I bobIssiqlik o’tkazuvchanlik va issiqlik almashinuvi haqida umumiy tushuncha
Turli temperaturali suvlar aralashtirilganda issiqlik almashinuvini kuzatish
Download 45.45 Kb.
|
dvigatel
2.2. Turli temperaturali suvlar aralashtirilganda issiqlik almashinuvini kuzatish
Mavzu: Turli temperaturali suvlar aralashtirilganda issiqlik almashinuvini kuzatish. Maqsad: issiq va sovuq suvlarning issiqlik miqdorini aniqlash va aralashmaning issiqlik miqdorlarini taqqoslash. Kerakli jihozlar: 0,5 l sig‘imli ikkita plastik idish, termometr, menzurka, isitkich, suv. 1.Isitkichga suv quying va uni isitib oling. 2.Menzurkaga issiq suv quying. Uning massasini (𝑚1) menzurka darajasiga ko‘ra aniqlang. Natijani jadvalga yozing. 3.Menzurkadagi issiq suvni birinchi plastik idishga quying va uning temperaturasi (𝑡1)ni termometr yordamida o‘lchang. Natijani jadvalga yozing. 4.Menzurkaga sovuq suv quying. Uning massasini (𝑚2) menzurka darajasiga ko‘ra aniqlang. Natijani jadvalga yozing. 5.Menzurkadagi sovuq suvni ikkinchi plastik idishga quying va uning temperaturasi (𝑡2)ni termometr yordamida o‘lchang. Natijani jadvalga yozing. 6.Ikkinchi idishdagi sovuq suvni birinchi idishdagi issiq suvning ustiga quying va 1 minut davomida kuting. Aralashmaning temperaturasi t ni o‘lchang. Natijani jadvalga yozing. 7.Aralashmada issiq suv bergan issiqlik miqdorini 𝑄1=c𝑚1 (𝑡1–t) formula yordamida hisoblang. Bunda c – suvning solishtirma issiqlik sig‘imi. Hisoblangan issiqlik miqdorining son qiymatini jadvalga yozing. 8.Aralashmada sovuq suv olgan issiqlik miqdorini 𝑄2=c𝑚2 (t–𝑡2) formula yordamida hisoblang. Hisoblangan issiqlik miqdorining son qiymatini jadvalga yozing. 9.O‘lchash va hisoblash natijalari asosida 𝑄1 va 𝑄2 issiqlik miqdorlarining son qiymatlarini taqqoslang. Tajribalar asosida o‘z xulosangizni yozing.
XULOSA Mening fikrimcha, pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi bu o’qituvchi va talaba-talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bog’liq deb hisoblaymiz. Ya’ni o’qitish jarayonida maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o’qituvchi va talaba o’rgasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida o’qituvchi-talabalar mustaqil fikrlay olsalar, ijoliy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o’zlari hulosa qila olsalar, o’zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho beriilsa o’qituvchi esa ularning bunday faolliklari uchun imkoniyat va sharoit yarata oladi. Mаktаbning hаl etishi lоzim bo’lgаn muhim mаsаlаlаridаn biri bu o’qitish usullаridir. Fizika darslarida quyidgi o’qitish usullaridan foydalanganimiz maqsadga muvofiq ekan: hikоya, tushuntirish, mа’ruzа, o’quvchilаr bilаn turli suhbаtlаr, o’qituvchi tаjribаlаrini nаmоyish qilish, plаkаtlаr, rаsmlаr, diаpоzitivlаr vа hоkаzоlаr bilаn ko’rsаtish, tеlеeshittirish, mаgnitоfоndа tоvush yozish vа vidеоyozuv, o’quv kinоfilmlаri, o’quvchilаrning dаrslik, lug’аt vа ilmiy-оmmаbоp аdаbiyotlаr bilаn ishlаshi, lаbоrаtоriya tаjribаlаrini bаjаrish, jоnli tаbiаtdа vа аtrоf hаyotdа kuzаtish o’tkаzish, mаsаlаlаr еchish, tаrqаtmа mаtеriаllаr bilаn ishlаsh, o’quvchilаrdаn individuаl vа frоntаl so’rаsh, yozmа mustаqil vа sinоv ishlаri, bilimlаrni tеkshirish vа bоshqаlаr Download 45.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling