I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi


Download 212.64 Kb.
bet11/185
Sana04.04.2023
Hajmi212.64 Kb.
#1329014
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   185
Bog'liq
KODEKS

21-modda. Bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi
Bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlar va transport vositalari bojxona nazoratidan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilishi kerak.
Bojxona nazorati O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga rioya etilishini ta’minlash uchun bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan, shu jumladan xavfni boshqarish tizimi qo‘llanilgan holda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidan iboratdir.
Bojxona chegarasidan olib o‘tiladigan tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona nazoratini ta’minlash uchun bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan o‘tkaziladigan bojxona operatsiyalari majmui bojxona rasmiylashtiruvi hisoblanadi.
Bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda bojxona organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan taqiqlar va cheklovlarni belgilashga haqli emas.
22-modda. Shartli chiqarib yuborilgan tovarlar
Shaxsning belgilangan talablar va shartlarga rioya etish majburiyatlariga bog‘liq tarzda tovarning chiqarib yuborilishi shartli chiqarib yuborish hisoblanadi.
Quyidagilar shartli chiqarib yuborilgan tovarlar deb hisoblanadi:
a) bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berilganligi munosabati bilan foydalanilishi va tasarruf etilishi cheklangan tovarlar;
b) boj olinmaydigan savdo, bojxona hududida qayta ishlash, vaqtincha olib kirish, bojxona tranziti bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar;
v) bojxona to‘lovlari shartli bojxona qiymatini aniqlash asosida to‘langan tovarlar;
g) bojxona to‘lovlari davriy bojxona to‘lovlari shaklida to‘langan tovarlar;
d) zarur hujjatlar (bundan muvofiqlik sertifikati va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlar mustasno) va ma’lumotlar taqdim etilmagan tovarlar;
e) bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berilgan holda erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga muvofiq rasmiylashtirilgan tovarlar.
Mazkur moddaning ikkinchi qismi “a” bandida ko‘rsatib o‘tilgan shartli chiqarib yuborilgan tovarlardan faqat bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berish shartlariga muvofiq bo‘lgan maqsadda foydalanilishi mumkin. Mazkur tovarlardan ular nima maqsadda shartli chiqarilgan bo‘lsa, faqat o‘sha maqsadda foydalanilishi lozim. Bojxona to‘lovlari bo‘yicha berilgan imtiyozlar to‘langan taqdirda shartli chiqarib yuborilgan tovarlardan boshqa maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Mazkur moddaning ikkinchi qismi “d” bandida ko‘rsatib o‘tilgan shartli chiqarib yuborilgan tovarlarni uchinchi shaxslarga berish, shu jumladan ularni sotish yoki o‘zga usulda boshqa shaxsga o‘tkazish orqali berish taqiqlanadi, mazkur tovarlarni olib kirishga doir cheklovlar ushbu tovarlarning sifati va xavfsizligi tekshirilishi munosabati bilan belgilangan hollarda esa, har qanday shaklda foydalanish (ishlatish) taqiqlanadi.
Tovarlar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, shartli chiqarib yuborishning shartlari bo‘yicha majburiyatlar bajarilguniga qadar shartli chiqarilgan hisoblanadi.

Download 212.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling