I. Isoqov, S. I. Qulmamatov


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana19.06.2020
Hajmi1.48 Mb.
#120417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
informatikani oqitishda innovatsion texnologiyalar


Usul  –  nazariyada  olgan  bilimni  amaliy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  muammoni  hal 

qilishdagi  ishlatish  yo’li.  O`rganiladigan  fanning  xususiyatiga  qarab  usullar  turli  xil 

ko’rinishda bo’ladi. 

    


Uslubiyat – o’quv jarayonini to’g’ri tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar 

majmuasidir. 

        Metod  –  biror  jarayondagi  nazariya  va  amaliy  bilimlar  sohasini  egallashga 

yo’naltirilgan harakatlar, usullar majmuasidan iborat. 

    

Metodologiya  –  metodlar  haqidagi  ta`limot.  Metodologiya  muayyan  fan  uchun 

ilmiy bilish nazariyasini ifodalovchi ta`limotdir. 

    

Ta`lim  metodikasi  –  aniq  bir  o’quv  predmetini  o’qitishga  mos  qonun,  qoida, 

metod  va  uslublar  majmuasidir.  Bu  ta`lim  jarayonida  o’qituvchi  va  talaba  faoliyati 

uyg’unligini ta`minlovchi pedagogik faoliyatdir. 

   


“Texnologiya” – yunoncha ikki so’zdan –  “texnos” (techne) – mahorat, san`at 

va “logos” (logos) – fan, ta`limot so’zlaridan tashkil topgan. 

     

Texnologiya  so’zi  zamirida  rejalashtirilgan  jarayonlarni  amalga  oshirish  usul  va 



vositalari  haqidagi  bilimlar  yig’indisi,  shuningdek  manbada  sodir  bo’ladigan  sifat 

o’zgarishlari mujassamlashgan bo’ladi. 

     

Ta`lim  texnologiyalarini  tadqiq    etishda  avvalo,  quyidagilarga  e`tibor  berish 



lozim: 

-  rejalashtirlgan  ta`lim  texnologiyasiga  ijtimoiy  -  pedagogik  asoslar  nimalardan  

iboratligini aniqlash;                                                                                                                                      

-  ta`lim  texnologiyasining  jarayon  sifatida  bosqichma-bosqich  amalga  oshiriladigan 

qat`iy  ketma-ketligi  mavjudmi,  ularning  funktsional  tuzilmasi  nimalardan  iboratligini 

belgilash; 

-  bu  texnologiya  bugungi  kun  talabiga  va  jahon  ta`limi  talablariga  mos  kelishligini 

o’rganib chiqish; 

-  ta`lim  texnologiyasining  maqsadini  o’rganilayotgan  o’quv  predmetining  maqsadlari 

bilan mos keltirish. 

      

Bunda joriy va oraliq natijalar muntazam ravishda nazorat qilinib boriladi va shu 



yo’sinda ta`lim jarayoni boshqariladi. Agar rejalashtirilgan maqsad bilan olingan natija 

bir-biriga  mos  tushsa,  pedagogik  jarayon  oxiriga  etgan  hisoblanadi,  ya`ni  pedagogik 

texnologiya jarayoni tugallangan deyiladi. 

     


Pedagogik  texnologiyaning  bosh  muammosi  talaba  (o’quvchi)  shaxsini 

rivojlantirish yo’li bilan o’qitishga qo’yilgan maqsadga erishishdan iborat. 



 

18 


      

Pedagogik  texnologiyaga  YUNESKO  ta`rifi:  -  Pedagogik  texnologiya  ta`lim 

berish va o’zlashtirish usullarini yaratish, qo’llash, ularni yagona tizimga keltirish yo’li 

bilan  inson  salohiyati  va  texnik  vositalarining  barcha  imkoniyatlaridan  muvofiq 

foydalanib, bilimlar o’zlashtirilishining eng maqbul jarayonidir. 

        Ta`rifdan ko’rinib turibdiki, pedagogik texnologiya asosan tizimli yondashuvdan 

iborat  bo’lib,  pedagogik  tadqiqotlarda  “tizimiy  yondashuv“  tadqiqot  usuli  boshqa 

yondashuvlardan  keskin  farq  qiladi  va  manbani  har  tamonlama  chuqur  o’rganish 

imkonini beradi. 

        Ta`lim  texnologiyalarini  o’quv  jarayoniga  joriy  etishning  dolzarbligi  quyidagi 

beshta shartlarning barcha talablariga javob beradigan ta`limiy tadbirdir: 

- “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “ maqsadi va vazifalarini ro’yobga chiqarish uchun 

ta`limni jadallashtirish zarurligi; 

- ta`lim-tarbiya jarayonida o’qituvchi va o’quvchi rolini o’zgartirish zarurligi; 

-  fan-texnika  taraqqiyotining  o’ta  rivojlanganligi  natijasida  axborotlarning  keskin 

ko’payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi; 

-  kishilik  jamiyati  o’z  taraqqiyotining  shu  kundagi  bosqichida  nazariy  va  empirik 

bilimlarga  asoslangan  tafakkurdan  tobora  foydali  natijaga  ega  bo’lgan,  aniq  yakunga 

asoslangan texnik tafakkurga o’tib borayotganligi; 

-  barkamol  avlodni  tarbiyalash  talabi  ularga  eng  ilg’or  bilim  berish  usuli  hisoblangan 

ob`ektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishi. 

      


O`zbekistonlik  pedagog-olim    L.  V.  Golish  ta`lim  texnologiyasini  quyidagicha 

ifrdalab bergan:          

    

Ta`lim  texnologiyasi  –  pedagogik  texnologiyaning  ilmiy  aspektini  belgilash 



uchun  ishlatiladi.  Bu,  texnik  va  inson  resurslarini  hamda  ularni,  o’z  oldiga  ta`lim 

shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi hamkorligini hisobga olgan holda dars 

berish  va  bilimlarni  o’zlashtirishning  barcha  jarayonlarini  yaratish,  qo’llash  va 

belgilashning tizimli usuli”. 

      

Ta`lim  texnologiyasi  tushunchasi  o’qitish  va  o’rganish  jarayoniga  tizim  sifatida 



qarashni anglatar ekan, avvalo tizim tushunchasini tushunib olish zarur. 

     


2-asosiy  savol  bo’yicha  darsning  maqsadi:  Tizim  va  tizimiy  yondashuv 

tushunchalarini talabalarda shakllantirish. 



Identiv o’quv maqsadlari: 

1. Tizim va tizimiy yondashuv to’g’risidagi tushunchalarga ega bo’ladilar. 

2. Ta`lim texnologiyalari to’g’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar. 

2-asosiy  savol  bayoni:  Tizim    deb,  tartiblangan,  o’zaro  uzviy  bog’langan  va 

birgalikda umumiy funktsiyani bajaruvchi elementlar to’plamiga aytiladi.   

     

Umuman  olganda  tizim  tushunchasi  “element”  ,  “aloqadorlik”,  “bir  butunlik”, 



“yaxlitlik”,  “birlik”,  “ierarxiya”,  “elementlar  o’rtasidagi  aloqadorlik  qonuniyatlari”  va 

shu kabi terminlar (tushunchalar) bilan bog’liq  holda ifodalanadi. 

     

Tizimning  tashkil  etilishi,  uning  elementlari  va  qism  tizimlari  hamda  ulardagi 



umumiy  qonuniyatlar  asosida  olib  boriladi  va  ob`ektlar  (qism  tizimlar  va  elementlar) 

yagona tizim sifatida ishlaydi. Bunday jarayonlar mazmun - mohiyat jihatidan ierarxik 

tizimni tashkil etadi. 

     


Qism  tizim  –  yagona  yaxlit  tizim  va  uning  funktsional  vazifasi  bo’yicha 

qo’yilgan maqsad echimi sari yo’naltirilgan o’zaro bog’langan elementlar majmuasi. 



 

19 


     

Ierarxik  tizim  –  u  ixtiyoriy  tabiatli  (  texnik,  iqtisodiy,  biologik,  ijtimoiy, 

texnologik,  metodologik  va  h.k.)  tizim  bo’lib,  uning  amal  qilish  jarayoni  (funktsional 

vazifasi) ko’p bosqichli tuzilmadan iborat bo’ladi. 

     


Demak,  tizimlar  elementlar  va  qism  tizimlardan  hamda  ular  bo’yicha  umumiy 

qonuniyat  asosida  ierarxik(ko’p  bosqichli)  holatda  tashkil  topar  ekan.  Tizimlarning 

bunday  tashkil  etilishida    uning  elementlari  soni  ko’payib  yoki  kamayib  borishi 

mumkin.  

     

Tarkibidagi  elementlar  sonini  ko’paytirish  yoki  kamaytirish  bo’lganda  ham 



tizimning  maqsad-vazifasi(funktsional  vazifasi)ni  o’zgartirmay  saqlab  qola  olgan 

tizimga ochiq tizim  deb ataladi. 

     

Tizimiy yondashuv tadqiqot usulini qo’llash samarasini aniqlashda uning tizim va 



tizim  elementlarining  manbani  nechog’liq    to’liq  ifodalanganligiga  bog’liq  bo’ladi, 

chunki  tizim  elementlari,  qism  tizimlar  va  ular  orasidagi  uzviy  aloqadorliklar  ham 

dinamik o’zgarishlar asosida – yaxlit tizim hosil bo’ladi. 

     


Tizimiy  yondashuv  (TYo)  –  ilmiy  bilishdagi  metodologik  yo’nalish  bo’lib,  u 

manbani tizim sifatida o’rganadi va tadqiqotchiga tizim maqsad – mazmunini ifodalash 

imkoniyatini  hamda  elementlar  va  qism  tizimlar  orasidagi  turli  bog’lanishlardan  bitta 

maqsad sari foydalanishga sharoitini beradi. 

     

Uzluksiz ta`lim tizimiga qo’yilgan bugungi talab  TYo tadqiqot usulini qo’llashda 



quyidagi asoslarga tayanish lozimligini ko’rsatmoqda: 

- o’rganilayotgan manba bo’yicha nazariy va amaliy ma`lumotlar bankini tayyorlash; 

- tayyorlangan ma`lumotlar bankini ta`lim texnologiyasi va maqsadiga qarab tizimlarga 

ajratish; 

- TYo ning manbaga nisbatan maqsadini aniqlash; 

- TYo tuzilishiga qarab elementlar va qism tizimlarni aniqlab chiqish; 

- TYo vazifasini aniqlash; 

- TYo yordamida o’qitishga ko’rsatma va uslubiy tavsiyalar tayyorlash; 

- olingan natijalarni baholash mezonini ishlab chiqish; 

- maqsadga erishganlik darajasini aniqlash mezonini ishlab chiqish; 

-  TYo  yordamida  ta`limni  boshqarish  to’g’risida  xulosa  chiqarish  va  metodologiyadan 

amaliyotda foydalanishga tavsiyalar tizimini tayyorlash. 

Tizimiy  yondashuv  tadqiqot  usuli    «elementlar  -----    qism  tizimlar-----    tizim»  

aloqadorligidagi  ma`lumotlar  bilan  ish  ko’radi.  Bunday  ko’rinishdagi  ishlarni  bajarish 

esa  ma`lumki,  ma`lumotlarni  qayta  ishlash  bilan  bog’liq    bo’lib,  juda  katta  hajmdagi 

ma`lumotlar  va  ularning  turli  ko’rinishdagi  bog’lanishlarni  e`tiborga  olishga  to’g’ri 

keladi.  Bunday  hollarda  tadqiqotchiga  kompyuterlashtirishdan  foydalanish  yuqori 

samaralar beradi. 

Tizimning faoliyati uni tashkil etuvchi har bir elementga va o’z navbatida har bir 

element bir – biriga chambarchas bo0liq. 

Bundan  shunday  xulosa  kelib  chiqadi.  Ta`lim  jarayonini  bir  tizim  deb  qaralsa, 

uning  tashkil  etuvchilari,  yani  elementlariga  quyidagilar  kiradi:  ta`lim  maqsadi,  o’quv 

maqsadlari(kutilayotgan  natijalar),  ta`lim  beruvchi,  tahsil  oluvchi,  ta`lim  mazmuni, 

ta`lim metodi, ta`lim shakli, ta`lim vositalari, nazorat va baholash. 

Ta`lim  jarayonini  loyihalashtirishda  yuqorida  sanab  o’tilgan  elementlardan 

birortasi  e`tibordan  chetda  qolsa  yoki  noto’g’ri  tanlangan  bo’lsa  tizim  ishlamaydi, 

demakki, ta`lim jarayoni oldiga qo’yilgan maqsadga erishilmaydi. 


 

20 


Mustaqil ish topshiriqlari. 

1.  Ta`lim  texnologiyalarining  respublikamiz  va  horijiy  davlatlardagi  holatlari  haqida 

internet tarmog’idan ma`lumotlar oling. Olingan ma`lumotlarni qiyoslab taqqoslang. 

2. Tizim va tizimiy yondashuv mazmun – mohiyatini tahlil qiling va natijalarni yozma 

shaklda keltiring. 

                     



                               Foydalanilgan adabiyotlar: 

1.  Yuldashev  U.Yu.,  Boqiev  R.R.,  Zokirova  F.M.  Informatika  o’qitish  metodikasi. 

Toshkent,  “Talqin”, 2005 y. 

2. Saidaxmedov N.S. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. T., 2003y. 

3. Saidaxmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar T., “Moliya”, 2003y., 172 b. 

4. To’raqulov X.A. Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari va texnologiyalari. T., 

“Fan”, 2006 y., 240 b. 

5.  Isoqov  I.,  Qulmamatov  S.I.  Informatikani  o’qitishda  innovatsion  texnologiyalar 

fanidan amaliy mashg’ulotlar ishlanmalari. Guliston, GulDU, 2013 y. 

 

4-Mavzu. Ta`limni texnologiyalashtirish va samaradorlikni aniqlashga qo’yilgan 

talablar 

Mashg’ulot turi:    ma`ruza 

Ajratilgan vaqt: 2 soat. 

Asosiy savollar: 

1. O`qitishda YaPT ni qo’llashning samaradorligini aniqlash mezonlari 

2. Talabalarning mustaqil va ijodiy fikrlashida bilimning shakllanganligini aniqlash 

 

Mavzuga  oid  tayanch  tushuncha  va  iboralar:  Dars  bloklari  maqsadi  va  vazifalari,  

mavzuni  yoritishda  ma`naviy-ahloqiy  tarbiya,  ta`lim  jarayonini  xulosalash,  ta`limni 

texnologiyalashtirishda qo’shimcha axborotlardan foydalanish. 



 

Mashg’ulotning tafsiloti: 

Mashg’ulot 

bosqichlari 

Vaqt 

                     Mashg’ulot mazmuni 

  Metod 

Kirish 


 

                                                    

5 daqiqa 

 

10daqiqa 



        Mashg’ulot 

mavzusi, 

maqsadi, 

kutilayotgan natijasini bayon qilish. 

        Talabalarning 

o’tgan 


ma`ruza 

mashg’ulotni 

o’zlashtirish 

darajasini 

aniqlash. 

Ma`ruza 


 

Savol-javob 

 

 

 



Asosiy qism 

 

 



25 

daqiqa 


 

 

30 



daqiqa 

 

      O`qituvchi 



ta`limni 

texnologiyalashtirish  va  samaradorlikni 

aniqlashga 

qo’yilgan 

talablar 

haqida 


ma`lumotlar beradi. 

      Kichik  guruhlarga  mavzu  bo’yicha 

muhokama  qilinadigan  4  xil  murakkablik 

darajasidagi  nazorat  topshiriqlarini  echish 

vazifasi yuklatiladi.  

Ma`ruza 


Taqdimot 

Aqliy hujum 

Kichik 

guruhlarda 



ishlash 

Yakuniy 


qism 

10 


daqiqa 

Kichik  guruhlar  tahlili,  xulosa  qilish  va 

yakun yasash. 

Bahs-  


munozara 

 

21 


 

Darsning texnologik xaritasi. 

№ 

Bajariladigan ish mazmuni 

Amalga 

oshiruvchilar 



Tayyorlov bosqichi: 



*Maqsad:  Ta`limni  texnologiyalashtirish  va  samaradorlikni 

aniqlashga  qo’yilgan  talablar  to’g’risidagi  ma`lumotlarni 

tushunish. 

*Vazifalar: 

-  bo’lajak  o’qituvchilarda  ta`limni  texnologiyalashtirish  va 

samaradorlikni 

aniqlashga 

qo’yilgan 

talablar 

haqidagi 

ko’nikmalarini shakllantirish; 

-  muammolarni maqsad, vazifa va fanning  mazmuni bo’yicha 

umumlashtirish; 

- bilimlarni tekshirish va mustaxkamlash. 

*Mazmun: talabalarning egallashi lozim bo’lgan bilim. 

 

 

 



O`qituvchi 



Darsni tashkil etish bosqichi:    



Uslub:  Og’zaki bayon qilish.  

Shakl:  ma`ruza  mashg’uloti,  kichik  guruhlar  va  jamoada 

ishlash. 



Vosita: tarqatma va taqdimot materiallari. 

Usul: tayyor yozma materiallar. 

Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish. 

Baholash: rag’batlantirish, reyting tizimi asosida baholash. 

 

 

O`qituvchi 





Mustaqil  ishlash  bosqichi:      -  munozara,  aqliy  hujum, 

mikroguruhda  ishlash  va  boshqa  metodlar  orqali  nazorat 

topshiriqlarini echishga yo’naltiriladi. 

-  talabalar  nazorat  topshiriqlarini  hal  qilish  to’g’risidagi 

fikrlarini o’zaro muhokama qilishadi. 

- o’zi va mikroguruh uchun yagona javobni tanlaydi. 



 

 

Talaba 





Natijalarni eshitish va tahlil qilish bosqichi: 

talabalar 



va 

mikroguruh 

fikri 

tinglanadi, 



ularga 

aniqlashtiruvchi savollar beriladi. 

-  mikroguruhlarning  javoblari  to’g’risida  talabalar  fikri 

aniqlanadi. 

- javoblar tahlil etiladi. 

 

O`qituvchi - 



Talaba 



Yakuniy  va  baholash  bosqichi:      -  talabalarning  bergan 

javoblaridan  ko’pchilik  fikriga  mos  kelgani  alohida  ajratib 

olinadi; 

-  talabalarning  nazorat  topshiriqlarini  echishdagi  faolligi, 

intilishlari  hisobga  olingan  holda  amaldagi  reyting  tizimi 

orqali baholanadi; 

- yakuniy fikr aytiladi; 

- mustaqil ish topshiriqlari beriladi. 

 

 



O`qituvchi 

 

 

22 


1-asosiy  savol  bo’yicha  darsning  maqsadi:  O`qitishda  YaPT  ni  qo’llashning 

samaradorligini aniqlash mezonlari tushunchalarini talabalarda shakllantirish. 



Identiv o’quv maqsadlari: 

1.    Talabalar  o’qitishda  YaPT  ni  qo’llashning  samaradorligini  aniqlash  mezonlari 

to’g’risidagi  tushunchalarga ega bo’ladilar. 

2.  Talabalar  o’qitishda  YaPT  ni  qo’llashning  samaradorligini  aniqlash  mezonlari 

to’g’risidagi  tushunchalarni farqlay oladilar. 

 

1-asosiy  savol  bayoni:  Ta`limni  texnologiyalashtirishning  asosini,  ta`lim 

jarayonini,  uning  samaradorligini  oshirish  va  ta`lim  oluvchilarni,  berilgan  sharoitlarda 

va  ajratilgan  vaqt  ichida  loyihalashtirilayotgan  o’quv  natijalarga  erishishlarini 

kafolatlash maqsadida to’liq boshqarish g’oyasi tashkil etadi. 

Bunday yondashishning mohiyati, ta`lim jarayonini tizimlashtirishdan – uni, aniq 

rasmiylashtirilgan  va  detallari  bo’yicha  aniq  elementlarga    bo’lib  tashlash  yordamida 

maksimal shakllantirishdan iborat. 

O`qituvchining  dars  jarayonida  YaPT  larni  qo’llashdagi  ta`lim  samaradorligini  

aniqlash ta`limni to’g’ri olib borayotganligi baholashda muhim omil bo’lib hisoblanadi. 

Shu  sababli  o’qitishda  YaPT  ni  qo’llashning  samaradorligini  aniqlash  mezonlarini 

keltirib o’tamiz. 

      Bunda  birinchi  navbatda  quyidagicha  dars  bloklarining  maqsadi  va  vazifalari 

qaraladi.  

1. Dars bloklari maqsadi va vazifalari to’g’ri aniqlanganligi. 

Bunda  asosan  gumanitar  va  ijtimoiy  fanlar  bloki,  matematik  va  tabiiy-  ilmiy  

fanlar  bloki,  umumkasbiy  fanlar  bloki,  maxsus  fanlar  bloki  va  qo’shimcha  fanlar 

bloklaridagi o’quv fanlari mazmuniga qo’yilgan umumiy talablarga e`tibor beriladi. 



2.Dars  bloklariga  qo’yilgan  maqsad  va  vazifalarni  tanlab  olingan  o’qitish 

metodlariga  mosligi aniqlanadi. 

 Bunda mavjud YaPT va yaratilishi lozim bo’lgan YaPTlar o’rganiladigan fanlar 

bloklariga qo’yilgan maqsad va vazifalarga mos bo’lib, tayyorlangan mutaxassislarning 

kasbiy faoliyatini takomillashtirishga mo’ljallangan bo’lmog’i kerak. 

 

3.  Ta`lim  berish  jarayonida  tarbiyani  ham  amalga  oshirilishi  ko’zda 



tutiladi. 

      


Bunda  ta`lim  va  tarbiya  uyg’unligiga  e`tibor  beriladi.  Ayniqsa,  bo’lajak 

mutaxassislarning  kasbiy fazilatlarini shakllantirish hamda amaliy faoliyatga tayyorlash 

ta`lim  berish  jarayoninig  asosiy  omillaridan  biri  bo’lmog’i  lozim,  aks  holda  ta`limda 

ham  tarbiyada ham yuqori samaradorlikka erishib bo’lmaydi. 



4.  Mavzuni yoritishda ma`naviy-ahloqiy tarbiyaga e`tibor berish. 

        


Bunda har qanday fanni o’qitishda milliy-ma`naviy qadriyatlarni talabalar ongiga 

singdirishga e`tibor berish lozim.  

    

5.  Darsda  YaPT  ni  qo’llash  jarayonida  foydalaniladigan  metod  va 

vositalarning xilma-xilligi hamda ular ichidan samaralisini tanlash. 

Bunda o’rganilayotgan fan(mavzu) xususiyati asosiy rolni o’ynaydi. Fan(mavzu) 

mazmuni  va  o’qitish    jarayoniga    mos    YaPT  lar    to’planadi    va      ular    ichidan  

pedagogik  samarani kafolatlovchisi tanlab olinadi. Tanlash muammosi o’rganilayotgan 

fan(mavzu)  va  ta`lim  oluvchilarga  mos  qilib  tanlanadi.  Aks  holda  eng  samarali 


 

23 


hisoblangan    YaPT  ham  ta`lim  oluvchining  intellektual  salohiyatiga  mos  kelmasa 

ahamiyatsiz bo’lib qolaveradi.              

    

6. Ta`lim oluvchilarni mustaqil ravishda bilim olishga o’rgatish. 

Bunda  o’quv  rejasidagi  mustaqil  ta`lim  va  mustaqil  ishlarga  hamda  ularning 

o’quv uslubiy ta`minotiga qat`iy e`tibor berilishi lozim. Ayniqsa mustaqil ta`lim olishda 

talabalarga  ta`limning  o’quv  –  axborotli  ta`minoti  qo’l  keladi.  O`quv-axborotli 

ta`minotni har bir fan(mavzuga mos holda tayyorlash mumkin va ulardan foydalanishga 

talabalarning EHM bilan muloqoti ta`minlanadi. 



7.  Ta`limning faol usullarini tanlash ko’nikmasiga egalik darajasi. 

    


Bunda  ta`limning  faol  samarali  usullari  tadqiqot  manbai  va  maqsadiga  mos 

tanlanadi  hamda  shu  asosidagi  YaPT  joriy  etilib,  rejalashtirilgan  natijaga  erishishning 

optimal varianti kafolatlanadi. 

8.  Ta`lim jarayonida dunyoviy bilim asoslarini tadbiq qila olishi.  

      


Bunda  har  qanday  fanni  o’qitishda  ham  dunyoviy  va  diniy  ilm  natijalaridan 

foydalanish  mumkin.  Ular  ta`limda  ijobiy  sifat  o’zgarishlari  qilib,  yuqori 

samaradorlikka  erishishni  kafolatlaydi.  Ayniqsa  Markaziy  Osiyoda  yashab  ijod  etgan 

qousiy  olimlarimiz  bugungi  kunda  Er  kurrasidan  tortib  Samogacha  ma`lum  va 

mashhurdir,  ya`ni  ulug’  allomalarimiz  Al-Farg’oniy  va  Mirzo  Ulug’beklar  nomiga 

Osmondagi yulduzlardan ikkitasining nomi qo’yilgan. 

    

2-asosiy  savol  bo’yicha  darsning  maqsadi:  Talabalarning  mustaqil  va  ijodiy 

fikrlashida 

bilimning 

shakllanganligini 

aniqlash 

tushunchalarini 

talabalarda 

shakllantirish. 



Identiv o’quv maqsadlari: 

1.  Talabalarning  mustaqil  va  ijodiy  fikrlashida  bilimning  shakllanganligini  aniqlash  

to’g’risidagi  tushunchalarga ega bo’ladilar. 

2.  Talabalarning  mustaqil  va  ijodiy  fikrlashida  bilimning  shakllanganligini  aniqlash   

to’g’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar. 

2-asosiy  savol  bayoni:  Ikkinchi  navbatda  talabalarning  mustaqil  va  ijodiy 

fikrlashida bilimning shakllanganligi quyidagi tartibda aniqlanadi: 



1.Dars  mashg’ulotlarini  boshlashda  talabalarning  fanni  o’rganishga 

ishtiyoqini  qo’zg’atish  va  dars  maqsadi  hamda  vazifalarni  talabalar  bilan 

hamkorlikda ifodalash. Bunda o’rganilayotgan manba bo’yicha qisqacha qiziqarli 

va amaliy ahamiyatli ma`lumot berish. 

Bunga  asoslangan  holda  ta`lim  maqsadi  va  maqsadga  erishish  uchun 

bajariladigan vazifalarni asoslash kerak. Bu jarayonning qiziqarli ketishining asosi ham 

shunda,  aks  holda  mashg’ulot  zerikarli  bo’lib,  maqsadga  etishdagi  vazifalar  ketma-

ketligiga  ahamiyat  berilmay  qoladi.  Bu  erda  oxirgi  vazifani  hal  qilish  maqsadga 

erishishning  nihoyasi  ekanligini  ta`minlash  muhim  ahamiyatga  ega  bo’lib,  ta`limdagi 

uzviylik hamda uzluksizlik tamoyillarining amalga oshishini ham ta`minlaydi. 


Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling