I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-bob. Tovarlarni va transport vositalarini bojxona nazorati ostida tashish


Download 212.64 Kb.
bet99/185
Sana04.04.2023
Hajmi212.64 Kb.
#1329014
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   185
Bog'liq
KODEKS

31-bob. Tovarlarni va transport vositalarini bojxona nazorati ostida tashish
218-modda. Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona nazorati ostida tashish talablari hamda shartlari
Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va (yoki) transport vositalari jo‘natuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organiga ushbu tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tashish uchun qabul qilgan tashuvchining javobgarligi ostida tashiladi.
Tovar kelib tushadigan bojxona organiga topshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlar qaysi tovarlarga va (yoki) transport vositalariga tegishli bo‘lsa, o‘sha tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan bir xil tartibda yetkazib beriladi va taqdim qilinadi.
Bojxona nazorati ostida tashiladigan tovarlar va (yoki) transport vositalari:
tovar kelib tushadigan bojxona organiga jo‘natuvchi bojxona organi belgilagan muddatlarda va yo‘nalishlar bo‘yicha, agar ular ushbu moddaning oltinchi qismiga muvofiq belgilangan bo‘lsa, tashuvchi tomonidan yetkazib berilishi;
tovar kelib tushadigan bojxona organiga taqdim etilishi;
tabiiy eskirish yoki normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi o‘zgarishlarni istisno etganda, o‘zgarmas holatda qolishi hamda tashishdan boshqa biror maqsadda foydalanilmasligi lozim.
Tovar kelib tushadigan bojxona organiga tovarlarni yetkazib berishning eng ko‘p muddati quyidagi hisob-kitob bilan belgilanadigan muddatdan oshmasligi kerak:
havo transporti uchun — uch kalendar kundan;
avtomobil va suv transporti uchun — o‘n kalendar kundan;
temir yo‘l transporti uchun — ikki ming kilometr uchun o‘ttiz kalendar kundan.
Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlar uchun yetkazib berish muddati tashuvchining arizasidan, tovarlarni tashishning odatiy muddatidan, transport vositasining turi va imkoniyatlaridan, arizachi tomonidan belgilangan harakat yo‘nalishi va boshqa tashish shartlaridan kelib chiqqan holda, ushbu moddaning to‘rtinchi qismida belgilangan muddat doirasida jo‘natuvchi bojxona organi tomonidan belgilanadi.
Bojxona nazorati ostida turgan ayrim tovarlarni bojxona hududi bo‘ylab tashish yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Vakolatli shaxsning yoki tashuvchining asoslangan so‘roviga ko‘ra oraliq bojxona organi tovarlarni tovar kelib tushadigan bojxona organiga yetkazib berishning dastlab belgilangan muddatini uzaytiradi.
Avtomobil transportida tashilayotganda bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni hamda bojxona nazorati ostida turmagan boshqa tovarlarni bitta transport vositasiga joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tovarlarning ayrim turlarini tashiyotgan tashuvchilar uchun qonun hujjatlari bilan qo‘shimcha talablar belgilanishi mumkin.

Download 212.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling