I. Bog'langan qo'shma gaplar. Ergashgan qo'shma gaplar


Download 42.26 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi42.26 Kb.
#1526135
Bog'liq
BOG\'LOVCHISIZ QO\'SHMA GAPLAR RO\'YXATI


QO'SHMA GAPLAR TASNIFI
Bilib oling. Qismlarining qanday bog'lovchi vositalar yordamida bog'lanishiga ko'ra qo'shma gaplar uch quruhga bo'linadi: I.Bog'langan qo'shma gaplar. 2. Ergashgan qo'shma gaplar. 3. Boglovchlsiz qo'shma gaplar.


BOG'LOVCHISIZ QO'SHMA GAP HAQIDA MA’LUMOT


Angladim men, sendagi fikr, Senda bo’lgan qarashlar yangi. (U.)
Avval ular bizga yetib olishsin, keyin birga jo'naymiz. (X. To 'xtaboyev)
Ayrilganni ayiq yer, Bo'linganni bo'ri yer. (Maqol)
Bahor keladi, daraxtlar barg yozadi, gullar ochiladi, gal atrofida bulbullar sayraydi. (I. R.)
Bilim bilan kishining martabasi oshadi, ilmsizlik kishini tubanlashtiradi.
Bir vaqt dasturxon yozitdi, turii taomlar kirdi. (Ertakdan.)
Bizning qarorimiz shu: hasharda barchamiz faolishtirok etamiz.
Borliq jim: har bitta darchada zangor sho'lalar porlaydi. (EVohidov)
Bulbul sayrar, chumchuq chirqirar, Xabar berar asl zotdan. (Hamid Olimjon)
Davlat tinch — sen tinch. (Maqol)
El senga etsa nadomat, dunyoda turolmassan salomat.
Elning bir so'zibor: o’zingga ehtiyot bo'l, qo'shningni o'g'ri tutma. (O.)
Eshakni yaydoq minib bo'lmaydi — yiqiladi kishi. (Abdulla Qahhor)
Faxr bilan silkib qo'l, Derlar: tilaymiz oq yo’l. (Q. Hikmat)
G'animlar duch kelar — jang bo'lar puxta. (A.Oripov)
Hamal keldi— amal keldi.
Har kimga ozor bera ko'rma, dunyo barchaga barobardir.
Ilmsiz iliksiz so'ngak kabi bo'shdir, iliksiz so'ngakka qo'l urilmaydi.
Istiqlol keldi – o’zligimizni angladik, qadriyatlarimiz tiklandi
Istiqtol davri bolalari g'ayratli, shijoatli; ko'zida chaqini, ko'ksida yolqini bor.
Jismimiz yo'qolur— o'chmas nomimiz. (U. O.)
Kampirning jig'i-biyroni chiqdi; ombordan olib chiqqan bir savat paxtasi bilan chig'irig ini ko'tarib, vaysaganicha, uyiga kirib ketdi. (Abdulla Qahhor)
Ko’zim tirik ekan, men bilan muomala qilasiz. (O.)
Kuz keldi, yig'im-terim ishlari boshlandi. (Qamchibek Kenja)
Lekin qiyinchilik tortamiz, busiz bo'lmaydi. (A. Q.)
Mening birjaydari falsafamdir shu: Hargiz iltimosga kuning qolmasin. (A. Oripov)
Og’iz va tilning bezagi to'g’ri so'zdir, to'g'ri so'z-la tilingni beza. (Ahmad Yugnakiy)
Orzum shul: o'chmasin yongan chirog'ing. (A. Oripov)
Oyim endi o'rnidan turayotgan edi, eshik shaxt bilan ochildi. (O'.Hoshimov)
Paxtani qilgil egat , bo’lar ekan kam mehnat. (Qo'shiqdan.)
Pazandasi yopadi shirmon, qarilari kutadi mehmon.
Qiz uni ushlab olgani urindi, juda qiynalib ketdi: qo'llariga tikan kirdi, yuzi va bilaklari tirmalandi... (Abdulla Qahhor)
Qobil bobo, yalang bosh, yalang oyoq, yaktakchan og'il eshigi yontda turib, dag'-dag' titraydi, tizzalari bukilib-bukilib keladi; ko zlari javdiraydi, hech kimni ko'rmaydi. (A. Q.)
Qor yog'di — don yog'di. (Maqol)
Quyoshning uyg'onishi sen ta'riflagandan ham antiqa: tong nihoyatda go'zal bo'ladi.
Rais kirib keldi—majlis ochildi.
Ruboiyni ichida o 'qidi, yuzini tabassum qopladi.
Sabr bila bog'liq ish ochilur, Ishda oshiqqan ko'p toyilur. (Alisher Navoiy)
Said Jalolxon tovush chiqarmay uning yoniga o'tirdi — u ko’rmadi. (A. Q.)
Saodatxon darchani ochib yubordi , uyga muzday kuz havosi kirdi.
Saxovatsiz kishi mevasiz daraxtdir, mevasiz daraxtni kesib yondirgin.
Shu fe'lliri yaxshi: hech kimni birovning oldida behurmat qilmaydiiar. (A. Q.)
Sidiqjon to'xtadi, orqasidan kimdir kelayotgan edi. (Abdulla Qahhor)
Sir ko'p olam qa'rida, Mo'jizaga kon olam. (Usmon Azim)
Suv keldi— cho'llarda hayot boshlandi.
Suv keldi —nur keldi. (Maqol.)
Tomlardagi bug'doylar boshoq chiqaradi, oralarida lola-qizg'aldoqlar qip-qizil bolib ochiladi.(Mirzakalon Ismoiliy)
To'rt mashina o'g'it yubordik — fermerlarga vaqtida taqsimlansin.
Urilmoq ham foyda: pishiq bo'lasiz, tajriba hosil qilasiz. (O.)
Xadicha xola bolalik chog'idagi singari uning betiga non tugib berdi, peshonasidan o'pdi, duo qildi; irim qilib o'zi kuzatganicniqmadi.
Xalqimiz mehmondo’st: topgan-tutganini mehmonning oldiga qo’yadi
Xalqnmg yetugi saxiy kishidir, saxiylik kishiga sharaf keltiradi.
Yana uvlar danshat shamoli, Ko'kni qora bulut quchadi. (Temur Fattoh)
Yangi shahar ko'chalari quruq va toza, ilk bahor shamollari yoqimli esadi. (O.)
Yaxshi o'g'il — el obro'si, yaxshi qiz — uy obro'si. (Maqol)
Yigitlar daraxtlarning ostini yumshatdilar, qizlar maktab hovlisini supurdilar.
Yog'ib yubordi-da yomg'ir, nihoyat, osmon dil qulfini zaminga sochdi. (T. Sodiqova)
Yoz oxirida kechalari salqin, kunduzlari isstq bo*Iadi: tun paytida shabada tog'dan salqin va rohatbaxsh havo keitiradi.
Yuragida qanday dard bor-mana bu menga sir. (Oybek)
Yurgan daryo — o'tirgan bo'yra. (Maqol)
Yurt tinch — sen tinch.
Download 42.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling