I bo`lim 1 ma`ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta`minlash asоslari
- rasm "Xavflar daraxti" ning sxemasi
Download 127.29 Kb.
|
MARUZA- 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qism - (komponent)
1 - rasm "Xavflar daraxti" ning sxemasi.
Bu usulda "Xavflar daraxti" yuqoridan pastga qarab quriladi hamda sabablarni hisobga olgan taqdirda tamom bo`ladi. Xavfsizlikning sistemasi - Bu xavfsizlikning murakkab masalalarini xal qilish yo`llarini tayyorlashda va asoslashda foydalaniladigan metodologik choralar yig`indisidir. O`zaro ta'siri bilan aniq bir maqsadga erishtiradigan aloqador qismlar yig`indisi - sistema deb ataladi.
Tarkibiga odam ham kiradigan sistema - ergatik sistema deb ataladi. Ergatik sistemaning misollari "odam-mashina’, "odam-mashina-atrof muhit". Sistemalash printsip hodisalarga o`zaro bog`liq ravishda bir dasta yoki to`plam (yig`indi) tariqasida qaraydi. Sistema beradigan maqsad yoki natija sistema yaratuvchi element deb aytiladi. Masalan, yong`in - yonuvchi modda, oksidlovchi kislorod, yondiruvchi. Bu yerda yong`in sistema, yonuvchi modda, oksidlovchi, yondiruvchi uning elementlari. Agar birorta elementni shulardan chiqarib tashlasak, sistema buziladi. Sistemada bor sifat uning elementlarida bo`lmaydi. Bu sistemaning muhim xususiyati bo`lib, xavfsizlik masalalari taxlili asosida joylashgan. Ko`ngilsiz voqealarning paydo bo`lish sabablarini aniqlash, ularni kamaytirishga qaratilgan tadbirlar xavfsizlik sistemasi tahlilining asosiy maqsadidir. "Sabablar va xavflar "daraxti" - sistema tariqasida. Har qanday sabab(lar) natijasida vujudga kelgan xavflar zarar keltiradi. Sababsiz chinakam (xaqiqiy) xavf ham zarar ham yo`q. Demak, xavfdan saqlanish uning kelib chiqish sabablarini bilishga asoslangan. Sodir bo`lgan xavflar bilan sabablar o`rtasida sabab - oqibat aloqasi bor. O`z yo`lida bir sabab ikkinchi sababiy oqibat bo`lib chiqadi va h.k. Shunday qilib, sabablar va xavflar zanjirsimon sistemani yaratadi. Bunday grafik ko`rinishi (tasvir) shoxli daraxtga o`xshaydi. Xorijda "Sabablar daraxti", "Inkorlar daraxti", "Xavflar daraxti" va bo`lak har xil "daraxtlar" degan tushuncha va u "daraxtlar"ni tuzish uchun kerakli raqamlar mavjud. Quriladigan "daraxtlar"da sabab shoxlari va xavflar shoxlari bor. Ularni o`zaro ajratib tashlash mumkin emas. Shuning uchun xavfsizlikni tahlil etishda tuzilgan daraxtni "sabablar va xavflar" daraxti deb atash lozim.
Download 127.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling