I bob. Zamonaviy axborot komplekslari va texnologiyalari


To'lov balansi quyidagi asosiy bo'limlardan iborat


Download 33 Kb.
bet2/2
Sana15.06.2023
Hajmi33 Kb.
#1487442
1   2
Bog'liq
banking joriy nazorat

To'lov balansi quyidagi asosiy bo'limlardan iborat:
savdo balansi, tovarlarni olib kirish va olib chiqish o'rtasidagi
nisbat;
— xizmatlar va notijorat to'lovlar balansi («ko‘zga ko'rinmas»
operatsiyalar balansi);
— o‘z ichiga tovarlar, xizmatlar va bir tomonlama o'tkazmalarni
oigan joriy operatsiyalar balansi;
— kapitallar va kreditlar harakati balansi;
— rasmiy valuta zaxiralari bilan operatsiyalar.
Savdo balansi. Tashqi savdo tarixan milliy xo‘jaliklarni jahon
xo‘jaligiga bog‘lovchi tashqi iqtisodiy munosabatlarning birlainchi shakli
sifatida maydonga chiqadi. Tashqi savdo tufayli xalqaro mehnat taqsimoti shakllanadi. Xalqaro mehnat taqsimotining o ‘zi esa tashqi savdo
va boshqa xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi bilan chuqurlashib hamda takomillashib boradi.
Tashqi savdo ko'rsatkichlari an’anaviy ravishda to'lov balansida
muhim o'rinni egallaydi. Tovarlar eksporti va importining o ‘zaro
nisbati savdo balansini tashkil etadi. Tashqi savdoning katta hajmi
kredit hisobiga amalga oshirilganligi sababli haqiqatda shu davrda
amalga oshirilgan savdo, to ‘lovlar va tushumlar ko'rsatkichlari o‘rtasida
tafovutlar mavjud.
Ushbu tafovutlar tufayli turli so'ndirilish muddatlariga ega, taalluqli
talab va majburiyatlarni vujudga keltiruvchi umumiy savdo balansidan
farqli o'iaroq, o ‘z davrida amalga oshirilgan pul to'lovlari hamda
haqiqatda olingan tushum larning nisbati sifatida to'lov balansi
tushunchasi paydo bo'ldi.
Biroq tashqi iqtisodiy operatsiyalar bo'yicha m a’lumot yig'uvchi
organlar hech qachon haqiqatda amalga oshirilgan to'lovlar va olingan
tushumlarni umumiy savdo ko'rsatkichlaridan ajratish imkoniyatiga
ega bo'lmagan. Ular savdo balansiga kiritiladigan tashqi iqtisodiy
bitimlar bo'yicha bojxona m a’lumotlaridan foydalanadilar. Aynan shu
ma’lumotlar davlat iqtisodiy siyosati nuqtayi nazaridan asosiy qiziqish
obyekti bo'lib hisoblanadi. Ular va real to'lovlar orasidagi farqlar
to'lov balansining kredit operatsiyalarida aks etgan bo’ladi.


2-misol
Мижоз банкка 15 апрелда 25000 минг сўм миқдорида омонат қо'йди. 19-июн куни мижоз ҳисобдан 8000минг сўмнини эчиб олди. Агар 1 январ ҳолатига мижознинг омонатидаги умумий даромад 1000 минг сўмни ташкил этган бо'лса, банкнинг депозит ставкасини аниқланг


Ishlanishi:
15-apreldan 19-iyungacha kunlar 65 kun.
19-iyundan 1-yanvargacha kunlar 195 kun.
Masalani ishlash uchun quyidagi tenglamani tuzamiz. Bunda:
x- deposit stavkasi.
19-iyundagi mijoz hisobi: 25000-8000=17000 ming so’m.

65/365*25000*x+195/365*17000*x=1000


13/73*25000*x+39/73*17000*x=1000


325000/73*x+663000/73*x=1000

325000x+663000x=73000


X=73/988



X=0,07389


Javob: depozit stavkasi 7,39% foiz bo’lgan.
Download 33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling