I bo’lim. G’arbda sotsiologiyaning rivojlanish tarixi
I BO’LIM. G’ARBDA SOTSIOLOGIYANING RIVOJLANISH TARIXI
Download 149 Kb.
|
S.Shamuratova
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.1 Sotsiologiyaning obekti.
I BO’LIM. G’ARBDA SOTSIOLOGIYANING RIVOJLANISH TARIXI.
Sotsiologiyaning asoschisi fransuz mutafakkiri O.Kont sotsiologiyani jamiyat haqidagi tajribaga asoslangan fan deb hisoblaydi. Uning vatandoshi E. Dyurkgeym sotsiologiyaning predmetini sotsial dalillar haqidagi fan deb ataydi. Marksizmda sotsiologiyaning predmeti ijtimoiy tizim sifatida jamiyat va uning tuzilmaviy elementlarini tashkil etgan shaxslar, ijtimoiy birliklar, ijtimoiy institutlarni ilmiy asosda o‘rganish hisoblanadi.Hozirgi kundagi adabiyotlarda sotsiologiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: Sotsiologiya - yaxlit ijtimoiy tuzum sifatida jamiyat haqidagi va uning ayrim tarkibiy elementlari (shaxslar, ijtimoiy birliklar, institutlar) orqali bu tuzumning amal qilishi va rivojlanishini o‘rganuvchi fandir. Sotsiologiya ob’ekti jamiyat hisoblansada, lekin sotsiologiya predmetining dastlabki bosqichi sifatida jamiyat tushunchasini ajratib ko‘rsatish yetarli emas. Sotsiologiyaning ilmiy maqomini asoslashning mohiyati uning ob’ekti va predmeti o‘rtasidagi farqdan kelib chiqadi. I.1 Sotsiologiyaning obekti. Ob’ektni bilish – tadqiqot ob’ekti nimaga yo‘naltirilganligi va ob’ektiv voqelik sifatida unga nima qarama-qarshi turganligini anglatadi.Har qanday hodisa, jarayon yoki ob’ektiv voqelikning o‘zaro munosabati turli fanlarning (fizika, ximiya, biologiya, psixologiya, iqtisodiyot, sotsiologiya va hokazolar) ob’ekti bo‘lishi mumkin.Predmet ob’ekt kabi ob’ektiv voqelikning bir qismi yoki uning elementlari yig‘indisi bo‘lib, umumiy yoki o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Har bir fan o‘z navbatida predmeti nuqtai nazaridan farq qiladi.Ijtimoiy xususiyatlarga ega bo‘lgan kishilararo aloqalar, o‘zaro bog‘liqliklar majmuasi - sotsiologiya fanining ob’ekti vazifasini o‘taydi.Ob’ekt va predmet hamma vaqt bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Chunki, ob’ekt mohiyatni to‘g‘ri tushunish, ilmiy tadqiqot yo‘nalishini xolis belgilay olish imkonini beradi.Demak, sotsiologiyaning ob’ekti jamiyatni boshqaruvchi tafakkur qonuniyatlari, rasional vositalaridir. Download 149 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling