I. Borliq hodisasi va uning turlari
III. Tilning ijtimoiy tabiati
Download 200.4 Kb. Pdf ko'rish
|
1-seminar mashg'uloti
III. Tilning ijtimoiy tabiati:
1. Tilning ijtimoiy xususiyatlari Til kishilar o’rtasidagi munosabatlar, aloqa almashinuvining eng muhim quroli bo’lib, jamiyat taraqqiyoti davomida shakllanadi. Jamiyatsiz til, tilsiz jamiyat bo’lmaydi. Til jamiyat bilan birga shakllanadi va rivojlanadi. Til insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratgan barcha madaniy va ilmiy boyliklarini ifodalaydigan va avloddan avlodga meros qoladigan asosiy vositadir. Til ijtimoiy hodisa sifatida tabiiy hodisalardan ajralib turadi. Masalan, kishilarning tabiiy -biologik va
fiziologik xususiyatlari (ovqat yeyishi, nafas olishi, rivojlanishi va hokazo) tabiat qonunlariga muvofiq, jamiyatga bogliq bo‘lmagan holda rivojlanib boradi. Ammo tilda so‘zlashish va fikrlash uchun kishilik jamiyati bo‘lishi shart. Chunki til kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish va fikr almashish ehtiyojlari natijasida paydo bo‘lgan. Shuning uchun ham til tabiiy hodisalardan farqli o‘laroq, kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan va unga xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir. Til nasldan naslga, avloddan avlodga o‘tadigan irsiy hodisa emas, aksincha, til jamiyat taraqqiyotining mahsulidir. Bolaning qaysi tilda so‘zlay boshlashi uni o‘rab turgan til muhitiga bogliq. Masalan, ingliz bolasi go‘daklikdan ruslar orasida tarbiyalansa, u faqat rus tilida so‘zlab, o‘z ona tilini bilmasligi mumkin. Shunday ekan, tilning rivojlanishi uchun jmiyat, jamiyatning rivojlanishi uchun til tayanch bo’ladi.
Til jamiyat taraqqiyotida ma’lum bir vazifalarni bajaradi. A) aloqa – munosabat vazifasi. Tilning mazkur vazifasi jamiyatda aloqa – munosabat vositasi sifatida xizmat qilishdan iborat. Bu tilning asosiy ijtimoiy vazifasi hisoblanadi. Til belgilari tilni ijtimoiy hodisa sifatida talqin etish imkonini beradi . Til aloqa – munosabatning muhim vositasi sifatida jamiyat bilan, uning madaniyati, turmush tarzi va mehnat faoliyatidagi har bir jarayon bilan muntazam bog‘liq. Kishilar o‘z fikrlarini, sezgi va ruhiy kechinmalarini ifoda qilib, bir – birlariga ta’sir ko‘rsatadilar. B) tilning hissiy ta’sir vazifasi. Tilning muayyan ma’lumotni ifoda etib, tinglovchiga ta’sir ko‘rsatishi uning hissiy - ta’siriy vazifasi hisoblanadi. Xabar, sezgi va hayajon, xohish ifoda qilish hissiy ta’sir vazifasining asosini tashkil etadi. C) tilning to‘plash vazifasi. Til aloqa – munosabat vositasi, hissiy ta’sir ifodasi bo‘lib qolmay , to‘plash vazifasini bajaruvchi muhim manba hamdir . Til millatlararo aloqa - munosabat vositasi, to‘plangan bilim va tajribalarni avloddan avlodga yetkazish vositasi hisoblanadi. Tilning ushbu vazifasi bilish jarayonidagi asosiy vositalardan hisoblanadi . Bevosita aloqa - munosabat davomida tilning nomlash va fikr ifodalash vazifalari namoyon bo‘ladi.
Til jamiyatning barcha sohalariga xizmat qiladi. U kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti jarayonida jamiyat a'zolarining hammasiga teng xizmat qiladigan asosiy aloqa vositasidir. Shuning uchun ham til sinfiy xarakterga ega emas. Umumiy til tushunchasining shevadan farqi bor: til butun bir xalqqa xizmat qiladi, sheva esa xalqning bir guruhigagina taalluqlidir. Til ko‘p vazifali, hamma uchun umumiy bo‘lgan aloqa-munosabat vositasidir; sheva esa, vazifa nuqtai nazaridan chegaralangan bo‘lib, tilning nutqiy ko‘rinishini tashkil etadi (Xolmonova Z. “Tilshunoslikka kirish” asaridan foydalanildi) Download 200.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling