I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-bob. Bojxona to‘lovlari summalarini qaytarish


Download 212.64 Kb.
bet163/185
Sana04.04.2023
Hajmi212.64 Kb.
#1329014
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   185
Bog'liq
KODEKS

49-bob. Bojxona to‘lovlari summalarini qaytarish
353-modda. Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish
Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq to‘lanishi lozim bo‘lgan summadan oshadigan miqdorda bojxona to‘lovlari sifatida to‘langan yoki undirilgan pul mablag‘larining summalari ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlari summalari hisoblanadi.
Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalari shunday to‘lovlar to‘langan yoxud undirilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida qaytarilishi yoki dastlabki pul mablag‘lari hisobiga o‘tkazilishi lozim, bundan ushbu moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan hollar mustasno.
Eng ko‘p qulaylik berish rejimi yoki erkin savdo rejimi qo‘llanilgan (tiklangan) taqdirda, ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalari ushbu to‘lovlar to‘langan yoki undirilgan paytdan e’tiboran bir yil ichida, bojxona organiga lozim darajada rasmiylashtirilgan tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatni taqdim etish sharti bilan qaytarilishi yoxud dastlabki pul mablag‘lari hisobiga o‘tkazilishi kerak.
Qaytarilishi reeksport va reimport bojxona rejimlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summasini qaytarish ushbu Kodeksning 35 va 59-moddalarida belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi lozim.
Tovarlarni bojxona to‘lovlari to‘lanishini nazarda tutuvchi bojxona rejimiga joylashtirish sanasi ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlari summalarining to‘lanish yoki undirilish paytidir.
Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
to‘lovchi tomonidan ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlari summalarini qaytarish to‘g‘risida ariza berilganda;
bojxona to‘lovlari summalarining ortiqcha to‘langanligi yoki undirilganligi fakti aniqlanganda.
Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summasi, agar uni qaytarish to‘g‘risidagi ariza ushbu moddaning ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida belgilangan tegishli muddatlar tugaganidan keyin topshirilgan bo‘lsa, bojxona organlari tomonidan qaytarilmaydi.

Download 212.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling