I bo`lim. Umumiy kimyo. Kirish


Ion almashinish reyaksiyalari. Kislota va asoslarning protolitik nazariyasi


Download 496 Kb.
bet8/13
Sana15.12.2020
Hajmi496 Kb.
#167548
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Umumiy kimyo


4. Ion almashinish reyaksiyalari. Kislota va asoslarning protolitik nazariyasi.

Elektrolitik dissotsilanish nazariyasiga muvofiq elektrolitlarning eritmalarida sodir bo`ladigan barcha reyaksiyalar ionlar orasidagi reyaksiyalar yoki ionli reyaksiyalar, bu reyaksiyalarning tenglamalari esa ionli tenglamalar deb ataladi.



Reyaksiyalarning ionli tenglamalarini tuzishda shunga amal qilish kerakki, kam dissotsilanadigan, kam eriydigan va gazsimon moddalar molekulyar shaklda yoziladi. Moddaning formulasi yoniga qo`yiladigan ↓ ishora shu moddaning cho`kmaga tushganini, ↑ ishora esa modda gaz holida chiqib ketishini bildiradi. To`liq dissotsilanadigan moddalar esa ion holida yoziladi. Tenglamaning chap qismidagi elektr zaryadlar yig`indisi o`ng qismidagi elektr zaryadlar yig`indisiga teng bo`lishi kerak.
Masalan, FeCl3 + 3NaOH = Fe(OH)3 ↓ + 3NaCl

Fe3+ + 3Cl + 3Na+ + 3OH-- = Fe(OH)3  + 3Na+ + 3Cl

Fe3+ + 3OH-- = Fe(OH)3

Eritmalarda elektrolitlar orasida sodir bo`ladigan istalgan reyaksiyani ionli tenglamalar bilan tasvirlash mumkin. Bunday reyaksiyalarda ionlarning zaryadlari (oksidlanish darajasi) o`zgarmasa, u holda bu reyaksiyalar ion almashinish reyaksiyalari deyiladi.

Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi elektrolitlarning suvdagi eritmalarida boradigan juda ko`p hodisa va jarayonlarni tushuntirib berdi. Elektrolitik dissotsilanish eritmalar nazariyasining yanada rivojlanishiga va eritmalarda sodir bo`ladigan jarayonlarni o`rganishga asos bo`ldi. Lekin bu nazariya suvsiz eritmalarda boradigan jarayonlarni tushuntirib bera olmaydi. Masalan, agar NH4Cl suvdagi eritmada tuz kabi bo`lsa (NH4+ + Cl), u suuyq ammiakda kislota xossalarini namoyon qiladi–metallarni eritib, vodorod ajratib chiqaradi. Suyuq HF da yoki suvsiz H2SO4 da eritilgan HNO3 asos sifatida ta`sir etadi. Bu dalillar elektrolitik dissotsilanish nazariyasiga mos kelmaydi. Ularni kislota va asoslarning protolitik nazariyasi tushuntirib beradi. Bu nazariyani 1923-yilda bir-biridan bexabar holda daniyalik olim Brensted bilan ingliz olimi Louri taklif etganlar.



Berilgan reyaksiyada molekula yoki ionlari protonlar ajratib chiqaradigan moddalar kislotalar deyiladi. Molekula yoki ionlari protonlarni biriktirib oladigan moddalar asoslar deyiladi. Bunday moddalarning ikkalasi ham umumiy nom bilan protolitlar deb ataladi.

Kislota asos + H+

Bunday jarayonda kislota bilan asos bir-biriga bog`liq deyiladi, bu kislota-asos juftidir. Masalan, H3O+ ion–kislota, asos H2O ga bog`liq, xlorid ion-Clesa asos bo`lib, kislota HCl ga bog`liq.



Kislota1 asos1 + H+ Asos2 + H+ kislota2

Kislota1 + asos2 asos1 + kislota2

Masalan, CH3COOH CH3COO + H+

NH3 + H+ NH4+

CH3COOH + NH3 CH3COO + NH4+

kislota1 asos2 asos1 kislota2



Download 496 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling