I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Maxsus bojxona statistikasi


Download 212.64 Kb.
bet174/185
Sana04.04.2023
Hajmi212.64 Kb.
#1329014
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   185
Bog'liq
KODEKS

377-modda. Maxsus bojxona statistikasi
Maxsus bojxona statistikasi bojxona organlari faoliyatining turli yo‘nalishlari bo‘yicha tizimlashtirilgan, tashqi savdo bojxona statistikasini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar yig‘indisidan iboratdir.
Maxsus bojxona statistikasi bojxona organlarining faoliyatini o‘rganish, boshqaruvini tashkil etish va ushbu faoliyatni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash uchun yuritiladi.
54-bob. Bojxona ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
378-modda. Bojxona ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish
Bojxona ishi, qoida tariqasida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida amalga oshiriladi.
Yuridik yoki jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik shaxslar bojxona ishida boshqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan o‘zaro hamkorlik qiluvchi bojxona organlarining axborot tizimlaridan foydalanishi mumkin.
Bojxona ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish axborot xavfsizligi talablariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
379-modda. Bojxona ishida foydalaniladigan axborot resurslari
Bojxona ishida foydalaniladigan axborot resurslari bojxona organlarining axborot tizimlarida yaratiladigan, ishlov beriladigan va to‘plab boriladigan ma’lumotlar bazasini o‘z ichiga olgan hujjatlashtirilgan axborotning tashkil etilgan majmuidir.
Bojxona organlarining ixtiyorida bo‘lgan axborot resurslari ochiqdir va ulardan hamma erkin foydalanishi mumkin, bundan ulardagi axborotdan foydalanish qonun hujjatlariga muvofiq cheklangan hollar mustasno.
55-bob. Axborot va maslahat berish
380-modda. Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlari to‘g‘risida axborot berish
Bojxona organlari umumjahon Internet tarmog‘idagi o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtirilgan bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga doir axborotdan shaxslarning moneliksiz foydalanishini ta’minlaydi.
Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlari haqida axborot berish boshqa usul orqali ham amalga oshirilishi mumkin.

Download 212.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling