I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-bob. O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari hamda ularning xodimlari uchun bojxona imtiyozlari


Download 212.64 Kb.
bet183/185
Sana04.04.2023
Hajmi212.64 Kb.
#1329014
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   185
Bog'liq
KODEKS

59-bob. O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari hamda ularning xodimlari uchun bojxona imtiyozlari
404-modda. O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari uchun bojxona imtiyozlari
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bunday vakolatxonalar va muassasalar tomonidan rasmiy foydalanish uchun mo‘ljallangan tovarlarni (avtotransport vositalari bundan mustasno) bojxona chegarasi orqali olib o‘tishning belgilangan tartibiga rioya qilgan, bojxona to‘lovlari to‘lanishidan ozod etilgan holda O‘zbekiston Respublikasiga olib kiradi va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqadi, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini o‘tkazganlik uchun bojxona yig‘imlari mustasno.
405-modda. O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonasining diplomatik agentlari va konsullik muassasalarining konsullik mansabdor shaxslari uchun bojxona imtiyozlari
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonasining diplomatik agentlari va konsullik muassasalarining konsullik mansabdor shaxslari (diplomatik vakolatxonaning boshlig‘i va a’zolari), shuningdek ular bilan birga yashaydigan oila a’zolari o‘z shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan tovarlarni, shu jumladan ro‘zg‘orni dastlabki ta’minlash uchun kerakli bo‘lgan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tishning belgilangan tartibiga rioya qilgan, bojxona to‘lovlari to‘lanishidan ozod etilgan holda olib chiqadi va xizmat safari yakunlanganidan keyin shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan tovarlarni (avtotransport vositalari bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasiga olib kiradi, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini o‘tkazganlik uchun bojxona yig‘imlari mustasno.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning shaxsiy bagaji unda shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallanmagan tovarlar yoki olib kirilishi va olib chiqilishi qonun hujjatlarida taqiqlangan yoxud karantin qoidalari va boshqa maxsus qoidalar bilan tartibga solinadigan tovarlar bor deb taxmin qilish uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilishi mumkin.

Download 212.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling