I guruh bosh guruhchasi elementlarning umumiy tavsifi Reja


Download 42.1 Kb.
bet1/4
Sana08.06.2023
Hajmi42.1 Kb.
#1464205
  1   2   3   4
Bog'liq
1 guruh bosh guruhchasi elementlarni




I guruh bosh guruhchasi elementlarning umumiy tavsifi
Reja:

  1. I guruh bosh guruhchasi elementlarining umumiy tavsifi

  2. Natriy, kaliy rubidiy seziyning tabiatda uchrashi, fizik-kimyoviy xossalari, muhim birikmalari, ishlatilishi

  3. Fransiy, tabiatda uchrashi, fizik-kimyoviy xossalari, muhim birikmalari, ishlatilishi

Birinchi guruhning asosiy guruhchasiga (ishqoriy metallar) litiy, natriy, kaliy, rubidiy, seziy va fransiy elementlari kiradi.


Ishqoriy metallar atomlarining energetik pog’onalarida elektronlarning taqsimlanishi quyidagicha:
Li – 1s22s1, Na[Ne] – 3s1, K[Ar] – 4s1, Rb[Kr] – 5s1, Cs[Xe] – 6s1.
Ishqoriy metallar atomlari o’zining tashqi elektron qavatidagi yagona elektronini osonlik bilan yo’qotib, oksidlanish darajasi + 1ga teng bo’ladi. Ularning qaytaruvchanlik xossasi litiydan fransiyga tomon kuchayadi, chunki elektron qavati soni ortib, sirtqi qavatdagi elektron yadrodan borgan sari uzoqlashadi, ya’ni valent elektronning yadroga tortilish kuchi zaiflashib boradi, natijada kuchli qaytaruvchi bo’ladi. Bir elektronni yo’qotish oson bo’lgani uchun ular tabiatda hamisha birikma holida uchraydigan faol metallardir. Ularning hammasi yengil, yumshoq, kumushday oq, hatto yaltiroqdir.
Rubidiy va seziy havoda o’z-o’zidan yonib ketadi. Bu elementlarning oksidlari Me2O gidridlari MeH gidroksidlari esa MeOH formula bilan ifodalanadi. Metallar orasida ishqoriy metallar eng yuqori kimyoviy faollikni namoyon qiladilar, ular metallarning elektrokimyoviy kuchlanish qatorida qatorning boshlanishida joylashadilar. Ishqoriy metallarning aksariyat tuzlari suvda yaxshi eriydi
Litiy. Tartib nomeri 3, atom og'irligi 6,939, tabiiy izotoplarining massa soni 6 va 7. Litiy og'irlik jihatidan Yer yuzining 3∙10-3 % ini tashkil etadi. Tabiatdagi litiyning 92,5% i 7Li dan iborat, qolgan 7,5% i esa 6Lidir. Litiy ko’pchilik minerallarda, mineral suvlarda, hatto tirik organizmlarda uchraydi. Uning eng muhim minerallari lipidolit KLi(Si6O16)(FeOH)2 va spudomen LiAl(SiO3)2 dir. Undan tashqari petiolit (Li5Na)AlSiO4O16, litiofillit (Li, Mn, Fe)PO4 tarkibi qo’shaloq tuz va boshqa minerallar tarkibida ham litiy uchraydi.
Hozirgi vaqtda litiy ikki usul bilan olinadi. Birinchi usul: kaliy xlorid bilan litiy xlorid (1:1 nisbatda) qotishmasini 450o-500°C da suyuqlantirib elektroliz qilishdan iborat. Suyuqlantirilgan tuzlarni elektroliz qilish ancha qiyin bo'lgani uchun keyingi vaqtlarda litiy bromid bilan alyuminiy bromid aralashmasi nitrobenzolda yoki piridinda eritilib elektroliz qilinadigan bo'ldi. Bunda litiy katodda ajralib chiqadi, alyuminiy esa kompleks birikma holida eritmada qoladi.
Ikkinchi usul: keyingi vaqtda vakuum texnikasining rivojlanishi natijasida metallarni olishda yangi vakuum-metallurgiya yuzaga keldi. Bu usulda litiy oksid bilan ohak aralashmasi alyuminiy yoki ferrosilisiy ta'sirida qaytariladi:
2Li2O + 2CaO + Si → 4Li + Ca2SiO3
Prosess naysimon vakuum pechda yuqori haroratda (950o-1000°C da) olib boriladi. Vakuum pech nayning bir uchi sirtidan suv bilan sovutib turiladi. Reaksiya vaqtida hosil bo'lgan litiy pechning sovutilib turgan joyiga yigiladi.
Litiy erkin holatda juda yengil, hatto benzinga ham botmaydigan kumushsimon - oq metall. Litiy juda aktiv metall. U odatdagi sharoitdayoq kislorod va azot bilan birikib Li2O va Li3N hosil qiladi. Shu xossaga ko’ra undan inert gazlarni tozalashda foydalaniladi.

Litiyning bu nitridi suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi

Litiy 200°C dan yuqori haroratda yonib ketadi. Litiy kislotalarning suyultirilgan eritmalarida yaxshi, konsentrlangan sulfat kislotada esa sekin eriydi; konsentrlangan nitrat kislota ta'sirida shiddat bilan oksidlanadi, hatto suyuqlanib yonib ketishi ham mumkin.
Litiy metallar bilan intermetall birikmalar hosil qiladi. Masalan litiynig simob bilan hosil qilgan birikmalari LiHg2, LiHg3, LiHg, Li2Hg, Li3Hg, magniy bilan LiMg2 alyuminiy bilan LiAl, Li3Al va hokazo. Litiy faqat magniy, rux, alyuminiy va boshqa metallar bilan intermetall birikmalargina emas, balki qattiq eritmalar ham hosil qiladi.
Litiy vodorod atmosferasida qizdirilsa, rangsiz kristall modda - litiy gidrid LiH hosil bo'ladi. Litiy gidridning kristall tuzilishi xuddi osh tuzinikiga o'xshaydi.
Litiy gidrid yordami bilan litiy alyuminiy gidrid LiAlH­4 olishga muvaffaq bo’lindi. Litiy yondirilsa oq tusli Li2O hosil bo'ladi, bu jihatdan Li boshqa ishqoriy metallardan farq qiladi; boshqa ishqoriy metallar yonganida peroksidlar hosil bo'ladi.
Litiy oksid suv bilan reksiyaga kirishib litiy gidroksid hosil bo'ladi.
Li2O + H2O→ 2LiOH + 10,6 kkal
Litiy gidroksid kuchli asos bo'lib, o'zining asoslik quvvati jihatidan NaOH bilan Ca(OH)2 orasida turadi. Litiy gidroksid suvda kam eriydi. Suvdagi eritmada litiy gidroksid LiOH∙H2O shaklida kristallanadi.
Litiy galogenlar bilan bevosita birikadi. Litiy ftorid – oq tusli kristall modda: suvda oz eriydi.
Litiy xlorid oq gigroskopik modda, 614°C da suyuqlanadi suvda juda yaxshi eriydi. Suvdagi eritmalaridan LiCl∙H2O, LiCl∙2H2O, LiCl∙3H2O holida kristallanadi.
Litiy bromid 549°C da suyuqlanadi, suvda yaxshi eriydi, suvdagi eritmalarda kristallgidratlar holida kristallanadi.
Litiy yodid 453°C da suyuqlanadigan kristall modda, suvda yaxshi eriydi. Suvdagi eritmalardan yodid kristallgidratlar holida kristallanadi.
Litiy karbonat xuddi ishqoriy yer metallarning karbonatlari kabi suvda oz eriydi. Uning eruvchanligi harorat ortishi bilan kamayadi.
Litiy gidrokarbonat LiHCO3 - ishqoriy-yer metallarning gidrokarbonatlari kabi, suvda yaxshi eriydi. Vaholanki, boshqa ishqoriy metallarning gidrokarbonatlari suvda yomon eriydi.
Litiy fosfat Li3PO4 suvda yomon eriydi, bu bilan u kaliy, natriy fosfatlardan farq qiladi va magniy fosfatga o'xshab ketadi.
Litiy uglerod bilan vakuumda cho’g’ holida qizdirilsa Li2C2 litiy karbid hosil bo'ladi.
Litiy oltingugurt bilan Li2S birikma hosil qiladi.

Download 42.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling