I. Borliq hodisasi va uning turlari
Download 200.4 Kb. Pdf ko'rish
|
1-seminar mashg'uloti
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti o’zbek tili va adabiyoti fakulteti 108-guruh talabasi Madina Tolibova Tilshunoslik asoslari 1-seminar mashg’uloti I. Borliq hodisasi va uning turlari: 1. Borliqning falsafiy tavsifi Borliq haqida turli faylasuflar turlicha fikr yuritishgan. Masalan, ayrim faylasuflar borliqni moddiylik, moddiy jismlar bilan bog’lab tushuntirishadi. Ularning nuqtai
nazarlarida, borliq-obyektiv realliknigina qamrab oluvchi tushuncha. U holda fikr, inson tafakkuri, o’y-xayollarimiz borliq tushunchasidan chetda qolar ekan-da, degan savolga ular, bunday tushunchalar obyektiv reallikning hosilasidir, deb ta’kidlashadi. Falsafaning borliq haqidagi ta’limotni izohlaydigan qismi-ontologiya deb ataladi. Mening nazarimda esa, borliq Alloh yaratgan mavjudlikdir. Moddiylik, inson his-tuyg’ulari, o’y-fikrlari mana shu borliqning tarkibiy qismidir. 2. Borliqning xususiyatlari Borliq mavjudlik va reallik tushunchalariga qaraganda kengroq tushuncha hisoblanadi. Mavjudlik-borliqning hozirgi kunda namoyon bo’lib turgan qismi bo’lib, o’tgan va mavjud bo’ladigan narsa va hodisalar ham borliq tushunchasining ichiga kiradi, reallik esa mavjudlikning hammaga ayon bo’lgan qismi. Borliq o’ziga reallikni ham, mavjudlikni ham qamrab oladi. Borliq o’zining xossalari, xususiyatlari orqali namoyon bo’ladi. Ular borliqning atributlari deyiladi. Atribut, ya’ni tub xususiyatlari sirasiga harakat, fazo va vaqtni kiritishimiz mumkin. 3. Borliqning ko’rinishlari Falsafiy qarashlarda borliqning uch ko’rinishi ko’rsatiladi: A) tabiat borlig’i B) jamiyat borlig’i C) ong borlig’i Bularning umumiy belgisi, ularning barchasining mavjudligidir. Tabiat borlig’I, odatda, tabiatdagi jismlar, narsalar, jarayonlar, holatlar borlig’I sifatida tushuniladi. U ikkiga bo’linadi: azaliy tabiat borlig’i(yoki tabiiy tabiat borlig’I, u insonda ilgari, uning ishtirokisiz ham mavjud bo’lgan) va odam mehnati bilan ishlab chiqarilgan narsalar borlig’I (“Ikkinchi tabiat” borlig’I, ya’ni madaniyat). (Q.Nazarov va boshqalar. “Falsafa asoslari”) Download 200.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling