiy tashkilot.1957 yil 27 martda Rimda tuzilgan.EIHga dastlab 6 mamlakat a’zo bo’lgan.Hozirda ularning soni 27ta.1972 yil Buyuk Britaniya, Irlandiya. 1982-86 yil, 1990 yil 11ta, 1994-96 yil 15ta, 2004 yil 25ta, 2006 yil Ruminiya,Bolgariya, 27ta.
O’IYOK (SEV)-siyosiy-iqtisodiy tashkilot.1949 yil sobiq sosialistik davlatlar tomonidan tuzilgan.10ta davlat a’zo.1990 yil siyosiy va iqtisodiy sabablarga ko’ra tarqatib yuborildi.
Aholisi.Keyingi vaqtlarda Xorijiy Yevropa aholisi juda sekin o’smoqda.Bunga asosiy sabab regiondagi demografik vaziyat murakkabdir.Aholining yosh tarkibida keksalar salmog’i ortiq bormoqda.Aholi soni chet ellardan ko’chib keluvchilar hisobiga stabillashib turibdi.
Xorijiy Yevropa dunyoning aholi eng zich joylashgan regionlaridan biri.Aholi zichligi 1km2ga 104 kishiga to’g’ri keladi (Yevropada 64 kishi).Urbanizasiya darajasi eng katta hududdir.Shaharlarda o’rta hisobda jami aholining 75%dan ortig’i, ayrim mamlakatlarda 90%dan ortig’i yashaydi.
Shahar aglomerasiyalari ham eng yuqori bo’lgan hudud jahonda Xorijiy Yevropadir.Eng yirik aglomerasiyalar-London, Parij, Reyn-Rur kabilardir.
Xorijiy Yevropa mamlakatlarida boshqa regionlarga nisbatan migrasiya kuchli kuzatiladi.XX asrning 2-yarmidan boshlab ayniqsa Irlandiya((4mln kishi yashaydi) chet ellarda Irlandiyadan ko’p, irlandlar yashaydi), Buyuk Britaniya, Portugaliya, Ispaniya, Italiya va Gresiyada emmigrasiya juda ortib ketdi.Emmigrantlar asosan AQSH, Kanada, Germaniya, Fransiyadan, Avstraliya va Lotin Amerikasi mamlakatlariga ketmoqda. Xorijiy Yevropadagi asosiy emmigrasiya o’chog’i Portugaliya, immigrasiya o’chog’i esa Germaniyadir.
Xorijiy Yevropaning xo’jaligi.
Xorijiy Yevropa sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlarini miqdori (32,5%) va hajmi, oltin va valyuta zaxiralari, xizmat ko’rsatish va xalqaro turizmning rivojlanishi jihatidan jahon xo’jaligida 1-o’rinda turadi.
Xorijiy Yevropaning iqtisodiy qudratini “ettilik”ka kiruvchi 4mamlakat ularning ichida esa Germaniya belgilaydi.Boshqa mamlakatlardan Ispaniya, Gollandiya, Shveysariya, Belgiya va Svesiya ham katta iqtisodiy mavqega ega, lekin ularning iqtisodiyoti “ettilik”ka kiruvchilardan dunyoda tan olingan ayrim tarmoqlarga ixtisoslashganligi bilan ajralib turadi. Xorijiy Yevropa iqtisodiyotida Sarqiy Yevropa davlatlari alohida ajralib turadi.Ularda iqtisodiyotni sobiq sosialistik tizimdagi markazdan planlashtirishdan, bozor iqtisodiyoti tamoillariga asoslangan tizimga o’tilmoqda.
Xorijiy Yevropa sanoatidagi yetakchi tarmoqlar Quyidagilar:
1.Mashinasozlik. Xorijiy Yevropa-mashinasozlik vatanidir.Region jami sanoat mahsulotining 1/3qismi va eksportining 2/3qismi mashinasozlikka to’g’ri keladi.Avtomobil sanoati ayniqsa yaxshi rivojlangan.”Reno” (Fransiya), Folksvagen, Mersedes (GFR), “Fiat” (Italiya), “Volvo” (Svesiya), Tatra (Cexiya), “Ikarus” (Vengriya) avtomobillar dunyoga mashhur.Mashinasozlikni mazkur regionda yuksak darajaga etishi uchun bu erda malakali mehnat resurslari, kuchli ilmiy-texnik baza, infrastruktura mavjud.Mashinasozlik kuchli rivojlangan rayonlar (London, Glazgo, Birmingem, Budapesht, Reyn-Rur) bilan bir qatorda mashinasozlik tarqoq joylashgan hududlar ham (Ispaniya, Islandiya, Albaniya) mavjud.
2.Mashinasozlikdan so’ng ximiya sanoati turadi.Bu sohada Xorijiy Yevropadagina emas balki butun dunyoda GFR ajralib turadi.Ximiya sanoati dastlab (2-jahon urushiga qadar) ko’mir, kaliy va osh tuzlariga asoslanibbunday qazilmalar joylashgan rayonlarda tashkil topgan bo’lsa, SN xom-ashyosiga asoslana boshlanishi bilan u endi neft va gaz konlari yaqinlarida va neft-gaz quvurlari (trassa) bo’ylarida tarkib topa boshladi.Neft-gazga asoslangan ximiya sanoati tarmoqlari Xorijiy Yevropaning g’arbiy qismida asosan dengiz va daryo bo’ylarida (port shaharlarda), sharqiy qismida esa xalqaro neft va gaz quvurlari trassalari o’tgan joylarda to’plangan.Bunday holatlarga asosiy sabab Xorijiy Yevropa davlatlarining chet el neft va gaziga qaramligidir.Masalan: Chexiya, Slovakiya, Polsha, Vengriyaning asosiy neftь-kimyo korxonalari “Do’stlik”
quvuri atroflarida, Bolgariya neft-kimyo sanoati korxonalari esa Qora dengiz bo’ylarida joylashgan.
Xorijiy Yevropa yoqilg’i-energetika majmuasida, ayniqsa qo’ng’ir ko’mir (Polsha, Chexiya, Germaniyada) etakchi o’rin tutadi.Elektr energiyaning asosiy qismini IESlar beradi.Elektr energiyasini tejash maqsadida GAESlar (akkumulyasiya) qurilmoqda.Dunyodagi 1-geoGES Italiyada XX-asr boshlarida qurilgan.
Xorijiy Yevropaning metallurgiya sanoati asosan metallurgiya yoqilg’isi va xom-ashyosi bor mamlakatlarda rivojlangan.Qora metallurgiya sanoati Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Lyuksemburg, Polьsha, Chexiyada.
Alyuminiy eritish Fransiya, Vengriya, Ruminiyada; elektr energiyasiga boy davlatlar Norvegiya, Shveysariyada; mis sanoati Germaniya, Fransiya, Polsha, Yugoslaviyada eng rivojlangan.Shvesiya va Finlyandiya Xorijiy Yevropaning asosiy “o’rmon sexi”ga aylangan.
To’qimachilik sanoati qadimdan Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Belgiya (ayniqsa gilam), Polsha kabi davlatlarda rivojlangan.Hozirda esa Portugaliya alohida ajralib turadi.Poyafzal ishlab chiqarish bo’yicha esa Italiya ajralib turadi.”Kibo”.
Xorijiy Yevropa qishloq xo’jaligida mahsulotlarni asosiy turlarini yetishtirishda o’z ehtiyojlarini qondiribgina qolmay chet ellarga sotish harakterlidir.
Tabiiy va tarixiy sharoitlari ta’sirida regionning qishloq xo’jaligi 3tipga bo’lingan:
1.Shimoliy Yevropa tipi uchun intensiv sut chorvachiligi va em-hashak ekinlari etishtirish harakterli.(Buyuk Britaniya,Finlyandiya,Skandinaviya davlatlari).
2.O’rta Yevropa tipi uchun sut va sut-go’sht chorvachiligi, cho’chqachilik, parrandachilik ustun turadi.Daniya-butun Yevropaning “sut firmasi” hisoblanadi.
3.Janubiy Yevropa tipi uchun chorvachilikka nisbatan ziroatchilik ustun turadi.Xalqaro ixtisoslashgan tarmog’i meva-cheva, sitrus ekinlari, uzum (Fransiya, Italiya, Vengriya), zaytun (Italiya), yong’oq (Grechskiy), tamaki, efir moylar etishtirish bilan belgilanadi.
O’rta dengiz sohillari-butun “Yevropaning bosh bog’i”dir.Baliq tutish-Norvegiya, Daniya va Islandiya uchun qadimdan xalqaro ixtisoslashgan tarmoq hisoblanadi.
Transporti. Xorijiy Yevropa yuk tashuvchi yo’llarning uzunligi jihatidan u AQSH va Rossiyadan orqada, lekin transport shahobchalari bilan ta’minlanganlik darajasiga ko’ra dunyoda 1-o’rinda.Transport turlari ichida avtomobil transporti etakchi o’rin tutadi.Temir yo’l shahobchalarini qurish deyarli to’xtagan, hatto temir yo’llar qisqarmoqda.Transport yo’llari asosan kenglik (parallel) va meridional yo’nalishda joylashgan.
Daryolar ichida Reyn muhim o’rin tutadi, undan tashqari Reyn-Mayn-Dunay suv yo’li muhimdir.Turli transport yo’llarining (avto,temir,havo,suv,quvur) o’zaro kesishgan joylarida yirik transport tugunlari vujudga keladi.Bunday tugunlar ayniqsa Xorijiy Yevropa uchun xosdir.
Xorijiy Yevropa-xalqaro turizmning bosh rayonidir.Masalan: turizm bo’yicha rekorsmen mamlakat Ispaniyaga har yili 50mln turist kelib ketadi.Eng mashhur turistik davlatlar qatoriga Fransiya, Italiya, Shveysariya (Jeneva bo’yi), Avstriya, Buyuk Britaniya, Gresiya.
Turistik rekreasion rayonlarning 2tipi-dengiz bo’yi va tog’ tipi keng tarqalgan.
Dengiz bo’yi tipi uchun Liguriya dengizi bo’yi mashhur bo’lsa, tog’ tipi uchun Alp tog’ining quyi, o’rta va yuqori mintaqasi mashhurdir.
Parij, Rim, Madrid-turistlarni o’ziga eng ko’p jalb qiluvchi shaharlardir.

1.2. Aholisi va mehnat resurslari

II BOB. YYEVROPA ITTIFOQI MAMLAKATLARI XO`JALIK TARMOQLARINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
2.1. Sanoati

2.2. Qishloq xo`jaligi

2.3. Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari

2.4. Iqtisodiy rayonlari

XULOSA
Download 298.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling