409-modda. Nazorat ostida tovar yetkazib berish usuli qo‘llanilganda musodara qilingan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkni tasarruf etish
O‘zbekiston Respublikasining va chet davlatlarning sudlari tomonidan ochish va chek qo‘yish paytida nazorat ostida tovar yetkazib berish usuli qo‘llanilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha musodara qilingan pul mablag‘lari, shuningdek bunda musodara qilingan mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablag‘lari bojxona organlari va boshqa vakolatli organlari mazkur usulni qo‘llashda ishtirok etgan davlatlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va chet davlatlarning vakolatli organlari o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq taqsimlanadi.
XII bo‘lim. Yakunlovchi qoidalar
410-modda. Bojxona organlarining bayrog‘i va farqlash belgisi
Bojxona organlari va ular ixtiyoridagi daryo kemalari o‘z bayrog‘iga ega bo‘ladi. Bojxona organlarining avtotransport vositalari hamda havo kemalari farqlash belgisiga ega bo‘ladi.
Bayroq va farqlash belgisi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
411-modda. Nizolarni hal etish
Bojxona ishi sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
412-modda. Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 3(I)-son, 31-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |