I. Borliq hodisasi va uning turlari


III.  Tilning ijtimoiy tabiati


Download 200.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana14.11.2021
Hajmi200.4 Kb.
#174025
1   2   3
Bog'liq
1-seminar mashg'uloti

III.  Tilning ijtimoiy tabiati: 

1.  Tilning ijtimoiy xususiyatlari 

 Til  kishilar  o’rtasidagi  munosabatlar,  aloqa  almashinuvining  eng 

muhim  quroli  bo’lib,  jamiyat  taraqqiyoti  davomida  shakllanadi. 

Jamiyatsiz  til,  tilsiz  jamiyat  bo’lmaydi.  Til  jamiyat  bilan  birga 

shakllanadi va rivojlanadi. 

     Til  insoniyatning  tarixiy  taraqqiyoti  jarayonida  yaratgan  barcha        

madaniy  va  ilmiy  boyliklarini  ifodalaydigan  va  avloddan  avlodga  

meros  qoladigan  asosiy  vositadir. Til  ijtimoiy  hodisa  sifatida  tabiiy 

hodisalardan  ajralib  turadi. Masalan, kishilarning  tabiiy -biologik va 



fiziologik xususiyatlari (ovqat yeyishi, nafas olishi, rivojlanishi va 

hokazo) tabiat qonunlariga muvofiq, jamiyatga bogliq bo‘lmagan holda 

rivojlanib boradi. Ammo tilda so‘zlashish va fikrlash uchun kishilik 

jamiyati bo‘lishi shart. Chunki til kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish 

va fikr almashish ehtiyojlari natijasida paydo bo‘lgan. Shuning uchun 

ham til tabiiy hodisalardan farqli o‘laroq, kishilik jamiyati tomonidan 

yaratilgan va unga xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir.  

       Til  nasldan  naslga,  avloddan  avlodga  o‘tadigan  irsiy  hodisa  emas, 

aksincha,  til  jamiyat  taraqqiyotining  mahsulidir.  Bolaning  qaysi  tilda 

so‘zlay  boshlashi  uni  o‘rab  turgan  til  muhitiga  bogliq.  Masalan,  ingliz 

bolasi go‘daklikdan ruslar orasida tarbiyalansa, u faqat rus tilida so‘zlab, 

o‘z  ona  tilini  bilmasligi  mumkin.  Shunday  ekan,  tilning  rivojlanishi 

uchun jmiyat, jamiyatning rivojlanishi uchun til tayanch bo’ladi. 

2.  Tilning ijtimoiy vazifalari 

Til jamiyat taraqqiyotida ma’lum bir vazifalarni bajaradi. 

A) aloqa – munosabat vazifasi. Tilning mazkur vazifasi jamiyatda aloqa 

– munosabat vositasi sifatida xizmat qilishdan iborat. Bu tilning asosiy 

ijtimoiy vazifasi hisoblanadi. Til belgilari  tilni ijtimoiy hodisa sifatida 

talqin etish imkonini beradi . Til aloqa – munosabatning muhim vositasi 

sifatida jamiyat bilan, uning madaniyati, turmush tarzi va mehnat 

faoliyatidagi har bir jarayon bilan muntazam bog‘liq. Kishilar o‘z 

fikrlarini, sezgi va ruhiy kechinmalarini ifoda qilib, bir – birlariga ta’sir 

ko‘rsatadilar.  

B) tilning hissiy ta’sir vazifasi. Tilning muayyan ma’lumotni ifoda etib, 

tinglovchiga ta’sir ko‘rsatishi uning hissiy - ta’siriy vazifasi hisoblanadi. 

Xabar, sezgi va hayajon, xohish ifoda qilish hissiy ta’sir vazifasining 

asosini tashkil etadi.  

C) tilning to‘plash vazifasi. Til aloqa – munosabat vositasi, hissiy ta’sir 

ifodasi bo‘lib qolmay , to‘plash vazifasini bajaruvchi muhim manba 

hamdir . Til millatlararo aloqa - munosabat vositasi, to‘plangan bilim va 

tajribalarni avloddan avlodga yetkazish vositasi hisoblanadi. Tilning 

ushbu vazifasi bilish jarayonidagi asosiy vositalardan hisoblanadi . 

Bevosita aloqa - munosabat davomida tilning nomlash va fikr ifodalash 

vazifalari namoyon bo‘ladi.  

3.  Til va jamiyat muammolari 



Til  jamiyatning  barcha  sohalariga  xizmat  qiladi.  U  kishilik 

jamiyatining  tarixiy  taraqqiyoti  jarayonida  jamiyat  a'zolarining 

hammasiga  teng  xizmat  qiladigan  asosiy  aloqa  vositasidir.  Shuning 

uchun  ham  til  sinfiy  xarakterga  ega  emas.  Umumiy  til 

tushunchasining shevadan farqi bor: til butun bir xalqqa xizmat qiladi, 

sheva  esa  xalqning  bir  guruhigagina  taalluqlidir.  Til  ko‘p  vazifali, 

hamma  uchun  umumiy  bo‘lgan  aloqa-munosabat  vositasidir;  sheva 

esa,  vazifa  nuqtai  nazaridan  chegaralangan  bo‘lib,  tilning  nutqiy 

ko‘rinishini tashkil etadi 

(Xolmonova Z. “Tilshunoslikka kirish” asaridan foydalanildi) 



 

 

Download 200.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling