I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash sifatida tovarlarni garovga qo‘yishga doir talablar


Download 212.64 Kb.
bet158/185
Sana04.04.2023
Hajmi212.64 Kb.
#1329014
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   185
Bog'liq
KODEKS

343-modda. Bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash sifatida tovarlarni garovga qo‘yishga doir talablar
Tovarlarni garovga qo‘yish bojxona organi va kafolat shartnomasi bo‘yicha to‘lovchi yoki boshqa shaxs bo‘lishi mumkin bo‘lgan garovga qo‘yuvchi o‘rtasidagi garov to‘g‘risidagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Garov to‘g‘risidagi shartnoma yozma shaklda tuzilgan va notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Garovga qo‘yuvchi garov to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq garov narsasini tasarruf etishga haqli.
Garov to‘g‘risidagi shartnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi.
344-modda. Bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash sifatida bank kafolatini qo‘llash
Bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash sifatida O‘zbekiston Respublikasida bank operatsiyalarini o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan bankning kafolati qo‘llanilishi mumkin.
Bank kafolatida ko‘rsatilgan bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash summasining miqdori to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlarining va foizlarning summasidan kam bo‘lmasligi kerak.
To‘lovchi tomonidan bank kafolati bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlarining summasi va foizlar qonun hujjatlariga muvofiq so‘zsiz tartibda kafolat bergan bankdan bojxona organi tomonidan undirib olinadi.
345-modda. Bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash sifatida sug‘urta majburiyatini qo‘llash
Bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash sifatida to‘lovchining fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash shartnomasiga ko‘ra sug‘urtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sug‘urta polisi qo‘llanilishi mumkin.
Sug‘urta polisi bilan tasdiqlanadigan bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash summasining miqdori to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlarining va foizlarning summasidan kam bo‘lmasligi kerak.
Sug‘urta polisi bilan ta’minlangan majburiyat to‘lovchi tomonidan bajarilmagan taqdirda bojxona to‘lovlarining summasi va foizlar sug‘urta polisini bergan sug‘urtalovchidan bojxona organi tomonidan so‘zsiz tartibda qonun hujjatlariga muvofiq undirib olinadi.

Download 212.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling