I. Darsning maqsadi: a Ta’limiy maqsad Kompyuterdagi kalkulyatordan foydalanish haqida ma’lumot berish


«+» — qo'shish, «—» — ayirish, «x» — ko'paytirish, «/» — bo'lish


Download 73.24 Kb.
bet2/4
Sana31.01.2024
Hajmi73.24 Kb.
#1830133
1   2   3   4
Bog'liq
9- dars. Kompyuterdagi kalkulyatordan foydalanish

«+» — qo'shish, «—» — ayirish, «x» — ko'paytirish, «/» — bo'lish;
3) boshqa amallar:
«sqrt» — kvadrat ildiz chiqarish,
«%» — foiz hisoblash,
«1/x» — teskari sonni hisoblash,
«+/—» — son ishorasini almashtirish,
«,» — sonni butun va kasr qismga ajratish,
«=» amalni bajarish;
4) xotira bilan ishlash amallari:
«MR» — xotiradan ekranchaga chaqirish,
«MC» — xotirani tozalash (xotiradagi sonni o'chi-rish),

«MS» — ekranchadagi sonni xotiraga yozish,


«M+» — ekranchadagi sonni xotiradagi songa qo'shish;
5) o'chirish tugmachalari:
«Backspace» — ekranchadagi oxirgi raqamni o'chirish, «CE» — ekranchadagi oxirgi sonni o'chirish, «C» — bajarilayotgan barcha amallarni va ekranchadagi sonni o'chirish.
Kalkulyatorda amallar qanday bajariladi?
Kalkulyatorning menyular satri quyidagi 3 ta menyudan iborat:

Tahrir
(Правка)

Ko'rinish
(Вид)

Ma'lumot
(Справка)

Tahrir menyusi sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosish yordamida ochiladi. U Nusxalash (Копировать) va Joylashtirish (Вставить) amallaridan iborat.
Amallar yonida, mos ravishda, Ctrl+C va Ctrl+V tezkor klavishalar juftligi ko'rsatilgan. Klavishlar juftligidan qanday foydalanishni awalgi darslarda ko'rib o'tilgan.
Ko'rinish menyusi kalkulyatorning Oddiy (Обычный) va Muhan-dislik (Инженерный) ko'rinishlaridan birini tanlash imkonini beradi.
Odatda, sondagi raqamlarni guruhlarga ajratish sonning qiymatini aniqlash uchun qulay bo'ladi. Ko'rinish menyusining Guruhlardagi raqamlar soni (Количество цифр в группе) amali shu imkoniyatni berish uchun kiritilgan.
Ma'lumot menyusi yordamida kalkulyatorning barcha imkoniyat-lari, qanday ishlatilishi va kim tomonidan ishlab chiqarilganligi haqidagi ma'lumotlarni olish mumkin.
Quyida sichqoncha va yordamchi klavishlar orqali kalkulyatorni ishlatishga doir misollar keltirilgan. Bunda Num Lock indikatori yonib turgan bo'lishi lozim.
1. Hisoblang: 59*4 + 114/3. Hisoblashni bajarish uchun:

  1. klavishlar yordamida 59 yoziladi;

  2. «x» klavishi bosiladi yoki sichqoncha yordamida «x» amali tan-lanadi;

  3. klavishalar yordamida 4 yoziladi;

4) ko'paytmani hisoblash uchun Enter klavishi bosiladi yoki
sichqoncha yordamida «=» amali tanlanadi;

  1. ekranchadagi sonni xotiraga yozish uchun sichqoncha yordamida «MS» amali tanlanadi;

  2. klavishlar yordamida 114 yoziladi;




  1. «/» klavishi bosiladi yoki sichqoncha yordamida «/» amali tanlanadi;

  1. klavishlar yordamida 3 yoziladi;

  1. bo'linmani hisoblash uchun Enter klavishi bosiladi yoki sichqoncha yordamida «=» amali tanlanadi;




  1. ekranchadagi sonni xotiradagi songa qo'shish uchun sichqoncha yordamida «M+» amali tanlanadi;

  2. natijani ekranchaga chiqarish uchun sichqoncha yordamida «MR» amali tanlanadi.


Download 73.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling