I. Isoqov, S. I. Qulmamatov


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana19.06.2020
Hajmi1.48 Mb.
#120417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
informatikani oqitishda innovatsion texnologiyalar


 

 

 

 

 

31 


Darsning texnologik xaritasi. 

№ 

Bajariladigan ish mazmuni 

Amalga 

oshiruvchilar 



Tayyorlov bosqichi: 



*Maqsad:  “Innovatsion  texnologiyalar”lar  va  darsning 

texnologik  xaritasi  tushunchalari  to’g’risidagi  ma`lumotlarni 

tushunish. 

*Vazifalar: 

-  bo’lajak  o’qituvchilarda  “Innovatsion  texnologiyalar”lar  va 

darsning 

texnologik 

xaritasi 

tushunchalari 

haqidagi 

ko’nikmalarini shakllantirish; 

-  muammolarni maqsad, vazifa va fanning  mazmuni bo’yicha 

umumlashtirish; 

- bilimlarni tekshirish va mustaxkamlash. 

*Mazmun: talabalarning egallashi lozim bo’lgan bilim. 

 

 

 



O`qituvchi 



Darsni tashkil etish bosqichi:    



Uslub:  Og’zaki bayon qilish.  

Shakl:  ma`ruza  mashg’uloti,  kichik  guruhlar  va  jamoada 

ishlash. 



Vosita: tarqatma va taqdimot materiallari. 

Usul: tayyor yozma materiallar. 

Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish. 

Baholash: rag’batlantirish, reyting tizimi asosida baholash. 

 

 

O`qituvchi 





Mustaqil  ishlash  bosqichi:      -  munozara,  aqliy  hujum, 

mikroguruhda  ishlash  va  boshqa  metodlar  orqali  nazorat 

topshiriqlarini echishga yo’naltiriladi. 

-  talabalar  nazorat  topshiriqlarini  hal  qilish  to’g’risidagi 

fikrlarini o’zaro muhokama qilishadi. 

- o’zi va mikroguruh uchun yagona javobni tanlaydi. 



 

 

Talaba 





Natijalarni eshitish va tahlil qilish bosqichi: 

talabalar 



va 

mikroguruh 

fikri 

tinglanadi, 



ularga 

aniqlashtiruvchi savollar beriladi. 

-  mikroguruhlarning  javoblari  to’g’risida  talabalar  fikri 

aniqlanadi. 

- javoblar tahlil etiladi. 

 

O`qituvchi - 



Talaba 



Yakuniy  va  baholash  bosqichi:      -  talabalarning  bergan 

javoblaridan  ko’pchilik  fikriga  mos  kelgani  alohida  ajratib 

olinadi; 

-  talabalarning  nazorat  topshiriqlarini  echishdagi  faolligi, 

intilishlari  hisobga  olingan  holda  amaldagi  reyting  tizimi 

orqali baholanadi; 

- yakuniy fikr aytiladi; 

- mustaqil ish topshiriqlari beriladi. 

 

 



O`qituvchi 

 

 

 

32 


1  -  asosiy  savol  bo’yicha  darsning  maqsadi:  “Innovatsion  texnologiyalar”lar  haqida 

ma`lumotlar berish. 



Identiv o’quv maqsadlari: 

1.1. “Innovatsion texnologiyalar”lar tushunchasi mazmunini ochib bera oladi. 

1.2. “Innovatsion texnologiyalar”lar tushunchalarini farqlay oladi. 

1-asosiy  savolning  bayoni:  “Innovatsion  texnologiyalar”lar  tushunchasi.  Shu 

vaqtgacha  an`anaviy  ta`limda  talaba(yoki  o’quvchi)larni  faqat  tayyor  bilimlarni 

egallashga  o’rgatib  kelingan  edi.  Bunday  usul  talaba(yoki  o’quvchi)larda  mustaqil 

fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni so’ndirar edi. 

          Hozirgi  kunda  ta`lim  jarayonida  interfaol  uslublar  (innovatsion  pedagogik  va 

axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta`limning samaradorligini ko’tarishga bo’lgan 

qiziqish,  e`tibor  kundan-kunga  kuchayib  bormoqda.  Zamonaviy  texnologiyalar 

qo’llanilgan  mashg’ulotlar  talaba(yoki  o’quvchi)lar  egallayotgan  bilimlarni  o’zlari 

qidirib  topishlariga, mustaqil  o’rganib,  tahlil  qilishlariga,  hatto  xulosalarni  ham  o’zlari 

keltirib  chiqarishlariga  qaratilgan.  O`qituvchi  bu  jarayonda  shaxs  va  jamoaning 

rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir 

qatorda,  boshqaruvchilik,  yo’naltiruvchilik  vazifasini  bajaradi.  Bunday  o’quv 

jarayonida talaba(yoki o’quvchi) asosiy figuraga aylanadi. 

          Pedagog – olimlarning yillar davomida ta`lim tizimida 

          Nega   o’qitamiz? Nimani   o’qitamiz?  Qanday   o’qitamiz? 

savollariga  javob  izlash  bilan  bir  qatorda 

          Qanday qilib samarali va natijali o’qitish mumkin? – degan savoliga ham javob 

qidirdilar. 

          Bu  esa,  olim  va  amaliyotchilarni  o’quv  jarayonini  texnologiyalashtirishga,  ya`ni 

o’qitishni  ishlab  –  chiqarishga  oid  aniq  kafolatlangan  natija  beradigan  texnologik 

jarayonga aylantirishga urinib ko’rish mumkin, degan fikrga olib keladi. 

          Bunday  fikrning  tug’ilishi  pedagogika  fanida  yangi    pedagogik  texnologiya 



yo’nalishini yuzaga keltiradi. 

          Bugungi  kunda  ta`lim  muassasalarining  o’quv-tarbiyaviy  jarayonida  pedagogik 

texnologiyalardan  foydalanishga  alohida  e`tibor  berilayotganining  asosiy  sababi 

quyidagilardir: 

          Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta`limni amalga 

oshirish  imkoniyatining  kengligida.    “Ta`lim  to’g’risida”gi    Qonun    va    ”Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturi”da  rivojlantiruvchi  ta`limni  amalga  oshirish  masalasiga 

alohida e`tibor qaratilgan. 

          Ikkinchidan,    pedagogik  texnologiyalar  o’quv-tarbiya  jarayoniga  tizimli  faoliyat 

yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi. 

          Uchinchidan,    pedagogik  texnologiya  o’qituvchini  ta`lim-tarbiya  jarayoninig 

maqsadlaridan  boshlab,  tashhis  tizimini  tuzish  va  bu  jarayon  kechishini  nazorat 

qilishgacha bo’lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi. 

          To’rtinchidan,    pedagogik  texnologiya  yangi  vositalar  va  axborot  usullarini 

qo’llashga  asoslanganligi  sababli,  ularning  qo’llanilishi    “Kadrlar  tayyorlash  milliy 

dasturi”  talablarini amalga oshirishni ta`minlaydi. 

          O`quv  -  tarbiya  jarayonida  pedagogik  texnologiyalarning  to’g’ri  joriy  etilishi 

o’qituvchining  bu  jarayonda  asosiy  tashkilotchi  yoki  maslahatchi  sifatida  faoliyat 



 

33 


yuritishiga  olib  keladi.  Bu  esa  talaba  (yoki  o’quvchi)dan  ko’proq  mustaqillikni,  ijodni 

va irodaviy sifatlarni talab etadi. 

          Har  qanday  pedagogik  texnologiyaning  o’quv-tarbiya  jarayonida  qo’llanilishi 

shaxsiy  xarakterdan  kelib  chiqqan  holda,  talaba(yoki  o’quvchi)ni  kim  o’qitayotganligi 

va o’qituvchi kimni o’qitayotganiga bog’liq..  

          Pedagogik  texnologiya  asosida  o’tkazilgan  mashg’ulotlar  yoshlarning  muhim 

hayotiy  yutuq    va  muammolariga  o’z  munosabatlarini  bildirishlariga  intilishlarini 

qondirib, ularni fikrlashga, o’z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. 

          Hozirgi davrda sodir bo’layotgan innovatsion jarayonlarda ta`lim tizimi oldidagi 

muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o’zlashtirish va o’zlashtirgan bilimlarini 

o’zlari  tomonidan  baholashga  qodir,  zarur  qarorlar  qabul  qiluvchi,  mustaqil  va  erkin 

fikirlaydigan shaxslar kerak. 

          Shuning  uchun  ham,  ta`lim  muassasalarining  o’quv-tarbiyaviy  jarayonida 

zamonaviy  o’qitish  uslublari  –  interfaol  uslublar,  innovatsion  texnologiyalarning  o’rni 

va ahamiyati beqiyosdir.  

Pedagogik    texnologiya  va  ularning  ta`limda  qo’llanishiga  oid  bilimlar,  tajriba 

talaba(yoki o’quvchi)larni bilimli va etuk malakaga ega bo’lishlarini ta`minlaydi. 

           Innovatsiya   (ingilizcha innovation ) – yangilik kiritish, yangilik demakdir. 

          Innovatsion  texnologiyalar  pedagogik  jarayon  hamda  o’qituvchi  va  talaba(yoki 

o’quvchi) faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan 

interfaol uslublardan foydalaniladi. 

          Interfaol    (“Inter”-bu  o’zaro,    “act”-harakat  qilmoq)  –  o’zaro  harakat  qilmoq 

yoki  kim  bilandir  suhbat,  muloqot  tartibida  bo’lishni  anglatadi.  Boshqacha  so’z  bilan 

aytganda,  o’qitishning  interfaol  uslubiyatlari  –  bilish  va  kommunikativ  faoliyatni 

tashkil  etishning  maxsus  shakli  bo’lib,  unda  ta`lim  oluvchilar  bilish  jarayoniga  jalb 

qilingan  bo’ladilar,  ular  biladigan  va  o’ylayotgan  narsalarini  tushunish  va  fikrlash 

imkoniyatiga ega bo’ladilar. Interfaol darslarda o’qituvchining o’rni qisman talaba (yoki 

o’quvchi)larning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo’naltirishga olib keladi. 

          Bu  uslublarning  o’ziga  xosligi  shundagi,  ular  faqat  pedagog  va  talaba  (yoki 

o’quvchi)larning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi. 

          Bunday  pedagogik  hamkorlik  jarayoni  o’ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo’lib, 

ularga: 


- talaba (yoki o’quvchi)ning dars davomida befarq bo’lmaslikka,  

  mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi; 

- talaba (yoki o’quvchi)larning o’quv jarayonida fanga bo’lgan  

  qiziqishlarining doimiyligini ta`minlanishi; 

- talaba (yoki o’quvchi)larning  fanga bo’lgan qiziqishlarini mustaqil  

  ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi; 

- pedagog va ta`laba (yoki o’quvchi)larning hamkorlikdagi faoliyatini  

- doimiy ravishda tashkil etilishlari kiradi. 

          Pedagogik  texnologiya  masalalarini  va  muammolarini  o’rganayotgan  ba`zi 

o’qituvchilar,  tadqiqotchilar  va  amaliyotchilarning  fikricha,  pedagogik  texnologiya  – 

faqat  axborot  texnologiyasi  bilan  bog’liq  hamda  o’qitish  jarayonida  qo’llanishi  zarur 

bo’lgan  o’qitishning  texnik  vositalari,  kompyuter,  masofali  o’qish  yoki  turli  xil  texnik 

vositalar.  Pedagogik  texnologiyaning  eng  asosiy  negizi  –  o’qituvchi  va  talaba  (yoki 

o’quvchi)ning  belgilangan  maqsaddan  kafolatlangan  natijaga  hamkorlikda  erishishlari 



 

34 


uchun  tanlangan  texnologiyalariga  bog’liq.  O`qitish  jarayonida,  maqsad  bo’yicha 

kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta`lim texnologiyasi o’qituvchi 

va  talaba  (yoki  o’quvchi)  o’rtasida  hamkorlik  faoliyatini  tashkil  eta  olsa,  har  ikkalasi 

ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida talaba (yoki o’quvchi)lar mustaqil fikrlab, 

ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o’zlari xulosa qila olsalar, o’zlariga, guruhga, guruh esa 

ularga  baho  bera  olsa,  o’qituvchi  esa  ularning  bunday  faoliyatlari  uchun  imkoniyat  va 

sharoit  yarata  olsa,  bizning  fikrimizcha,  ana  shu  –  o’qitish  jarayonining  asosi 

hisoblanadi.  Har  bir  dars,  mavzu,  o’quv  predmetining  o’ziga  xos  texnologiyasi  bor. 



O`quv  jarayonidagi  pedagogik  texnologiya  –  bu  aniq  ketma-ketlikdagi  yaxlit  jarayon 

bo’lib,  u  talaba  (yoki  o’quvchi)ning  ehtiyojidan  kelib  chiqqan  holda  bir  maqsadga 

yo’naltirilgan,  oldindan  puxta  loyihalashtirilgan  va  kafolatlangan  natija  berishiga 

qaratilgan pedagogik jarayondir. 

           Pedagogik  maqsadning  amalga  oshishi  va  kafolatlangan  natijaga  erishish 

o’qituvchi va talaba (yoki o’quvchi)ning hamkorlikdagi faoliyati, ular qo’ygan maqsad, 

tanlagan mazmun, uslub, shakl, vositaga, ya`ni texnologiyaga bog’liq. 

           O`qituvchi va talaba (yoki o’quvchi)ning maqsaddan natijaga erishishida qanday 

texnologiyani  tanlashlari  ular  ixtiyorida,  chunki  har  ikkala  tomonning  asosiy  maqsadi 

aniq  natijaga  erishishga  qaratilgan  bo’lib,  bundan  talaba  (yoki  o’quvchi)larning  bilim 

saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab, ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, 

natijaga  ershish  uchun  balki,  kompyuter  bilan  ishlash  lozimdir,  balki  film  (yoki 

tarqatma  material,  chizma  va  plakat,  axborot  texnologiyasi,  turli  adabiyotlar)  kerak 

bo’ladi. Bularning hammasi o’qituvchi va talaba (yoki o’quvchi)larga bog’liq.. 

           Shu  bilan  birga  o’quv  jarayonini  oldindan  loyihalashtirish  zarur,  Bu  jarayonda 

o’qituvchi  o’quv  predmetining  o’ziga  xos  tomonini,  joy  va  sharoitni,  eng  asosiysi, 

talaba  (yoki  o’quvchi)larning  imkoniyati  va  ehtiyojini  va  hamkorlikdagi  faoliyatini 

tashkil  eta  olishini  hisobga  olishi  kerak.  Shundagina,  kerakli  kafolatlangan  natijaga 

erishish  mumkin.  Qisqacha  aytganda,  talaba  (yoki  o’quvchi)ni  ta`limning  markaziga 

olib chiqish kerak. 

2  -  asosiy  savol  bo’yicha  darsning  maqsadi:  Darsning  texnologik  xaritasi 

tushunchalari haqida ma`lumotlar berish. 



Identiv o’quv maqsadlari: 

1.1. Darsning texnologik xaritasi tushunchalarini ochib bera oladi. 

1.2. Darsning texnologik xaritasi tushunchalarini farqlay oladi. 

2– asosiy savollarning bayoni: 

Darsning texnologik   xaritasi. 

        O`qituvchi  tomonidan  har  bir  darsni  yaxlit  holatda  ko’ra  bilish  va  uni  tasavvur 

etish uchun bo’lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda o’qituvchi uchun 

bo’lajak  darsning  texnologik  xaritasini  tuzib  olishi  katta  ahamiyatga  egadir,  chunki 

darsning  texnologik xaritasi  har  bir  mavzu,  har  bir  dars  uchun  o’qitilayotgan  predmet, 

fanning  xususiyatidan,  talaba  (yoki  o’quvchi)larning  imkoniyati  va  ehtiyojidan  kelib 

chiqqan holda tuziladi. 

        Texnologik  xaritani  tuzish  oson  ish  emas,  chunki  buning  uchun  o’qituvchi 

pedagogika,  psixologiya,  xususiy  metodika,  pedagogik  va  axborot  texnologiyalaridan 

xabardor  bo’lishi,  shuningdek,  juda  ko’p  uslub  va  usullarni  bilishi  kerak.  Har  bir 

darsning  rang-barang,  qiziqarli  bo’lishi  avvaldan  puxta  o’ylab  tuzilgan  darsning 

loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog’liq.. 



 

35 


        Darsning  texnologik  xaritasini  qay  ko’rinish  (yoki  shakl)da  tuzish,  bu 

o’qituvchining  tajribasi,  qo’ygan  maqsadi  va  ixtiyoriga  bog’liq..  Texnologik  xarita 

qanday  tuzilgan  bo’lmasin,  unda  dars  jarayoni  yaxlit  holda  aks  etgan  bo’lishi  hamda 

aniq  belgilangan  maqsad,  vazifa  va  kafolatlangan  natija,  dars  jarayonini  tashkil 

etishning texnologiyasi to’liq o’z ifodasini topgan bo’lishi kerak. Texnologik xaritaning 

tuzilishi  o’qituvchini  darsni  kengaytirilgan  konspektini  yozishdan  xolos  etadi,  chunki 

bunday  xaritada  dars  jarayonining  hamda  o’qituvchi  va  talaba  (yoki  o’quvchi) 

faoliyatining barcha qirralari o’z aksini topadi. 

        Misol  tariqasida  quyida  informatika  fanidan    “Informatikani  o’qitishning 

tamoyillari,  shakli  va  metodlari”  mavzusi  bo’yicha  o’tkaziladigan  darsning  oldindan 

loyihalashtirilgan texnologik xaritasini havola qilamiz. 

Texnologik xarita. 

Mavzu 

Informatikani o’qitishning tamoyillari, shakli va metodlari 

 

 

 

 



Maqsad, 

vazifalar. 

Maqsad:  -  Informatika  o’qitishning  tamoyillari,  tashkiliy  shakllari 

va metodlari haqida tushunchalarni egallash va farqlash. 



Vazifalar:    -  talabalarda  mavzu  asosida  bilim  va  ko’nikmalarni 

shakllantirish va kengaytirish; 

     -  mavzuga  oid  tarqatilgan  materiallarni,  nazorat  topshiriqlarini 

talabalar  tomonidan  yakka  va  guruh  holatida  o’zlashtirib  olishlari 

hamda  suhbat-munozara  orqali  nazorat  topshiriqlari  qay  darajada 

o’zlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini aniqlash; 



O`quv 

jarayonining 

mazmuni. 

O`qitish tamoyillari, tushunchalari, o’qitishning tashkiliy shakllari, 

talabalarning  hamkorlikda  ta`lim  olish  metodi, o’qtish  metodlarini 

farqlash, og’zaki, ko’rgazmali va amaliy metodlarni o’rganish. 



O`quv 

jarayonini 

amalga oshirish 

texnologiyasi. 

Uslub: Og’zaki bayon qilish, “Bumerang”  texnologiyasi. 

Shakl:  Suhbat-munozara,  amaliy  mashg’ulot,  kichik  guruhlar  va 

jamoada ishlash. 



Vosita:  Tarqatma  materiallar:  matnlar,  ariza,  ma`lumotnoma, 

xabarnoma blankalari. 



Usul:  Tayyor yozma materiallar va chizmalar asosida. 

Nazorat:    Og’zaki  nazorat,  savol-javoblar,  kuzatish,  o’z-o’zini 

nazorat qilish. 



Baholash:  Rag’batlantirish, 5 balli tizim asosida baholash.  

Kutilgan 

natijalar. 

O`qituvchi:  Mavzuni  qisqa  vaqt  ichida  barcha  talaba  (yoki 

o’quvchi)lar  tomonidan  o’zlashtirilishiga  erishadi.  Talabalar 

faolligini oshiradi.  Talabalarda  darsga nisbatan qiziqish uyg’otadi. 

Bir mashg’ulot jarayonida barcha talabalarni baholaydi. O`z oldiga 

qo’ygan  maqsadlariga  erishadi.  Talaba  (yoki  o’quvchi)lar 

tomonidan  yozma  axborotni  mustaqil  o’rganish,  uni  xotirada 

saqlash,  boshqalarga  etkazish,  savol  berish  va  savollarga  javob 

berishga  o’rgatadi. 



Talaba (yoki o’quvchi):  Yangi bilimlarni egallaydi , yakka holda 

va  guruh  bo’lib  ishlashni  o’rganadi.  Nutqi  rivojlanadi  va  eslab 

qolish  qobiliyati  kuchayadi.  O`z-o’zini  nazorat  qilishni  o’rganadi. 

Qisqa vaqt ichida ko’p ma`lumotga ega bo’ladi va baholay oladi. 



 

36 


Kelgusi rejalar 

(tahlil, 

o’zgarishlar). 

O`qituvchi:    Yangi  pedagogik  texnologiyalarni  o’zlashtirish  va 

darsda tadbiq  etish,  takomillashtirish.  O`z  ustida ishlash.  Mavzuni 

hayotiy voqealar bilan bog’lash. Pedagogik mahoratni oshirish. 

Talaba (yoki o’quvchi):  Matn bilan mustaqil ishlashni o’rganadi. 

O`z fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzu asosida qo’shimcha 

materiallar topadi, ularni o’rganadi. O`z fikri va guruh fikrini tahlil 

qilib, bir echimga kelish malakasini hosil qiladi. 



 

         O`qituvchi o’qiyotgan fanining har bir mavzusi, har bir dars mashg’uloti bo’yicha 

tuzgan  texnologik  xaritasi,  unga  fan  (yoki  predmet)ni  yaxlit  holda  tasavvur  etib 

yondashishga,  tushunishiga  (bir  semestr,  bir  o’quv  yili  bo’yicha),  yaxlit  o’quv 

jarayonining  boshlanishi,  maqsadidan  tortib,  erilishadigan  natijasini    ko’ra  olishiga 

yordam beradi. Ayniqsa, texnologik xaritaning talaba (yoki o’quvchi)larning imkoniyati 

va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuzilishi, uni shaxs sifatida ta`limning markaziga olib 

chiqishga va bu bilan o’qitishning samaradorligini  oshirishga imkoniyat beradi. 

        O`quv  jarayonida  talaba  (yoki  o’quvchi)larga  shaxs  sifatida  qaralishi,  turli 

pedagogik  texnologiyalar  hamda  zamonaviy  uslublarning  qo’llanilishi,  talaba  (yoki 

o’quvchi)larni  mustaqil,  erkin  fikrlashga,  izlanishga,  har  bir  masalaga  ijodiy 

yondashish,  mas`uliyatni  his  qilish,  ilmiy  tadqiqot  ishlarini  olib  borish,  tahlil  qilish, 

ilmiy  adabiyotlardan  unumli  foydalanishga,  eng  asosiysi,  o’qishga,  fanga  va  o’zi 

tanlagan  kasbiga  bo’lgan  qiziqishlarini,  shuningdek  pedagogga  nisbatan  hurmatini 

kuchaytiradi. 

       Ta`lim-tarbiya  jarayonlarida  yangi  pedagogik  texnologiyalarni  qo’llashda  o’tmish 

allomalarimizning  g’oya  va  qarashlaridan  foydalanish  talaba  (yoki  o’quvchi)larni 

o’qitish va tarbiyalashni yanada samarali bo’lishini ta`minlaydi. 

       Bunday natijaga erishish o’quv jarayonida innovatsion va axborot texnologiyalarini 

qo’llashni taqozo etadi. Texnologiyalar juda xilma-xildir. Biz ulardan ba`zilarini tashkil 

etish  va  ularni  o’tkazish  tartibi  haqida  to’xtalamiz.  Talaba  (yoki  o’quvchi)larda 

mantiqiy,  aqliy,  ijodiy,  tanqidiy,  mustaqil  fikrlashni  shakllantirishga,  qobiliyatlarini 

rivojlantirishga,  raqobatbardosh,  etuk  mutaxassis  bo’lishlariga  hamda  mutaxassisga 

kerakli bo’lgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradigan tavsiyalar beramiz. 

       Keltirilgan  tavsiyalardan  foydalanuvchilar  o’quv  jarayonini  tashkil  etish  uchun 

havola  etilgan  texnologiyalarni  xuddi  shu  tartibda  o’tkazishlari  shart  emas.  Har  qaysi 

o’qituvchi bu texnologiyalar asosida ularning umumiy shaklini olgan holda o’zlarining 

dars  texnologiyalarini  yaratishlari,  berilgan  texnologiyalarni  to’liq  yoki  ularning  ba`zi 

bir bosqichlari elementlarini ishlatishlari mumkin. 



Mustaqil ish topshiriqlari: 

1. “Innovatsion texnologiyalar”lar tushunchalari haqida Sizning mulohazalaringiz?. 

2.  Darsning texnologik xaritasi tushunchalari haqida  Sizning fikringiz va  

     mulohazalaringiz? Biror mavzu bo’yicha darsning texnologik xaritasini tuzing. 



Foydalanilgan adabiyotlar: 

1.  Isoqov  I.,  Qulmamatov  S.I.  Informatikani  o’qitishda  innovatsion  texnologiyalar 

fanidan amaliy mashg’ulotlar ishlanmalari. Guliston, GulDU, 2013 y. 

2.  Ishmuhamedov  R.,  Abduqodirov  A.A.,  Pardaev  A.  Ta`limda  innovatsion 

texnologiyalar(ta`lim  muassasalari  pedagog-o’qituvchilari  uchun  amaliy  tavsiyalar). 

Toshkent 2008 y., 181 b. 



 

37 


7-Mavzu. Ta`lim jarayonida innovatsiyalar, innovatsion pedagogik faoliyat 

 

Mashg’ulot turi:  ma`ruza 



Ajratilgan vaqt:  2 soat  

 

Asosiy savollar: 

 

1. Pedagogik innovatsiyalar maqsadi, mazmun-mohiyati va muhim belgilari 

2. Pedagogik innovatsiya imkoniyatlari, vazifalari va rivojlanish jarayoni bosqichlari 

Mavzuga  oid  tayanch  tushuncha  va  iboralar:  innovatsiya,  pedagogik  innovatsiya, 

pedagogik  innovatsiyaning  muhim  belgilari,  pedagogik  innovatsiya  imkoniyatlari, 

pedagogik innovatsiyaning rivojlanish jarayoni bosqichlari.        


Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling