Bu yerda yong`in sistema, yonuvchi modda, oksidlovchi, yondiruvchi uning
elementlari.
Agar birorta elementni shulardan chiqarib tashlasak, sistema buziladi.
Sistemada bor sifat uning elementlarida bo`lmaydi. Bu sistemaning muhim
xususiyati bo`lib, xavfsizlik masalalari taxlili asosida joylashgan.
Ko`ngilsiz voqealarning paydo bo`lish sabablarini aniqlash, ularni
kamaytirishga qaratilgan tadbirlar xavfsizlik sistemasi tahlilining asosiy
maqsadidir.
"Sabablar va xavflar "daraxti" - sistema tariqasida.
Har qanday sabab(lar) natijasida vujudga kelgan xavflar zarar keltiradi.
Sababsiz chinakam (xaqiqiy) xavf ham zarar ham yo`q. Demak, xavfdan
saqlanish uning kelib chiqish sabablarini bilishga asoslangan.
Sodir bo`lgan xavflar bilan sabablar o`rtasida sabab - oqibat aloqasi bor. O`z
yo`lida bir sabab ikkinchi sababiy oqibat bo`lib chiqadi va h.k. Shunday qilib,
sabablar va xavflar zanjirsimon sistemani yaratadi. Bunday grafik ko`rinishi
(tasvir) shoxli daraxtga o`xshaydi. Xorijda "Sabablar daraxti", "Inkorlar daraxti",
"Xavflar daraxti" va bo`lak har xil "daraxtlar" degan tushuncha va u "daraxtlar"ni
tuzish uchun kerakli raqamlar mavjud. Quriladigan "daraxtlar"da sabab shoxlari va
xavflar shoxlari bor. Ularni o`zaro ajratib tashlash mumkin emas. Shuning uchun
xavfsizlikni tahlil etishda tuzilgan daraxtni "sabablar va xavflar" daraxti deb atash
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |