I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Dastlabki pul mablag‘larini qaytarib berish tartibi


Download 212.64 Kb.
bet154/185
Sana04.04.2023
Hajmi212.64 Kb.
#1329014
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   185
Bog'liq
KODEKS

335-modda. Dastlabki pul mablag‘larini qaytarib berish tartibi
To‘lovchi dastlabki pul mablag‘lari ushbu mablag‘lardan oxirgi foydalanilgan kunning ertasidan e’tiboran uch yil ichida qaytarib berilishini talab qilishga haqli.
Dastlabki pul mablag‘larini qaytarib olish uchun to‘lovchi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga ko‘rsatilgan pul mablag‘lari o‘tkazib berilgan bojxona organiga dastlabki pul mablag‘larini qaytarib berish to‘g‘risida ariza taqdim etadi. To‘lovchi bojxona organiga ariza bilan bir vaqtda to‘lovchi va bojxona organi o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasini taqdim etadi.
Bojxona organi o‘n besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘zaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni solishtirib chiqadi.
O‘zaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasi bojxona organining mansabdor shaxsi va to‘lovchi tomonidan imzolangan kunning ertasidan e’tiboran uch ish kuni ichida bojxona organi dastlabki pul mablag‘lari qaytarilishini amalga oshiradi.
To‘lovchida bojxona to‘lovlarini, shuningdek penya yoki foizlarni to‘lash bo‘yicha qarzdorlik bo‘lgan taqdirda, dastlabki pul mablag‘lari to‘lovchining roziligi bilan ushbu qarzdorlik chegirib qolingan holda qaytarib beriladi.
Agar dastlabki pul mablag‘larini qaytarib berish haqidagi ariza ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan muddat ichida taqdim etilmagan bo‘lsa, ushbu pul mablag‘lari bojxona organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi.
47-bob. Bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash
336-modda. Bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlashning qo‘llanilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash ushbu Kodeksning 87, 93, 95, 222, 223, 236, 272, 321 va 329-moddalarida belgilangan hollarda qo‘llaniladi.
(336-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi O‘RQ-494-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
Bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash bojxona organlariga tovarlar chiqarib yuborilguniga qadar yoxud shunday ta’minlashni nazarda tutuvchi harakatlar amalga oshirilguniga qadar taqdim etilishi kerak.

Download 212.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling