Mavzu: pedagogik jarayonni rejalashtirish


TA’LIM-TARBIYA ISHLARINI REJALASHTIRISH MAZMUNI


Download 85.39 Kb.
bet8/12
Sana16.06.2023
Hajmi85.39 Kb.
#1513544
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
PEDAGOGIK JARAYONNI REJALASHTIRISH

4. TA’LIM-TARBIYA ISHLARINI REJALASHTIRISH MAZMUNI
Ta’lim-tarbiyaviy ishning mazmuni, metod iva usullari hamda uni tashkil etish turlari, bolalar xulq-atvorini tarbiyalash mazmuni, ularda madaniy-gigienik malakalarni shakllantirish, bolalar mehnati va o‘yinlariga rahbarlik usullari, bolaning bo‘sh vaqti, ko‘ngil ochar daqiqalarni tashkil etish, shuningdek, ota-onalar bilan ishlash turlari rejalashtirilishi lozim.
O‘qitishning har bir bo‘limiga doir mashg‘ulotlarni rejalashtirishda bilimlarni egallashning asosiy bosqichlari hisobga olinadi. Rejada bilimlar mazmunining takrorlanishi, ularni sekin asta murakkablashtirish nazarda tutiladi. Istalgan bo‘limga doir mashg‘ulotlarni rejalashtirishda mazkur bo‘lim bilan bog‘langan asosiy ta’lim-tarbiyaviy masalalardan tashqari dasturning boshqa bo‘limlaridan ayrim masalalarni kiritish kerak. Mashg‘ulotlarni bunday yaxlitlash ularni rivojlantiruvchi samarasini oshiradi.
Ta’lim-tarbiyaviy ishlar mashg‘ulotlardan tashqarida: kundalik turmush, o‘yin, mehnatda ham davom ettiriladi. Rejada bolaning xulq-atvorini: bir-birlariga xayrixoxlik munosabatini, bir-birining o‘yiniga qiziqishlari bilan hisoblashishni, yuzaga kelgan nizolarni xaqgo‘ylik bilan hal qilish kabilarni tarbiyalash vazifalari nazarda tutiladi.
Rejada o‘yinda bolalarni o‘zaro munosabatlari va xulq-atvorlarini tarbiyalash vazifasini kiritib, tarbiyachi bolalar o‘yinlarining mazmunini, ularning o‘ynash ko‘nikmalarini hisobga oladi. Kun davomida tarbiyachsi xilma xil harakatli va didaktik o‘yinlarni uyushtiradi, ularga rahbarlik rejalashtiradi.
Bolalarning mehnat faoliyatlarini tashkil etish shakllariga doir rejalashtirish muhimdir. Mehnatni tashkil etish shakli sifatida barcha guruhlarda topshiriqlardan foydalaniladi. O‘z mazmuniga ko‘ra topshiriqlar turlicha bo‘lishi mumkin. Tarbiyachining ish rejasida yangi topshiriq mazmunini qayd etish, so‘ngra uni bajarishga jalb etiladigan bolalar ismlarini ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachi bolalar navbatchiligiga rahbarlikni rejalashtirar ekan, tarbiyachi mehnat hajmi va mazmunini, bolalarga navbatchilik vazifalarini tanishtirishda foydalanadigan jihoz, metod va usullarni ko‘rsatadi.
Rejada bolalarning jamoa shaklidagi mehnatlarini tashkil qilish mazmuni va tarkibi, o‘tkazish vaqti ko‘rsatiladi. Zarur jihozlar belgilanadi va joylashtiriladi.
Mustaqillik bayramlari, mustaqil yurtimizdagi muhim sanalar va xodisalar bilan bog‘liq bayramlar, maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga Vatanga muhabbat, baynalminal xislarni tarbiyalash, ularni xalqimizning boy milliy va umumbashariy qadriyatlari asosida tarbiyalash maqsadida bayram ertaliklari o‘tkaziladi. Bayramlarni tarbiyaning muhim vositasi sifatida puxta rejalashtirish lozim. Rejada muassasaning butun jamoasi, bolalarning tayyorlarligi aks ettiriladi. Pedagogik kengashda bayram ssenariysi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalar o‘rtasida pedagogik targ‘ibotni amalga oshiradi. Ularni oila va maktabgacha ta’lim muassasasining bolalarga ta’sir ko‘rsatishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadlarida ta’lim-tarbiyaviy ish mazmuni bilan tanishtiradi. Bolalarni oilada tarbiyalashning ilg‘or usullarini o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi. Bu ish izchil tarzda amalga oshiriladi va maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi tomonidan yillik rejada, tarbiyachi tomonidan ham rejalashtiriladi. Ishni tashkil etish usullari quyidagilarni: ota-onalar majlisi, bolani oilasiga borishni, ochiq eshiklar kunini, mashg‘ulotlar o‘tkazishni, bolalar ishlari bo‘yicha ko‘rgazmalar tashkil etishni nazarda tutadi.
Ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish shakllarini ilova etamiz.

Download 85.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling