I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Bojxona organlarining vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha maslahat berish


Download 212.64 Kb.
bet175/185
Sana04.04.2023
Hajmi212.64 Kb.
#1329014
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   185
Bog'liq
KODEKS

381-modda. Bojxona organlarining vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha maslahat berish
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari manfaatdor shaxslarga bojxona ishi masalalari va bojxona organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan maslahat beradi.
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan maslahat berish bojxona organlari joylashgan yerda va ularning ish vaqtida amalga oshiriladi.
Bojxona organlari tomonidan maslahat berish og‘zaki, elektron yoxud yozma shaklda bepul amalga oshiriladi.
Maslahat berishda manfaatdor shaxslarga taqdim etilgan axborot tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona operatsiyalari amalga oshirilayotganda bojxona organlari tomonidan qaror qabul qilish yoki harakatni bajarish uchun asos bo‘lmaydi.
56-bob. Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish
382-modda. Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish borasida bojxona organlari tomonidan ko‘riladigan choralar
Bojxona organlari o‘z vakolatlari doirasida intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish choralarini ko‘radi.
Bojxona hududiga olib kiriladigan va bojxona nazorati ostida turgan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning himoya qilinishini ta’minlash uchun bojxona organlari:
intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning buzilganlik belgilari mavjud bo‘lgan tovarlarni chiqarib yuborishni to‘xtatib turishi;
intellektual mulk obyektlarini o‘z ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilishi mumkin.
383-modda. Bojxona organlari tomonidan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rilmaydigan tovarlar
Bojxona organlari:
1) jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlar uchun, shu jumladan ularning manziliga xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan;
2) bojxona tranziti bojxona rejimiga muvofiq;
3) diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari, xorijiy davlatlarning boshqa rasmiy vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar, ushbu vakolatxonalar, muassasalar va tashkilotlarning xodimlari tomonidan rasmiy va shaxsiy foydalanish uchun;
4) insonparvarlik yordami va texnik ko‘mak sifatida bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarga nisbatan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rmaydi.

Download 212.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling