Mavzu: pedagogik jarayonni rejalashtirish


Download 85.39 Kb.
bet1/12
Sana16.06.2023
Hajmi85.39 Kb.
#1513544
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
PEDAGOGIK JARAYONNI REJALASHTIRISH


MAVZU: PEDAGOGIK JARAYONNI REJALASHTIRISH
REJA
KIRISH
ASOSIY QISM

1. MTT da bolalar hayotini tashkil etish.


2. Bolalarning faoliyatida ta’lim-tarbiya vazifalarni amalga
oshirish va rahbarlik qilish
3. Kunning birinchi va ikkinchi yarmini rejalashtirish.
4. Ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish mazmuni


III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


KIRISH
Mustaqillik O‘zbekistonimizning ravnaqi bugungi yosh, yangi avlodning har tomonlama to‘llaqonli, barkamol shaxs sifatida shakllanishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Chunki davlat mustaqil fikrlaydigan, ruhi komil, dili pok insonlar tomonidan quriladi va mustahkamlanadi.
Kelajagimiz poydevori bo‘lgan yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining” ahamiyati kattadir. Bu o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinganligi hamda ushbu xujjatlar mohiyatiga ko‘ra uzluksiz ta’lim tizimining shakllanganligi ta’lim –tarbiya asoslarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida jiddiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Eng avvalo tizimni huquqiy me’yoriy bazasi mustaxkamlanmoqda. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2007 yil 25 oktyabrdagi “Maktabgacha ta’lim soxasidagi me’yoriy –huquqiy xujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 225 –sonli qaror bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi Nizom” “O‘zbekiston Respublikasida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasi to‘g‘risidagi Nizomi” va “Qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risidagi Nizom”lar, Adliya vazirligidan o‘tgan “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomlar va maktabgacha ta’lim muassasasining namunaviy Ustavi hamda ota –onalar bilan tuziladigan namunaviy shartnoma, maktabgacha ta’lim muassasasining pedagogik Kengashi, maktabgacha ta’lim muassasalari pedagog xodimlarning uslubiy birlashmalari to‘g‘risidagi Nizomlar shular jumlasidandir. Ushbu qabul qilingan xujjatlar maktabgacha ta’lim tizimining tashkiliy masalalarigina xal etib qolmasdan, balki uni mazmun jixatdan takomillashtirishga zamin yaratadi.

Download 85.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling