I-dars Mavzu: Hayot va turmush odobi (oilashunoslik) fanining maqsad va vazifalari Mavzuga oid tayanch iboralar
O’zbek oilasi ham o’zbek millati bilan birga shakllanish bosqichlarini
Download 16.72 Kb.
|
1 2
Bog'liq1 мавзу
O’zbek oilasi ham o’zbek millati bilan birga shakllanish bosqichlarini bosib o’tgan. Oilaning tarixiy shakllaridan biri bo’lgan patriarxal - katta oila ota tomonidan qarindosh-lik, urug’-aymoqchilikka asoslangan edi. Katta oila odatda bir necha og’a-ini, ularning xotinlari, o’g’illari, kelinlari, turmushga chiqmagan qizlari va hokazolarni birlashtirardi. Bunday oila uch yoki undan ham ko’proq avlod vakillaridan ibo-rat bo’lib, uning a’zolari soni ba’zan 100 kishidan ham ko’proq-ni tashkil etardi.
Oila tuzilishining bunday shakli Xorazmda "katta oila", Zarafshon vodiysida "ota uyi", Qashqadaryoda "bir qozon", 'katta ro’zeor", Qoraqalpog’istonda "koile" deb atalgan. Katta oila Yaqin va O’rta SHarkdagi barcha mamlakatlarda mavjud bo’lgan. O’rta Osiyoda katta oila miloddan avvalgi 1000 yillikda paydo bo’lgan. Miloddan avvalgi USH-SH asrlar-da o’lkada katta oila juda keng tarqalgan. Katta oilaning iktisodiy asosini oila ixtiyoridagi ishlab chikarish vosita-lari yer, chorva mollari, mehnat qurollariga umumiy egalik tashkil etgan. Hatto kelin uchun qalin ham umumiy mulkdan berilgan. Katta oilad,a nikoh asosan bir urug’ vakillari o’rtasida tuzilgan. Oila munosabatlarida din alohida o’rin egallashi yaxshi ma’lum. Olimlarning ta’kidlashiga ko’ra Markaziy Osiyo, yanada aniqrog’i Xorazm zardushtiylikning asl vatanidir. Zardushtiylikning muqaddas kitobi - "Avesto" ham shu zaminda paydo bo’lgan. Zardushtiylikda olov gunohlardan tozalovchi sehrli kuch hisoblanadi va unga sig’iniladi. "Avesto"da ezgulik xu.do-si Axuramazda, yomonlik timsoli Anxra-Maynko (Axriman), yigit qiyofasidagi quyosh va yorug’lik tangrisi Mitra, go’zal qiz siymosidagi unumdorlik, farovonlik tangrisi.Anaxita, go’zal qush qiyofasidagi baxt, taqdir va boylik tangrisi Humo gavdalanadi. Download 16.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling