Xavfsizlikni ta'minlash usullari, ta`riflari
Inson o`z mehnat faoliyati jarayonida boladigan fazo - ish joyi deb ataladi (gomosfera). Xavf mavjud yoki vaqti – vaqti bilan paydo boladigan fazoni noksosfera deyiladi. Xavfsizlikni ta`minlashga quyidagi 3 xil usullar orqali erishiladi:
Gomosfera va noksosferani fazoviy va vaqtiy ma'noda ajratib qo`yish, buni hal qilish uchun masofadan boshqarish, avtomatlashtirish, robotlashlirish vositalari yordamidan foydalaniladi.
Xavflarni yo`qotish yoli bilan noksosferani me'yorlashtirish. Bu usulga ishchilarning shovqin, gaz, changdan, jarohatlanishdan saqlovchi shaxsiy va kollektiv himoya vositalari qo`llash.
V) Bu usul ishchilarni tegishli muhitga moslashishga, uni himoyalash darajasini ko`tarishga yo`natirilgan har xil vositalar va usullarni o`z ichiga oladi: Kasbiga qarab tanlash, ruhiy ta'sir va (shaxsiy) himoya vositalari qollash. Amalda esa yuqorida aytilgan usullar (kombinatsiyasi) birgalikda qollaniladi.
Xavfsizlikni ta'minlovchi vositalarga, jamoa (kollektiv) va shaxsiy himoya vositalari kiradi. (JXV va SHXV). Ular o`z navbatida xavflarning turi, tuzilishi, ishlatish sohasiga ko`ra guruhlarga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |