I bo`lim. Umumiy kimyo. Kirish
Tuz ionlarining suv bilan o`zaro ta`sirlashib, kuchsiz ellektrolit hosil qilishi
Download 392.5 Kb.
|
I bo`lim. Umumiy kimyo. Kirish
Tuz ionlarining suv bilan o`zaro ta`sirlashib, kuchsiz ellektrolit hosil qilishituzning gidrolizlanishi deyiladi. Har qanday tuzni kislota bilan asosning o`zaro ta`sir mahsuloti sifatida qarash mumkin. Masalan, CH3COONa - CH3COOH bilan NaOH dan, NH4Cl - NH4OH bilan HCl dan, NaCl – NaOH bilan HCl dan hosil bo`lgan. 1. Kuchsiz kislota bilan kuchli asosdan hosil bo`lgan barcha tuzlar gidrolizga uchraydi. Ular eritmaga ishqoriy reaksiya (pH>7) beradi, masalan, CH3COONa + H2O CH3COOH + Na+ + OH – 2. Kuchli kislota bilan kuchsiz asosdan hosil bo`lgan tuzlar ham gidrolizlanadi. Ular eritmada kislotali muhit (pH<7) hosil qiladi, masalan, NH4Cl + H2O NH3 · H2O + H+ + Cl - 3. Kuchsiz kislota bilan kuchsiz asosdan hosil bo`lgan tuzlar yanada osonroq gidrolizlanadi. Ular eritmada neytral muhit (pH = 7) hosil qiladi, masalan, CH3COONH4 + H2O CH3COOH + NH4OH (NH3 · H2O) 4. Kuchli asos bilan kuchli kislotadan hosil bo`lgan tuzlar gidrolizlanmaydi. Bunday tuzlarning ionlari suv bilan kuchsiz elektrolitlar hosil qila olmaydi, natijada tuz ionlari reaksiyada ishtirok etmaydi va suvning dissotsilanish muvozanati buzilmaydi; H+=OH- , eritmaning muhiti neytral (pH = 7) bo`ladi. Tuzning elektrolitik dissotsilanishi natijasida hosil bo`ladigan ionlari suv bilan kuchsiz elektrolitlar hosil qila oladigan barcha hollarda tuzlar gidrolizlanadi. Ko`pchilik tuzlar uchun dissotsilanish - qaytar jarayon. Al2S3 + 6H2O = 2Al(OH)3 ↓ + 3H2S ↑ Kuchsiz ko`p asosli kislotalar bilan kuchli asoslardan hosil bo`lgan tuzlarning gidrolizlanishi bosqich bilan boradi, bunda nordon tuzlar hosil bo`ladi. Masalan, 1) birinshi bosqich SO32- + H2O HSO3 - + OH – yoki Na2SO3 + H2O NaHSO3 + NaOH 2) ikkinshi bosqich HSO3 - + H2O H2SO3 + OH - yoki NaHSO3 + H2O H2SO3 + NaOH Birinshi bosqich: a) gidrolizning qisqartirilgan ionli shakldagi tenglamasi: SO32- + H2O HSO3 - + OH – (A) b) gidrolizning ionli shakldagi tenglamasi: 2Na+ + SO32- + H2O Na+ + HSO3 - + Na+ + OH – (B) c) gidrolizning molekulyar shakldagi tenglamasi: Na2SO3 + H2O NaHSO3 + NaOH (C) Ikkinshi bosqich: a) HSO3 - + H2O H2SO3 + OH - b) 2Na+ + HSO3- + H2O H2SO3 + Na+ + OH – c) NaHSO3 + H2O H2SO3 + NaOH Umuman gidroliz keng ma`noda-bu turli xil moddalar bilan suv orasida sodir bo`ladigan almashinib parchalanish reyaksiyasidir. CH3COOC2H5 + H2O CH3COOH + C2H5OH CaC2 + 2H2O Ca(OH)2 + C2H2 Cl2 + H2O HCl + HClO PI3 + 3H2O H3PO3 + 3HI Download 392.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling