I ijtimoiy-iqtisodiy hayot va ilm-fanda ayollarning órni I
Download 0.73 Mb.
|
Mustaqil O‘zbekistonda xotin-qizlarning o‘rni va roli.
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-Bob
- Foydalanilgan adabiyotlar......................................................................... Kirish Mavzu dolzarbligi.
M U N D A R I J A : Kirish.......................................................................................................... I-Bob.Bugun gender tengligi - barqaror ertangi kun uchun......................... I.1.Ijtimoiy-iqtisodiy hayot va ilm-fanda ayollarning órni......................... I.2.Oliy talim tizimida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish ............................................................................................ II-Bob.Yoshlar bandligini taminlash masalalari......................................... II.1. Oliy oʻquv yurtlari talabalari bandligini taʼminlash ......................... II.2.Yoshlar bandligini taminlashda muammo va yechimlar ................... Xulosa.......................................................................................................... Foydalanilgan adabiyotlar......................................................................... Kirish Mavzu dolzarbligi. Bugungi kunda, Mamlakatimiz fuqarolarining katta qismini yoshlar va xotin-qizlar tashkil etadi.Aholining 49,7 foizi hamda mehnat resurslarining 45 foizi ayollar hissasiga tog’ri kelmoqda. Demak, yurtimizdagi ijtimoiy masalalarning aksariyati ular hayoti bilan chambarchas bog’liq. Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov: ta’lim va bandlik — yoshlarni tashvishlantirayotgan asosiy muammolardan biri Milliy tadqiqotdagi yangi ma’lumotlar O‘zbekistonda yoshlar farovonligini ta’minlash uchun yoshlar siyosatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qiladi “Yuksalish” umummilliy harakati va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tayyorlangan hisobot O‘zbekiston yoshlarini tashvishga solayotgan asosiy muammolar — ta’lim olish va ish ish bilan bandlik masalalari ekanligini ko‘rsatdi. "O‘zbekiston yoshlari: muammolar va istiqbollar" deb nomlangan hisobotda O‘zbekiston yoshlari hayotining asosy jabhalari — ta’lim va tarbiya, kasbiy hayot va iqtisodiy imkoniyatlar, raqamli hayot va Internet, oila va fuqarolik faoliyati sohalaridagi umumiy holati bo‘yicha ma’lumot berilgan. — Ushbu yangi hisobotda aholining eng katta qismi bo‘lgan yoshlar ovozlari birlashtirilgan, bu esa bizga ularning oldidagi burchimizni yodimizga soladi. Ya’ni yoshlarni shiddat bilan taraqqiylashib borayotgan, noodatiylikka to‘la hayotga; ta’lim va malaka — ishli va ishsiz bo‘lish, qashshoqlik va farovonlik, noumidlik va umid o‘rtasidagi farqni anglatishi mumkin bo‘lgan hayotga tayyorlash burchimizdir. O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiqish yoki BMTning 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish dasturi borasidagi ulkan maqsadlarga erishish uchun mamlakat tarixida aholining eng katta qismini tashkil etgan yoshlarning ishonchini oqlashamiz muhimdir, deydi YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yoshlarini tashvishga solayotgan asosiy muammolar: ta’lim (respondentlarning 77%i) va bandlikdir (respondentlarning 61,8%i). Hisobotda aytilishicha, yoshlarning katta qismi (54,6%i) majburiy o‘rta ta’limni tugatgandan keyin o‘qimaydi, ishlamaydi yoki kasb-hunar tayyorgarligini o‘tamaydi. Ushbu ko‘rsatkich 18 yoshdan oshgan ayollar uchun keskin o‘sib boradi va 25-30 yoshdagi ayollarning 74%ini tashkil qiladi. Erkaklar uchun bu ko‘rsatkich pastroq bo‘lib, yosh ulg‘ayib borishi bilan 24,8%gacha pasayadi. Hisobotda, shuningdek, yoshlar eng yuqori darajada qadrlaydigan malakalar va bilimlar bayon etiladi. Bular qatoriga chet tillarini bilish, biznes savodxonligi, tadbirkorlik ko‘nikmalari kabilar kiradi. Yoshlar yetakchilik va moslashuvchanlik kabi “ijtimoiy” ko‘nikmalarga ehtiyojlari borligini ham ta’kidladlaganlar. Gender tengsizligi Internetdan foydalanish va axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlarni egallashda ham kuzatiladi. Hech qachon Internetdan foydalanmaydigan yosh ayollar soni (68,1%) erkaklarga (34,3%) nisbatan ikki baravar ko‘p. Hisobotda aytilishicha, qizlar va yosh ayollar Internetdan foydalanganlari uchun ko‘pincha tanqid qilinishlari, Internet ularning xulq-atvoriga yomon ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risida fikr keng targalganligi qayd etilgan. — Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalash mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishning eng muhim shartidir. Yoshlarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir, deydi "Yuksalish" umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov1. Ma’lumotlar tahlili asosida hisobotda tavsiyalar berilgan bo‘lib, ular yoshlarning hayotiy, texnik, innovatsion va tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan. Asosiy tavsiyalardan biri bu — teng imkoniyatlar yaratish va xulq-atvor o‘zgarishini rag‘batlantirish orqali iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotda yosh ayollarning faol ishtirokini ta’minlashdir Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling