I chorakni o’quvchilar dan nazorat testini olish bilan ijobiy yakunladim. Ta’til davomida test natijalaridan kelib chiqqan holda o’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni aniqlab oldim


Download 18.68 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi18.68 Kb.
#1326454
Bog'liq
hisobot malika opa


Andijon viloyati Andijon tumani 54-umumta’lim maktabi o’zbek tili fani o’qituvchisi Atabayeva Malikaning 2016-2017- o’quv yili davomida olib bogan ishlari yuzasidan
HISOBOT
Men 2016-yil 2-sentabr kuni Andijon tumani 54-umumiy o’rta ta’lim maktabiga rus tili sinflariga o’zbek tili fani o’qituvchisi bo’lib ishga qabul qilindim. Yosh avlodni bilimli, savodhon, ma’naviy barkamol va jismonan sog’lom qilib voyaga yetkazishda o’qituvchi va murabbiylarning hissasi benihoya kattadir. Bugungi kun o’qituvchisi o’z ustida tinimsiz ishlaydigan, har tomonlama keng fikrlaydigan, ilg’or pedagogic va axborot tehnologiyalarini samarali qo’llay oladigan ijodkor shaxs hamda yoshlarni bilim cho’qqilari yuksak ma’naviyat sari yuksak insoniy fazilatlar sohibi bo’lishga da’vat etadigan chinakam ustoz sifatida faoliyat yuritishga va ushbu 2016-2017 o’quv yili davomida bir qator ishlarni amalga oshirishni o’zimga maqsad qilib oldim va ularni bajarishga harakat qilidim. O’quv yili boshida menga 2-“G”, 2-“V”, 3-”G, 3-“V” sinflariga o’zbek tili darsidan saboq berish vazifasi yuklatildi va bu jami darslar haftasiga 8 soatni tashkil qildi. Yangi o’quv yili boshlanishi ya’ni 2016-2017- o’quv yili boshlanishi juda og’ir bo’ldi. Sababi ushbu yilning boshlanishida davlatimizda ko’ngilsiz voqea yuz berdi va bu Muhtaram 1-prezidentimizning bevaqt o’limi bo’lib, Vatanimizning har bir farzandi uchun bu ko’ngilsiz voqea salbiy ta’sir etdi. O’quvchilar ongida birinchi Prezidentimiz Islom Abduganievich Karimov istagan “ Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono, va albatta baxtli bo’lishi” o’z qo’limizda ekanligini o’quvchilar ongiga singdirgan holda yanada kuch va g’ayrat bilan o’qishga va ishlashga harakat qildik.
I chorakni o’quvchilar dan nazorat testini olish bilan ijobiy yakunladim. Ta’til davomida test natijalaridan kelib chiqqan holda o’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni aniqlab oldim. II chorakni esa ushbu bo’shliqlarni to’ldirish bilan boshladim.
Noyabr va dekabr oyida navbatdan tashqari o’tkazilgan president saylovida faol ishtirok etdim. 8-dekabr-Konstitutsiya kuni munosabati bilan o’tkazilgan yig’ilishda yangi prezidentimiz Sh.M Mirziyoyev taklifi bilan 2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” hamda Andijonda Z.M. Bobur yili deb e’lon qilindi. Yangi yil uchun reja tuzib oldim va ularni bajarishga harakat qildim. Masalan sinfda bolalar bilan birgalikda Bobur ruboiylaridan yodlab, uning hayotiga oid sahna ko’rinishlarini yaratdik.
II chorakni yakunida o’quvchilar bilan birgalikda “Yangi yil” darslarini amalga oshirdim. Unda o’quvchilarga “Yangi yil” bayrami haqidagi she’rlarni yodlattirib, o’g’zaki nutq madaniyatini rivojlantirishga harakat qildim.
Yanvar oyida 2-“V” sinf o’quvchilari bilan birgalikda “Yil fasllari” mavzusida ochiq dars o’tdik. Ushbu ochiq darsda tahlil uchun bir qator o’qituvchilar kirib, o’qituvchilik faoliyatimdagi yutuq va kamchiliklarimni aniqlab berdilar.
Yil davomida yillik ish rejasi asosida dars soatlari va tarbiyali ishlarni birgalikda teng olib borishga harakat qildim. Yanvar oyida tuzib olingan reja asosida bir qator ishlar amalga oshirildi. 14-yanvar “Vatan himoyachilar kuni” munosabati bilan sinflarda “Mardlar qo’riqlaydi Vatanni “ shiori ostida kichik sahna ko’rinishlarini amalga oshirdik. Birinchi prezidentimizning tavallud kuni munosabati bilan sinflarda Karimov burchagi tashkil etilib, xotira darsi tashkil etildi.
Fevral oyi g’azal mulkining sultoni mir Alisher Navoiy va shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur kabi ulug’ zotlar tavallud topgan. Shu munosabat bilan sinflarda bu ikki ulug’ zotlarning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berib, ularning lirikasidan na’munalar yodlatildi
Mart oyida 8-mart-onajonlar bayrami, 21-mart esa milliy qadriyatlarni ulug’lovchi Navro’z bayramlari haqida darslarda o’quvchilarga ma’lumotlar berilib, shu bayramlar haqida diktantlar olindi.
Aprel, may oylarida sinflarda rasmlar tanlovini va ifodali o’qish mashqlarini ko’p bor o’tkazdim.
Yil davomida o’tilgan darslar o’quvchilar ongida bir umr yaxshi saqlanib qolish bilan birga shunday insonlar yashagan yurtga muhabbat va faxr hissini uyg’otadi.
Yil davomida 2-sinflar uchun “Chiroyli yozish” to’garagi va 3-sinflar uchun “Ifodali o’qish” to’garaklari muntazam ishlab turdi. To’garakda 2-va 3-sinf o’quvchilari faol ishtirok etdilar.


O’zbek tili o’qituvchisi: Atabayeva M.
Download 18.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling